AQSh Eronni “jilovlab turish” uchun V-52 bombardimonini joʻnatdi

507
0

AQSh Eronni “jilovlab turish” uchun V-52 bombardimonini joʻnatdi

 AQSh HHK Markaziy qoʻmondonligi Qatardagi aviabazaga V-52 bombardimoni yetib kelgani haqida xabar berdi. AQSh Yaqin Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish uchun mintaqada bombardimonlardan iborat operativ guruh safini kengaytirmoqda.

 “Los-Anjelesdagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan B-52 Stratofortress bombardimoni 2019 yil 9 may kuni Qatardagi al-Udayd aviabazasiga yetib keldi”, – deyiladi qoʻmondonlik rasmiy saytidagi xabarda.

 Xabarga koʻra, “Bu samolyot Amerika kuchlari va AQShning mintaqadagi manfaatini himoya qilish uchun AQSh Markaziy qoʻmondonligi masʼuliyatli boʻlgan hududda yoyilgan bombardimonchi samolyotlar guruhiga kiradi”.

 Ilgariroq, AQSh Eron tomonidan tobora oʻsib borayotgan xavf haqida bayonot qilib, mintaqaga aviatashuvchi zarba beruvchi guruh va strategik bombardimonlarni yoʻnaltirgan edi.

 Ushbu eskalatsiya Eron hukumatining yadro dasturi toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha “ayrim majburiyatlarni bajarishni toʻxtatish” haqidagi qaroridan soʻng avj olgan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shu hafta yevropa davlatlariga muzokaralar uchun 60 kun muhlat berganini aytgan edi. Tegishli axborot Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga yetkazilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.