Yamandagi kurashni kim hal qiladi?!

415
0

Yamandagi kurashni kim hal qiladi?!

Ustoz Shayf Sharodiy – Yaman

Anglo-Amerika kurashi sobiq AQSH prezidenti Eyzenxauer boʻshliqni toʻldirish, degan oʻzining mashʼum loyihasini boshlagandan buyon Anglo-Amerika kurashi avj olib kelmoqda. Bu kurashning oxiri koʻrinmayapti. Orada bir oz tinchlangan boʻlsa ham, bu narsa kurashayotgan tomonlarning bir oz dam olishiga oʻxshaydi, xolos. Darhaqiqat, mashʼum loyiha matnida Britaniyani mustamlaka yerlaridan quvib chiqarib, oʻrniga AQSH mustamlakasini oʻrnatish, qayd etilgan. Yarim asrdan ziyod vaqt davom etgan bu kurashning qurbonlari yuz minglabni tashkil qildi va ularning aksari musulmonlar boʻldi. Koʻrish mumkinki, ayni kurashda Amerika Britaniyani baʼzi mustamlakalari va nufuzi ostidagi mintaqalardan chiqarib tashlashga erishdi. Biz bunga quyida ayrim misollarni keltiramiz:

Birinchi: Amerika inglizlar nufuzini chiqarib tashlashga muvaffaq boʻlgan yerlar, jumladan:

  • Turkiya:
  • Eron:
  • Suriya:
  • Misr:
  • Iroq:
  • Sudan:
  • Pokiston:
  • Saudiya:

Turkiya Usmoniy Xalifalik agʻdarilgandan boshlab, to Erdogan hokimiyatga kelgunga qadar inglizlar nufuzi ostida boʻlib keldi. Ilmoniy kamolchilarning Islomga qarshi ochiq urush olib borishi odamlarda, asosan, islomchilarda ularga nisbatan nafrat uygʻotdi. Ana shunda Amerika angliyaparast turk rejimini saylov oʻtkazishga majburladi… Islomchilar ovozini koʻproq qoʻlga kiritish uchun Adolat va Taraqqiyot partiyasi orqali odamlar tuygʻusini qoʻzgʻashga harakat qildi. Shunday boʻldi ham. Keyin Amerika (politsiya ichida) “terrorizm”ga qarshi kurash qismlarini paydo qilib, mamlakatdagi angliyaparast armiya rejimga qarshi inqilob qila olmasligi uchun shu qismlar orqali Erdoganga tayanch berdi. Zero, bu armiya ilgari Amerika malaylariga qarshi inqilob qilib kelgan. Shundan soʻng, Amerika turk armiyasi tagiga suv quyishga urindi va nihoyat, 2016 yildagi omadsiz davlat toʻntarishi ortidan buni uddaladi ham. Yaʼni, omadsiz davlat toʻntarishidan keyin Erdogan armiyani Britaniya malaylaridan tozalashga muvaffaq boʻldi. Bu bilan Amerika Turkiyadan Britaniya nufuzini chiqarib tashladi va albatta, bunday qaqshatqich kurashning qurbonlari minglab musulmonlar boʻldi.

Shoh Pahlaviy zamonida Eron inglizlar taʼsiri ostida edi. Keyin Amerika hokimiyatdan angliyaparastlarni agʻdarib, oʻz malaylarini olib kelishga muvaffaq boʻldi. Eron 1979 yil inqilobidan beri Amerika nufuzi ostida boʻlgan va uning siyosati doirasidan chiqmaydigan mintaqa boʻlib kelmoqda.

Garchi oʻtgan asrning qirqinchi va elliginchi yillaridagi Anglo-Amerika kurashi qizgʻin tus olib, hatto birgina 1949 yilning oʻzida uchta harbiy toʻntarish yuz bergan boʻlishiga qaramay, Amerika 1963 yil inglizlar nufuzini Suriyadan surib chiqarishni uddasidan chiqdi. Hokimiyat tepasiga Sotsialistik Baas partiyasidagi oʻz malaylarini olib keldi. Bu partiya yarim asrdan ziyod vaqt hokimiyatda qoldi va shu davr mobaynida musulmonlarga achchiq azob-uqubatlarni totdirdi… Va nihoyat, Suriya rejimini agʻdarish, xarobalari uzra roshid Xalifalikni barpo etish uchun 2011 yili qoʻzgʻolon boshlandi. Agar Amerika oʻzining jinoyatkor malayi Bashar Asadni hokimiyatdan agʻdarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Eron va uning Hizblari, Rossiya va Turkiyadan iborat qaroqchilarini olib kelmaganda edi, ushbu qoʻzgʻolon muvaffaqiyat quchgan boʻlar edi. Bugun Amerika qoʻzgʻolonni yoʻq qildim, deya butun dunyoga jar solmoqda. Biroq uning makri ham, malaylari makri ham, Allohning izni ila, albatta zavolga yuz tutajak. Chunki Alloh Oʻz ishida gʻolibdir, lekin insonlarning aksari buni bilmaslar.

Misr qirollik boshqaruvi davrida inglizlar taʼsiri ostida edi. Amerika esa, qirollikni agʻdarib, hokimiyatga oʻz malaylarini olib kelishga muvaffaq boʻldi. Shu vaqtdan beri bu yurt hanuz uning nufuzi ostida qolmoqda. Garchi 2011 yil 25 yanvardagi qoʻzgʻolon Amerika malayi Muborakni agʻdargan boʻlsa ham, biroq Qoʻshma Shtatlar qoʻzgʻolonni jilovlab oldi. Buni Mursiyni hokimiyatga olib chiqish bilan qoʻzgʻolon koʻchalarini tinchitish, keyin esa, Sisiyga Mursiyni agʻdarishni buyurish orqali amalga oshirdi. Shu yoʻl bilan Adli Mansur, keyin Sisiy kabi yangi malaylarini olib keldi.

Iroq 1915 yildan to 2003 yil Saddam Husayn agʻdarilgunga qadar inglizlar nufuzi ostida boʻldi. Shu vaqt mobaynida Anglo-Amerika kurashi turli davrlarda qizgʻin tus olib, Amerika hokimiyatga Abdulkarim Qosim, Abdussalom Orif va boshqa malaylarini olib kelgan boʻlsa-da, biroq Saddam Husaynning kelishi inglizlarning Iroqdagi changalini mustahkam temir changalga aylantirdi… Amerika to 2003 yil Iroqqa agressiya qilib, Iroq rejimini agʻdarmaguniga qadar Saddam Husaynni taxtdan agʻdarish qoʻlidan kelmadi. 15 yildan buyon Iroqni zoʻravonlik, boshboshdoqlik, davlat mulkini dahshatli ravishda talon-taroj qilish, korrupsiya kabi qaqshatqich azob-uqubat botqogʻiga botirib kelmoqda. Toʻgʻri, Amerika Iroqdan inglizlar nufuzini surib chiqardi. Biroq oʻzi ham, Ibodiy va Eron singari malaylari ham bu yurtni atigi bir necha kun boʻlsa ham tinch ushlab turishga ojizlik qilishdi. Hatto anavi Tramp ham Iroqqa odamlarni gʻaflatda qoʻyib, tun qorongʻisida oʻgʻri kabi pisib kelib ketishga majbur boʻldi.

Amerika malayi Umar Bashirni qudratga olib kelgunga qadar Sudanda uning Britaniya bilan kurashi qizgʻin davom etdi. Hozirda Bashir Amerikaning rejalarini diqqat bilan amalga oshirmoqda, masalan, Sudan janubini boʻlish kabi. Mana, bugun esa, qoʻzgʻolon boshlanib, Bashirni ketishini talab qilmoqda. Xoʻsh, Sudan ahli Islom bilan boshqaruvchi Xalifalik barpo etilishini talab qilarmikinlar yoxud qoʻzgʻolon jilovlanib, yoʻq qilinarmikin?!

Pokiston inglizlar tomonidan bosib olingandan buyon ularning taʼsirlari ostida davom etdi. Keyin Amerika keldi va bu yurt hanuz uning siyosati doirasidan chiqmaydigan mintaqa boʻlib qolmoqda.

Saudiya ham inglizlar nufuzi ostida edi. Ammo qirol Saud taxtga kelgach, u Amerikani doʻst tutishni boshladi. Oʻshandan boshlab, ikki davlat oʻrtasidagi kurash avj oldi. Nihoyat, Salmon hokimiyatga kelib, oʻgʻli bilan birga, mamlakatdan inglizlar nufuzini deyarli supurib chiqarishga muvaffaq boʻldi.

Ikkinchi: Anglo-Amerika kurashi hamon qizgʻin davom etayotgan davlatlar, jumladan:

  • Yaman:
  • Liviya:
  • Iordaniya:

Yamanda bir tarafda Amerika va uning Husiylardan iborat malaylari, ikkinchi tarafda Britaniya va uning Hodiy, Amirliklar kabi malaylari oʻrtasidagi kurash qizgʻin davom etdi. Hatto, muzokaralar ortidan ham baʼzi frontlarda urush qaynamoqda… Oʻtgan toʻrt yil mobaynida bu oʻlka va uning ahli ushbu kurash ofatlaridan qattiq aziyat chekmoqda, tomonlarning birortasi ham kurashni oʻz manfaati tomonga hal eta olgani yoʻq.

Britaniya 1969 yil oʻz malayi Muammar Qazzofiyni olib kelgandan beri Liviya inglizlar nufuzi ostida qoldi. Soʻng Sentyabrda Fotih, deya tanilgan qoʻzgʻolon boshlanib, 2011 yil Qazzofiyga qarshi qoʻzgʻolon alanga oldi va bu ikki davlat oʻrtasidagi kurash yanada avj oldi… Keyin Amerika oʻz malayi Haftarni, yaʼni, Qazzofiyning zoʻravonligidan qochib, Amerikada yigirma yil yashagan kimsani olib keldi. Liviya ahlidan oʻn minglabi bu davlatlar kurashi qurboni boʻldi va bu yerda ham tomonlarning birortasi kurashni oʻz manfaati tomonga hal eta olgani yoʻq.

Iordaniya tashkil topgandan boshlab inglizlar nufuzi ostida boʻldi va to bugunga qadar ham shunday davom etmoqda. Ammo Amerika inglizlar nufuzini quvib chiqarishga harakat qilyapti. Buni Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki, Jahon Savdo tashkiloti kabi oʻz muassasalari orqali amalga oshirishga urinyapti. Bugun Iordaniya ustida bu ikki davlat oʻrtasidagi kurash avji pallasida va shubhasiz, kurash qurboni doim musulmonlar boʻlib qolmoqda.

Yamandagi kurashni kim oʻz foydasiga hal etadi?!!

Yamandagi kurashni tomonlarning ikkovi ham oʻz foydasiga hal eta olmayotganining ikki sababi bor:

Birinchi sabab: Oʻttiz yildan ziyod vaqtdan beri Yamanda hukmronlik qilib kelgan Britaniya, bugun kurashni oʻzi tomonga hal etolmaydigan ahvolda qolgan. Biroq u yurtdagi aksar doirani oʻz qoʻlida ushlab kelmoqda. U Amirliklar orqali janubni nazorat qilyapti, Hadida shahrida Husiylarni jigʻildonidan olishga urinyapti… Biroq Amerika bosimlari bunga xalaqit beryapti.

Ikkinchi sabab: Amerika oʻzidagi bor imkoniyat bilan Husiylarni qoʻllab-quvvatlayapti, inglizlarning ularni yoʻq qilish yoki zaiflashtirishlariga yoʻl qoʻymayapti. U Husiylardan inqilobchilar toʻnini yechib, ularga qonuniylik toʻnini kiydirishga urinyapti. Shuning uchun kurash dam avj olsa, dam pasayyapti va yaqin orada tomonlarni kurashni oʻz manfaati tomonga hal etishi amri mahol koʻrinadi.

Bu kurash va uning oqibatlaridan qutulish yoʻli:

Yaman va boshqa yurtlarimizdagi ushbu kurash sababli kelib chiqayotgan boʻhronlaru muammolardan qutulishning yoʻli faqat bitta. U ham boʻlsa, Hizb ut-Tahrir barcha musulmonlarni oʻzi bilan birgalikda barpo etishga daʼvat qilayotgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish yoʻlidir. Zotan, ushbu Xalifalikkina barcha oʻlkalarimizdan kofirlar nufuzini yoʻq qilib, bandalarga qilayotgan yovuzliklariga barham beradi. Alloh Oʻz ishida gʻolibdir, lekin insonlarning aksari buni bilmaydilar.

Roya gazetasining 2018 yil 16 yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.