Tereza Mey isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi

435
0

Tereza Mey isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi

 Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 24-may kuni isteʼfoga chiqishi xususida maʼlum qildi.

 “Reuters”ning yozishicha, qarorni ommaga aytayotgan bosh vazirning koʻzlariga yosh qalqqan.

 Mey 7 iyunda lavozimini tark etadi. Britaniya qirolligi tashqi ishlar vaziri Jeremi Xantning aytishicha, bunga qadar Mey Londonda Donald Trampni qabul qiladi.

 Bosh vazirlikka boʻlajak nomzodlar sifatida sobiq tashqi ishlar vaziri va London meri Boris Jonson, parlament umumpalatalari sobiq boshligʻi Andrea Lids, tashqi ishlar vaziri Xant, shuningdek, ichki ishlar vaziri Sajdid Javid koʻrilmoqda.

 22 may kuni britan parlamentining vakillar palatasi yetakchisi Andrea Lidsom bosh vazir bilan “Brexit” masalasida kelisha olmagani uchun isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qilgandi.

 Tereza Mey bosh vazirlikka 2016 yil 11 iyul kuni kelgandi. Mamlakatda Brexit boʻyicha refererundum natijalari eʼlon qilingach, avvalgi bosh vazir Devid Kemeron lavozimni tark etgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.