Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati tadbirlari

491
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati tadbirlari

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati yigitlari Idlib shimolidagi Salqin va Dana shaharlarida juma kuni bir vaqtda namoyish oʻtkazdilar. Namoyishda Rossiya va Turkiyaning patrul harakatlarini qoralab, frontlar ochilishini talab qildilar. Dana shahrida juma namozidan soʻng uyushtirishgan namoyishda plakatlar koʻtarib chiqildi. Birinchi plakatda mujohidlarga orqadan urganlar, oʻz oru nomuslarini qurbon etgan xalq emas, balki oʻsha guruh yetakchilari ekani taʼkidlandi. Ikkinchi plakatda, biz qirgʻin qilinishimizga kafil boʻlgan davlatlarni mudofaa qilayotgan guruhlar tarafida emasmiz, balki qoʻzgʻolon va uning ahlini mudofaa qilayotgan mujohidlar tarafidamiz, deyildi. Uchinchi plakatda Turkiya bilan Rossiya patrulь harakati bizni qirgʻin qilish va qochqinga aylantirish borasida bitta tanganing ikki tomoni ekani aytildi. Toʻrtinchi plakatda bunday deyilgan: Masala dod-voy qilish bilan emas, balki illatni muolaja qilish bilan hal etiladi… Muolaja esa, guruh yetakchilaridagi ochiq buzuq-nosozlikka va ularning kofir davlatlar bilan aloqa qilib, ularning farmonlarini bajarishlariga chek qoʻyishdan iborat!! Shu nuqtai nazarda, Halab sharqidagi Bob shahri aholisi va faollari ham juma kuni norozilik namoyishi oʻtkazdilar. Bu namoyish Idlib janubi va Hama shimolidagi aholi namoyishi bilan bir vaqtda uyushtirildi. Faollarga koʻra, “Bob ahli Idlib janubi va Hama shimoli aholisi bilan bir vaqtda Umar ibn Xattob nomidagi jome oldida namoyish oʻtkazganlar”. Ushbu manbalarning taʼkidlashicha, “aholi Idlib sharqi va shimolidagi guruhlardan Hama shimolidagi frontlarga yordam berish uchun anavi Asad rejimi frontlariga qarshi jang boshlashni talab qildilar”. Namoyishchilar qoʻllaridagi plakatlarda bunday soʻzlar yozilgan: “Shahidlarimizning qoni har bir zolim va osiyni yoqib kul qiladi”, “Idlib ozoddir va ozod boʻlib qolajak”, “Sizni hamma yordamsiz tashlab ketdi, biroq Alloh sizning yordamchingizdir”.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.