AQSh Eronga qarshi urush boshlashga tayyor

831
0

AQSh Eronga qarshi urush boshlashga tayyor

 Pentagon Eronga qarshi turish uchun 120 ming harbiylarni yuborishga tayyor. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.

 AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajarauvchi Patrik Shanaxan taqdim etgan yangilangan harbiy rejaga koʻra agar Eron yadro qurolini ishlab chiqarishni tezlashtirsa yoki amerika harbiylariga hujum qilsa, AQSh 120 ming nafar harbiy xizmatchilarni Yaqin Sharqqa yuborishi mumkin.

 Bu haqda New York Times nashri yangi reja bilan tanish, milliy xavfsizlik uchun masʼul bir necha amerika mansabdorlariga tayanib xabar bermoqda.

 Nashr yozishicha, Shanaxan ushbu rejani AQSh prezidenti Donalьd Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha bosh yordamchilari uchrashuvida, 9 may kuni taqdim etgan.

 Yangi reja Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi “qirgʻiylar” bosimi ostida qabul qilingan, deb qoʻshimcha qildi nashr.

 Shu bilan birga, yangilangan reja Eronga qarshi quruqlikda oʻtadigan operatsiyani nazarda tutmaydi. Buning uchun koʻproq qoʻshin kerak boʻlar edi. Maʼlumki, AQSh avvalroq Eron tomonidan tahdidlar keskin oʻsgani va shu munosabat bilan ushbu mintaqaga aviatashuvchilar guruhi va strategik bombardimon samolyotlarni yuborgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.