Muborak zamin ahli «oilani himoya qilish» qonunini rad qilishmoqda

271
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muborak zamin ahli «oilani himoya qilish» qonunini rad qilishmoqda

– Juma kuni Quddusdagi oilalar va Oli G‘ays devoni aholisi vakillari rejim tatbiq qilmoqchi bo‘layotgan «oilani himoya qilish» to‘g‘risidagi qonunga norozilik bildirib, maslahat majlisi uyushtirdilar.

Majlis Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qilish bilan boshlandi. So‘ng shayx Islom Amira majlisning ochilish nutqida ayni qonunning jamiyatga naqadar xavfli ekani haqida so‘zladi.

Majlis mezbonlaridan Oli G‘ays vakillariga so‘z berilib. O‘z navbatida Abu Abd G‘ays mehmonlarni olqishlab, Oli G‘ays devonining haq va haq so‘z uchun har doim ochiq qolajagini, har qanday vaziyatda ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish qal’asi bo‘lib turajagini, haq va islohga harakat qilayotgan insonlar oldidan hargiz yopib qo‘yilmasligini ta’kidladi.

Keyin Falastindagi oilalar kotibi janob Abdulloh Alqam nutq so‘zlab, mazkur qonun va uning tatbiqi oqibatida kelib chiqadigan muammolar haqida gapirdi. Rejimni bu qonunni tasdiqlaganini qoralab, rejimning bu qilmishiga qarshi chiqishga chaqirdi. Falastin jamiyati shuncha musibatlarni boshdan kechirdi, endi bu qonun unga juda ortiqcha, dedi va uning boshdan oyoq qabul qilib bo‘lmas qonunligini ta’kidladi.

So‘ng advokat Sufyon Bassa ayni qonunning shariatga zidligini, bu xususda ish qo‘zg‘atilganini, Islom shariatiga zid har qanday qonun albatta qabul qilib bo‘lmas qonun bo‘lib, bu borada muzokara qilinmasligini ma’lum qildi.

Keyin Sha’fon jamlog‘idan Fath harakati vakili so‘zga chiqib, bu qonunni batamom inkor etdi. So‘ng nufuzli kishilardan Abu Sind Ja’bariy so‘zga chiqdi. U «oilani himoya qilish» to‘g‘risidagi qonun har bir kishini o‘z oilasidagi hukmronligini yo‘qqa chiqaradi, ota o‘z farzandlarini tarbiya qilolmay qoladi, bas, agar uni to‘xtatib qololmasak, na qadr-qiymatimiz qoladi, na erkakligimiz, dedi.

So‘ng Isloh vakili janob Muhammad Oyad so‘zga chiqib, qonunga qarshi ekanliklarini ifodasi sifatida, uning oilalarning buzilib parchalanishiga olib kelishi, zotan, oila Falastin ahlining so‘nggi qo‘rg‘oni bo‘lib, kofirlar uni ham butkul yo‘q qilishmoqchiligi haqida gapirdi.

Keyin Bashitiy oilasidan bir oqsoqol nutq so‘zladi. U ushbu majlisdan keyin bir uchrashuv uyushtirishni va unda qonunga bor ovoz bilan qarshi chiqishni talab qildi.

Maslahat majlisi yakunida yig‘ilganlar qaror qabul qildilar va oralaridan delegatsiya tuzib, qarorni Ramalloh bilan Bira shahri hokimlariga topshirishga, qarordan bir nusxasini Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaega berishga kelishdilar.

So‘ng majlisdagi har bir ishtirokchilar hokim va bosh vazirga yuboriluvchi ayni qarorga birma-bir imzo chekdilar.

–      2020 yil 18 iyun payshanba kuni Qilqiliya viloyatidagi nufuzli kishilar, ulamolar va shayxlar o‘z oralaridan delegatsiya saylab, Falastin bosh vaziriga maktub yubordilar. Maktubda «oilani himoya qilish» to‘g‘risidagi bunday zo‘ravon qonunga mutlaq qarshi ekanliklarini ifodaladilar. Uni bekor qilishni talab qilib, o‘zlarining buyuk Islom dinlari, ahkomlari va shariatini mahkam ushlashlarini e’lon qildilar.

–      Ta’kidlash joizki, «Quds» axborot kanali «Oilani himoya qilish qonuni qattiq qarshilikka va unga qarshi chiqish da’vatiga uchramoqda» sarlavhali maqola nashr qildi. Maqolada ayni qonunning birinchi o‘qishda ma’qullanishi ortidan Falastin hokimiyati qattiq qarshilikka uchragani, yuzlab odvokatlar ariza imzolab, uni Falastin rahbari Mahmud Abbos va uning bosh vaziriga topshirishgani ta’kidlandi. Darhaqiqat, advokatlar bu qonunni Falastin «CEDAW» konventsiyasining bir nusxasi ekanini, diniy va mafkuraviy boylikni talon-toroj qilish hisoblanishini ham ta’kidladilar.

Roya gazetasining 2020 yil 24 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.