Atambayev QSDP rahbarligidan ketdi

462
0

Atambayev QSDP rahbarligidan ketdi

 Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi raisi lavozimidan ketdi va partiyadagi aʼzoligini toʻxtatdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.  

 Ushbu qaror partiyaning siyosiy kengashi yigʻilishida qabul qilingan. Atambayev 26 maydan “Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti faoliyati kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kuchga kirishi sababli oʻz vakolatlarini topshirgan.

 Qonunga oʻzgartirishlar 16 may kuni imzolangan. Unga koʻra, sobiq prezident hokimiyat organlarida siyosiy yoki maxsus davlat lavozimlari, siyosiy partiyalar rahbariyatlarida boshqa lavozimlarni egallay olmaydi yoki siyosiy tashkilotlar faoliyatida ishtirok eta olmaydi.

 Sobiq prezident bu cheklovlarga amal qilmasa, u qonunda koʻzda tutilgan barcha kafolatlar hamda moddiy va boshqa taʼminotlardan mahrum etiladi.

 Partiya raisi vazifasini bajaruvchi etib Asel Koduranova tayinlangan.

 Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi Qirgʻizistonning eng yirik siyosiy partiyasi hisoblanib, 1993 yil sentyabrda tashkil topgan. Partiyaning asoschisi va yetakchisi Atambayev boʻlgan. Ayni vaqtda partiya mamlakat parlamentida eng koʻp mandatga ega. Amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovning nomzodi aynan ushbu partiya tarafidan prezident lavozimiga ilgari surilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.