AQSh Bashar Asadni saqlab qolish yoʻlida…

559
0

AQSh Bashar Asadni saqlab qolish yoʻlida…

(AQSh oʻz malayi Bashar Asadni saqlab qolish uchun Rossiya, Eron va Turkiyani ishga solgan deyilsa, ishonmaganlar bor…)

“Anadoli” axborot agentligi 2019-yil 13-may kuni bunday maʼlumotni eʼlon qildi:

“2015-yili Barak Oboma AQSh prezidenti boʻlib turgan vaqtda, Bashar Asad rejimini hokimiyatda qoldirish uchun imkonida boʻlgan barcha narsani qildi. Bu haqida Obama davrida Pentogon maslahatchisi boʻlgan Endryu Eksum AQSh Kongressining Vakillar palatasining tashqi ishlar boʻyicha qoʻmita yigʻilishida maʼlum qildi”.

Uning soʻzlariga koʻra, Bashar Asad rejimining toʻsatdan qulash ehtimoli paydo boʻlganida, Obama Suriya boʻyicha Rossiya bilan muloqotlarni boshlashga buyruq bergan.

Eksum bunday dedi: “U vaqtda Suriya boʻyicha Rossiya bilan muloqotlar oʻtkazish fikri Pentagonda qoʻllab-quvvatlanmagan, biroq, prezidentning bevosita buyrugʻi kelganidan soʻng biz buning uchun qoʻldan kelgan barcha narsani qildik”.

Maslahatchining soʻzlariga koʻra, 2015-yil bahorida Pentagon AQSh bilan Rossiyaning vakolatli maxkamalari oʻrtasida muloqot uyushtirgan. “Obama Bashar Asad rejimining qulashi Suriyada keng koʻlamli tartibsizliklarga sabab boʻlib, (Isroil) xavfsizligiga tahdid paydo qiladi deb xavotirlangan”, – degan Eksum.

Eksumning aytishicha, mana shunday xavotirlar sabab Obama Rossiya bilan muloqotlarni boshlashga buyruq bergan, natijada Suriyada Asad rejimi iqtidorda qolgan”. Iqtibos tugadi.

Bu habar ham biz avvaldan aytib kelgan bir haqiqatni tasdiqlab turipti, bu haqiqat Asad – AQShning malayi, shu sababli, AQSh uni saqlab qolish uchun Suriyaga Turkiya, Eron va Rossiyani kiritdi. Bugun ham Suriyada boʻlayotgan harbiy, siyosiy xodisalarning barchasi AQSh nazorati ostida turipti. AQShning maqsadi – Suriyada dinsiz-dunyoviy hukumatni saqlab qolish. Turkiya Asadga qarshi chiqqan jamoatlarni yoʻldan urib, aldayotgan boʻlsa, Eron bilan Rossiya xolis mujohidlarlar va xalqqa qarshi urush olib bormoqda. Bularning bari Asad rejimini saqlab qolish va Suriyada ilmoniy tuzumni mustahkamlashga harakat qilishmoqda. Jeneva, Ostona, Sochi konferentsiyalarining barchasi – Suriya xalqiga qoʻyilgan tuzoq.
Darhaqiqat, Suriya qoʻzgʻoloni koʻplab dushmanlar va ruvaybiza-munofiqlarning asl basharasini ochib tashladi!

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.