Transport vazirligi: Bankdan olingan 9.5 million dollar faqat chet el konsultantlariga toʻlanadi

543
0

Transport vazirligi: Bankdan olingan 9.5 million dollar faqat chet el konsultantlariga toʻlanadi

Qirgʻiziston transport vaziri oʻrinbosari Jogoru keneshga hisobot berayotib, yoʻl qurilishi uchun grant asosida “Osiyo rivojlanish banki” tomonidan berilgan 9.5 million dollarning 7.16 millioni faqat chet el konsultatsiya xizmati uchun berilganini aytdi. Grantning qolgan qismi ham, loiha yetakchiligi, yaʼni faqat maslahatchi kengashga sarflanishi vazirlik tomonidan tasdiqlandi. Jogori keneshda vazir oʻrinbosarining taʼkidlashicha, konkurs asosida tanlab olinadigan yoʻl qurish boʻyicha konsultativ guruh (maslahatchilar guruhi) faqat chet el kompaniyalaridan boʻlishi shart. “Osiyo rivojlanish banki qurilish uchun pul bermaydi. Faqat loihalarni konsultativ guruhlar orqali nazorat qilish uchun grant ajratadi” dedi vazir oʻrinbosari.

Shunday savol tugʻilishi tabiiy: asfalt yoʻl qurilishi uchun chet eldan shuncha xarajatga maslahat guruhini taklif qilishning nima keragi bor? Javob shuki, xalqaro global siyosiy va iqtisodiy sistema shu asosda qurilgan….. aks holda yoʻl qurilishiga grant berilmaydi!

https://www.youtube.com/watch?v=jGhzhDvmVLY&fbclid=IwAR3YBqFjCsogY6VYowXIqJR8PzhYBS7-WPBgIJYIxBBXRhdCOXWQOe2-_EQ

Qirgʻizistonning umumiy qarzi 4.5 milliardga yetdi. U yana yoʻl qurilishi uchun qarz olishda davom etyapti. Korruptsiyaga botib qolgan vazirlik yoʻl qurilishiga sarflangan xarajatlarni bir necha barobar oshirib koʻrsatadi. Shuning uchun Qirgʻizistonda eng korruptsiya kuchaygan tarmoq transport ministrligi hisoblanadi. Ular qurayotgan yoʻllarning sifatsizligi shu darajadaki, yoʻlni qurib bitguncha, boshlangan tomoni yana buzilib, taʼmirga muhtoj boʻlib qolaveradi. Yaʼni yoʻl qurilish ishlari oxiri koʻrinmaydigan aylana jarayonga aylanib qoladi. Shuning uchun hukumatlarimiz, ishlab chiqarish yoki oʻzimizdan chiqayotgan xom ashyolarni qayta ishlash tarmoqlari uchun xalqaro banklardan qarz soʻrashga urinib ham koʻrishmaydi. Investor va donor davlatlar ham, bu korruptsiyalashgan aylana sxemadan juda manfaatdor.

 Xalqaro grantlar xalqaro siyosat tomonidan nazorat qilinadi. Boy donor davlatlar tomonidan qoloq agrar davlatlar uchun yoʻllar qurish, ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimi singari tarmoqlarni qurish yoki taʼmirlash ishlariga grant sifatida mablagʻlar ajratib turadi. Bunday ishlar olamiy globallashgan iqtisodiy tizimni Xalqaro siyosatga qaram holda ushlab turish maqsadida qilinadi. Grantlar uchinchi olam, yaʼni agrar va qoloq davlatlar uchun yuqoridagi singari keraksiz loyihalarga hamda faqat Gʻarbga qarashli kompaniyalarning oʻzlari yana qaytarib olib ketadigan shartnomalar asosida belgilangan ishlarga yoki shunchaki davlatni qarzga botirib, uni rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydigan tarmoqlargagina ajratiladi.

Agar shu grantlar boʻlmaganida, islomiy yurtlar oʻz quvvati bilan oʻz manfaatlarini oʻzlari roʻyobga chiqarish yoʻlida ogʻir va yengil sanoatni yoʻlga qoʻyishga majbur boʻlar edik! Kufr yetakchilariga qul boʻlib, bor mulkimizni ular bilan boʻlishib yoki shunchaki oldirib qoʻymagan boʻlar edik! Yer osti va usti boyliklarimizni oʻzimiz uchun kerakligini kovlab olib, oʻz ehtiyojlarimizga sarflagan boʻlar edik.

Bugun bizdan olib chiqib ketilayotgan energetika resurslari va boshqa xom ashyolar taqchilligining sababi, Gʻarb olamidagi odamlarning yuqori yashash darajasini taʼminlash bizning gardanimizga yuklab qoʻyilganidadir. Yaʼni mustamlakachi Gʻarb dunyoda ikki standartli yashash darajasini ushlab turish maqsadida, bizni ularga energetika va xom ashyo yetkazib turishga majburlamoqda.

Taraqqiyot kuchayib borayotgani sari bizning resurslarimizga boʻlgan ularning talablari ham kuchayib borayapti. Oqibatda bir-birlari bilan xom ashyo bazalari talashib har-xil soxta urushlar va qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirashadi. Asosiysi, ular bizning oʻz xom ashyolarimizni oʻzimiz qayta ishlay olmasligimizdan manfaatdordir. Hatto oddiy yoʻl qurilishini ham oʻzimiz qura olmaymiz!

Qizigʻi shuki, Qirgʻiziston hokimiyati va deputatlari ham shu xulosaga rozi. Ular, hatto oʻzimiz qursak boʻlmaydimi degan hayolga ham kela olishmayapti! Chunki xalqaro ilmoniy boshqaruv sistemasining kamchiliklarini koʻrish, uning zulmlarini inkor qilish va oʻz xalqi manfaati yoʻlida u zulmlarni oldini olishga harakat qilishga undovchi mafkura siyosatchilarni yoʻnaltirayotgan mavjud siyosiy doira tabiatida mavjud emas! Millionlagan qarzga botib yoʻl qurdiramiz. Keyin qarzni toʻlay olmay mamlakat yerlari yoki boshqa manfaatlarini kufr davlatlariga qarzimiz evaziga berib yuboramiz!..

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.