Patrushev: NATO Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha biror vazifani bajarmagan

545
0

Patrushev: NATO Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha biror vazifani bajarmagan

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishining 30 yilligi munosabati bilan bergan intervyusida “sobiq ittifoq qo‘shinlari Afg‘onistonda 10 yildan kamroq bo‘lganlarini, NATO esa bu davlatda 2 barobar uzoqroq qolayotganini” ta’kidlab o‘tdi. Sobiq ittifoq qo‘shinlari Afg‘onistonda 1979 yil dekabridan 1989 yil fevraligacha harakat olib borgan.

“Shu yillar ichida NATO Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlamadi, BMT Xavfsizlik kengashining xavfsizlikka ko‘maklashish xalqaro kuchlari va “Qat’iy ko‘mak” uchun ko‘zda tutilgan mandatlaridan biror vazifani, jumladan asosiy vazifa – terrorchilik tuzilmalarini yo‘q qilish vaifasini bajarmadi”,- deb aytgan Patrushev.

Uning aytishicha, hozirda Afg‘onistonda “IShID” jangarilari soni 4 minggacha yetgan. “Rasmiy hukumat mamlakatning 60 foizdan ko‘proq hududini nazorat qilmaydi, narkotik moddalar ishlab chiqarilishi esa 43 karra ko‘paygan”, deb qo‘shimcha qilgan Patrushev.

Rossiya vakilining aytishicha, AQSh Afg‘onistonda uzoq yillar qolmoqchi, buning uchun Vashington Kobulni AQSh quroliga tobe qilmoqda.

“NATO kontingentining Afg‘onistondan olib chiqilishiga kelsak, biz bunday bayonotlarni amerikalik rasmiy shaxslardan ko‘p eshitganmiz. Biroq amalda ular bajarilmayapti. Biz AQSh Afg‘onistonda uzoq yillarga qolish uchun ushbu mamlakatni AQSh quroli va harbiy texnikasiga bevosita tobe qilish tizimini yaratayotganining shohidi bo‘lmoqdamiz”, – deb aytgan Patrushev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.