Kashmir Hindiston zulmi bilan hukmdorlar qoʻrqoqligi oʻrtasida

556
0

Kashmir Hindiston zulmi bilan hukmdorlar qoʻrqoqligi oʻrtasida

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati rasmiy notigʻi noibi

Ustoz Shahzod Shayx

Hindiston havo kuchlari 2019 yil 26 fevral erta tongda Pokiston havo boʻshligʻini uch nuqtadan buzib kirishga urindi. Pokiston qurolli kuchlari bosh aloqalar departamenti (ISRP)ga koʻra, Hindiston samolyotlari qochish paytida bir necha bomba tashlashga muvaffaq boʻlgan. Bu xabar somonga oʻt ketgandek surʼat bilan tarqaldi. Siyosiy va harbiy rahbariyatning hind harbiy samolyotlariga sogʻ-omon chiqib ketishiga qoʻyib berishgani uchun Pokistondagi musulmonlar dargʻazab boʻldilar. Ularning bosimi shu darajaga yetdiki, buning natijasida siyosiy va harbiy rahbariyat hindlar hujumiga munosib vaqtda javob qaytarishni eʼlon qilishga majbur boʻldi. Ertasiga 27 fevral kuni esa, hind qiruvchi samolyotlari bosib olingan Kashmir hududi orqali Pokiston havo boʻshligʻini buzib oʻtishga yana urindi. Shunda Pokiston havo kuchlari ikkita hind samolyotini urib tushirdi, samolyotlarning parchalari bilan bitta uchuvchi Pokiston tomonga tushdi. Gʻazabnok mahalliy aholi uchuvchini ushlab olishdi. Bu xabar ham pokistonlik musulmonlar olqishlari ostida xuddi somonga oʻt ketgandek tez tarqaldi.

Pokiston siyosiy va harbiy rahbariyati bu hujumga nisbatan – goʻyo jinoyat qilgan tomon Pokistondek, kurashni Pokiston keltirib chiqargandek – himoya pozitsiyasini tanladi. U Hindistonning bunday qilmishidan taajjublanganini bildirib, faqat oʻz havo boʻshliqlarini mudofaa qilishga cheklanishini taʼkidladi. Hindiston yetmish yildan beri Kashmirni bosib olish uchun vahshiyona urush qilib, kashmirlik musulmonlarni qirgʻin qilib, oʻch olib, nomuslariga tajovuz qilib kelayotgan boʻlsa-yu, Pokiston siyosiy va harbiy rahbariyati bunga qarshi kuchli pozitsiya egallagani yoʻq. U bosqinchi hind kuchlariga qarshi hujum qilib, qirqdan ziyodini oʻldirishga muvaffaq boʻlgan mardlarni himoya qilmadi… Bunday qilish oʻrniga, bu rahbariyat Hindiston bosqinchiligiga goʻyo qonuniy bosqinchilik, ularga qarshi kurashayotgan qarshilik harakati esa, noqonuniydek munosabat bildirdi! Pokiston rahbarlarining zaif pozitsiyalari sababli, Hindiston bosh vaziri Modi oʻz kuchlarining Kashmirdagi vahshiyliklarini yashirib, qarshilik harakatini jinoyatchi qilib koʻrsatishga oʻzida jurʼat topdi!

Bosib olingan Kashmir musulmonlari va qarshilik harakati mushriklar bosqinchiligini zaiflashtirishga muvaffaq boʻldilar. Bu bilan, agar Pokiston harbiy aralashuvni amalga oshirsa Kashmirni ozod qila olishi mumkin boʻlgan qulay sharoit yaraldi. Pokiston armiyasi oldida qarshilik harakatini qurollantirib, Kashmir ozodligi uchun ularni oʻzining birinchi safiga qoʻyishdan boshqa yechim yoʻq. Zero, Ozod Kashmir 1947-48 yillarda Allohning Oʻziga tavakkul qilish va dushmandan mutlaqo qoʻrqmaslik bilan ozod etildi. Oʻshanda 1947 yil bahorda hozirda ozod etilgan Kashmirning mustabid meriga qarshi qoʻzgʻolon alanga olgan edi. Shunda butun Pokistondagi qarshilik harakati jangarilari qurol bilan qoʻllab-quvvatlangach, mardlarcha urush boshladilar va hind kuchlarini quvib chiqarishga muvaffaq boʻldilar… Soʻng 1947 yil oktyabrda Ozod Kashmir, Kashmir va Ravalpindida muvaqqat hukumat eʼlon qildilar. Ular bugun xavfsiz holatda yashayaptilar. 1949 yil BMT Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatishda vositachilik qilgandan    beri bosib olingan Kashmir ahli xavfsizlik va tinchlikdan mahrum yashamoqda. Demak, zolimga munosib javob faqat bitta, u ham boʻlsa, unga kuch-qudratni koʻrsatib qoʻyishdir, tinchlik, muzokara, kengbagʻirlik va normallashtirish kabi javob emas.

Alhamdulillah, Pokiston qurolli kuchlari bosib olingan Kashmirni ozod etishga qodir va bu yoʻlda qurbonliklar berishga hamisha tayyor. Biroq uning oyoq-qoʻli anavi siyosiy va harbiy rahbarlar tomonidan kishanlangan. Bu rahbarlar Alloh Taoloni rozi qilish uchun emas, Amerikani rozi qilishga harakat qilishyapti.

Shuning uchun, shubhasiz, Kashmir ozodligi Hindiston kuchlari hujumlari bilan Pokiston rahbarlarining qoʻrqoqligi oʻrtasida muallaq qolmoqda. Bunday vaziyatni, to Paygʻamb arlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo qilinmas ekan, musulmonlar foydasiga hargiz tubdan oʻzgartirib boʻlmaydi. Ana shundagina roshid xalifa bosib olingan Kashmirdagi musulmonlar nolasiga quloq tutadi va Ummat arslonlarini qafasdan chiqaradi, qashqirlar iniga biqinib oladi…

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

Oʻsha kunda moʻminlar Alloh nusratidan shodlanurlar, (Alloh) istagan kishiga nusrat beradi va U kuchli rahmlidir”   [Rum 4-5]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.