Erdogan yahudiy vujudi xavfsizligiga naqadar jonkuyar ekanligini isbotlamoqda!

234
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdogan yahudiy vujudi xavfsizligiga naqadar jonkuyar ekanligini isbotlamoqda!

Turkiya prezidenti Erdogan (Anadolu agentligining hijriy 1443 yil 19 jumodulavval, milodiy 2021 yil 23 dekabr payshanba kuni xabariga koʻra) Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik muhitini yaratish uchun barcha tomonlarning saʼy-harakati zarur ekanini taʼkidladi.
U bu haqda chorshanba kuni Turkiya yahudiy jamiyati va islomiy yurtlardagi ravvinlar koalitsiyasi aʼzolarini poytaxt Anqaradagi prezidentlik qarorgohida qabul qilganda soʻzlagan nutqida aytdi.
U “Bizning “Isroil” hukumatiga yoʻllagan ogohlantiruvlarimiz Yaqin Sharqdagi masalalarga uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik nuqtai nazaridan yondashishni taʼminlaydi”, deya qoʻshimcha qildi.
Erdoganning izohlashicha, Falastin masalasi, xususan Quddus borasida tashlanadigan har qanday qadam nafaqat falastinliklarning, balki “Isroil”ning ham xavfsizligini taʼminlaydi.
“Shuning uchun ham men “Isroil” prezidenti Itsxak Gertsog va bosh vazir Naftali Benet bilan qayta boshlaganimiz muloqotga alohida ahamiyat beraman”, deya qoʻshimcha qildi. Erdogan Turkiya-“Isroil” munosabatlarining mintaqa xavfsizligi va barqarorligidagi hayotiy ahamiyatiga diqqat qaratdi”.
Roya:
Erdogan ayni bayonoti bilan yahudiy vujudi xavfsizligi va barqarorligiga va u bilan boʻlgan hayotiy munosabatlarga oʻzining naqadar jonkuyar ekanini isbotlamoqda. Buni u oʻzining salibchilik mafkurasidan va salibchi Amerikaga boʻlgan doʻstligidan kelib chiqib gapiryapti. Zotan, uni oʻz qoʻlida shaxmat piyodasi kabi oʻynatib, Shom, Iroq, Liviya, hatto Falastin va boshqa islomiy yurtlarimizdagi siyosati va rejalarini bajarishda foydalanayotgan mana shu salibchi davlat boʻladi. Erdoganning oʻzi butunlay Ummat dushmanlari tomoniga oʻtib olganini va ularning muborak zaminda yahudiy vujudini mustahkamlashdagi rejalarini bajarayotganini ochiq aytmoqda.
Erdogan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish u bilan Falastin masalasini hal qilish mexanizmi boʻyicha soxta kelishmovchilikka borayotgan paytda ham muhim ekanini taʼkidlamoqda! Bu uning bayonotlaridan ochiq koʻrinib turibdi. Nega ham ochiq koʻrinmasin, axir, u “Turkiya-“Isroil” munosabatlarining mintaqa xavfsizligi va barqarorligidagi hayotiy ahamiyatiga diqqat qaratgan” hamda “Falastin masalasidagi qarashlari turlicha boʻlishiga qaramay, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar iqtisod, savdo va turizm sohalarida rivojlanayotgan” boʻlsa?! Shu bois, Erdogan bosqinchi yahudiylar bilan Falastin masalasida qarashlarning turlicha boʻlishi ular bilan munosabatlarni normallashtirishni va ularni davlat sifatida tan olishni buzmaydi, degan nomani yoʻllamoqda.
Erdogan Amerikaning yurtlarimizdagi rejalari tomoniga oʻtib olishi bilan Islom Ummatiga qarshi hujumini davom ettirmoqda. Bu rejalarning asosiysi esa, kofir Gʻarbning Islom Ummatiga qarshi salibchilik urushida yahudiylarni birinchi safdagi baza sifatida mustahkamlashdir. Ammo Erdogan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishda bu safar hech xijolatsiz harakat qilmoqda. Chunki yahudiylar bilan aloqa rishtalarini ulashni oddiy ishdek bemalol gapiryapti hamda Islom Ummati va yoshlardagi ahd-paymonni sindirish niyatida siyosiy ustomonlik bilan gapiryapti. Chunki ushbu Ummat va uning yoshlari, xuddi ilgari Salohiddin Ayyubiy salibchilarni ildizi bilan yoʻq qilgani kabi, bugun ham yahudiy vujudining ildizi bilan qoʻportib tashlanishiga intizordirlar.
Shubhasiz, Ummatni adashtirish na Erdoganning qoʻlidan keladi va na islomiy yurtlardagi boshqa hukmdorlarning. Chunki Ummat oʻzining taqdiriy masalasini anglab yetib, Allohning shariatini qoim qilish va muborak zaminni ozod etishdek oʻzining intilishlari tomonida kimlar turganini, Erdogan va uning ruvaybiza hamkasblarining esa, mana shunday bayonotlariga qaramay, Ummat dushmanlari, asosan yahudiy vujudi safida turganini koʻrib turibdi.
Erdogan va boshqa hukmdorlarning yahudiy vujudi tarafida turib, u bilan munosabatlarni normallashtirishayotgani ushbu muborak zaminning uni yahudiylardan ozod etish va ularning iflosliklaridan tozalashdan iborat sharʼiy yechimini hargiz oʻzgartirolmaydi. Falastinni ozod etish Islom Ummatining har bir xolis farzandining maqsadi boʻlib qoladi. Chunki Ummat bu maqsadni Hittin va Ayn Jolutda amalga oshirgan, demakki, yaqin kunda Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasida Allohning izni ila albatta amalga oshiradi.
﴿وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً﴾
“U (kun) qachon boʻlur? deb (soʻraydilar, siz) shoyadki yaqindir, deb ayting!” [Isro 51]

Roya gazetasining 2021 yil 29 dekabr chorshanba kungi 371-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.