Sisiyning yahud vujudi bilan munosabati juda mustahkam boʻlib, Sinayda ular bilan birgalikda musulmonlarga qarshi kurashmoqda

447
0

Sisiyning yahud vujudi bilan munosabati juda mustahkam boʻlib, Sinayda ular bilan birgalikda musulmonlarga qarshi kurashmoqda

Al-Jazira net veb-sayti hijriy 1440 yil 28 robius-soniy, milodiy 2019 yil 4 yanvar kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi (xabar matnidagi baʼzi soʻzlar oʻzgartirilgan):

«Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy Amerikaning Si-Bi-Es telekanaliga bergan intervyusida oʻz mamlakati bilan bosqinchi yahudiylar oʻrtasidagi munosabat mustahkam ekanini taʼkidladi. Bundan oldin Qohiraning Vashingtondagi elchisi ayni intervyuni efirga bermaslikni talab qilgan edi.

“60 daqiqa” nomli dasturda prezident Sisiy suhbatdoshi Skott Beyliga Misr armiyasi Sinay shimolida yahudiylar bilan birgalikda “terroristlar”ga qarshi kurash olib bormoqda, dedi.

Shuningdek, Sisiy Misr bilan yahud vujudi oʻrtasidagi munosabat boshlangandan buyon juda mustahkam ekanini, turli sohalarda hamkorlik mavjudligini taʼkidladi.

U Misrda siyosiy mahbuslar mavjudligini inkor etib, Xyuman Rayts Votch Misrda oltmish ming siyosiy mahbus bor, degan gapni qayerdan topdi, bu notoʻgʻri, dedi.

Oʻz navbatida, Si-Bi-Es telekanali ham bu xususda izoh berdi. Unga koʻra, telekanal Misr prezidentidan intervyu olgandan soʻng Misrning Vashingtondagi elchisi telekanal bilan bogʻlanib, buni televideniyeda tarqatmaslikni talab qilgan.

Biroq AQSH telekanali maʼmuriyati bu talabni rad qilib, Misr prezidenti bilan oʻtkazilgan uchrashuv kelasi yakshanba kuni televideniye orqali albatta uzatiladi, dedi.

Telekanalning elektron saytida xabar qilinishicha, “60 daqiqa” dasturi Misr prezidenti bilan koʻp marta uchrashuv oʻtkazgan boʻlib, siyosatchi muxolafatchilarning qamalishi mavzusidagi uchrashuv ham oʻshalarning biri boʻlgan.

Ixvonul Muslimin va maydonlardagi inqilobchiyu namoyishchilardan iborat mingdan ziyod misrlikning halok boʻlishiga izoh berar ekan, Sisiy maydonlarda “minglab qurollanganlar bor edi, ular qirq kundan ziyod namoyishni tark etmay turishdi, biz ular bilan har qanday tinch yoʻllarni ham sinab koʻrganmiz”, dedi.

Biroq Si-Bi-Es telekanalining maʼlum qilishicha, oʻsha paytda Misr hukumati oʻsha minglab namoyishchilar boʻlgan maydondan atigi oʻnta qurol musodara qilinganini aytgan.

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.