Qirgʻiziston hukumati xalqqa solingan soliq va jarimalar miqdorini oshirish bilan byudjetni toʻldirmoqchimi?

619
0

Qirgʻiziston hukumati xalqqa solingan soliq va jarimalar miqdorini oshirish bilan byudjetni toʻldirmoqchimi?

Qirgʻiziston hukumati xalqqa solingan soliq va jinoyatlarga jarima solish miqdorini keskin oshirish yoʻli bilan xazinani toʻldirmoqchi boʻlyapti. Lekin yangi loihada xalqdan olinishi belgilangan moliyaviy toʻlovlar, uning yashash darajasi va topayotgan daromad miqdoridan bir necha borobar ortiqdir. Reaksion natijalarga olib boruvchi bu loihani amalga oshirishga qaratilgan harakatlardan qanday maqsadlar koʻzlangan boʻlishi mumkin?!

Qirgʻiziston hukumati oxirgi vaqtlarda iqtisodiy inqiroz holatiga tushib, Xitoy bilan aloqasi va olinishi kutilayotgan navbatdagi moliyaviy qarzlar transhi toʻxtab qoldi. Xalq Xitoyning qarz berishi ortidan kutayotgan mustamlaka qilish maqsadini anglab yetdi va natijada hukumatga qarshi kuchli raʼyiom paydo boʻldi. Xalqning bu jamoiy tuygʻulariga qoʻshimcha, Xitoy bosqinchiligiga qarshi boʻlgan Gʻarb olami ham davlatga bosim oʻtkaza boshladi. Bularning bari hukumatni ogʻir ahvolga solib qoʻydi.

Deputatlar tezlik bilan 5 asosdan iborat kodeks loihasini, hatto oʻqib ulgurmay qabul qilib yuborishdi. Bu loiha Atambayev davrida ishlab chiqilgan boʻlib, shu vaqtgacha amalga oshirilmay kelayotgan edi. Endi deputatlar, “prezident iltimos qilayapti, tez qabul qilib bermasak boʻlmaydi, degan xabar kelgani sababli, hatto kengroq muhokama qilmay loihani qabul qilib yuborgan edik”, deb oqlanmoqchi boʻlishyapti. Baʼzilari “bu loihani qabul qilib olamga sharmanda boʻldik” deb, uni qaytadan muhokama qila boshlashdi.

Aslida ish ular aytayotgandek emas. Yangi kodeks xalqni chalgʻitish maqsadida, atayin chala holatida qabul qilindi. Hukumat bundan xalq jumbushga kelishini yaxshi bilgan. Hozir bu qonunlar talab qilgan soliq va jarimalarni xalqdan undirib boʻlmasligini ham juda yaxshi bilishadi. Bunga qoʻshimcha tarzda, ichki ishlar xodimlaridan juda koʻp salohiyatlar olib qoʻyildi. Demak bu loihalardan boshqa manfaatlar koʻzlangan.

  • Bu loiha hukumatning Xitoy bilan hamkorlik asosidagi xiyonatlarini muhosaba qilishdan xalqni chalgʻitish asosiga qurilgan. Shunday qilinsa, hukumat Xitoy bilan yana yaqinlik qilish va yana qarz olish kabi ishlarni davom ettirishga imkon tugʻiladi.
  • Hukumat mana shu qonun oʻzgartirish loihalari bilan Gʻarb olamiga yaqinlashmoqchi boʻlmoqda. Shu yoʻl bilan demokratik jarayonlarni rivojlantirayotgandek koʻrinishlar qilib, xuddi Qozogʻiston, Gruziya, Ukraina singari Gʻarb davlatlari va tashkilotlaridan qarz olmoqchi boʻlishadi.

Har ikki holatdan kutilgan maqsad, siyosiy inqiroziy holatdan chiqishda xalqning nomidan mulklarini garovga qoʻyib olingan yoki endi olinishi kutilayotgan qarzlarni muhosaba qilish pozitsiyasidan xalqni chalgʻitib boshqa tomonga burib yuborishdir. Endi mustaqil fikrga ega boʻlmagan deputatlar vazirlarni ayblab, katta shou chiqishlar orqali qonun loihalarini qayta koʻrib chiqishyapti. Gʻarbparast ekspertlar ham, “bu loihaning oʻzi mukammal, lekin unda koʻrsatilgan jarimalar miqdori oshirib yuborilgan” degan pozitsiyani egallashdi. Demak yangi oʻzgartirilgan kodeks loihasining amalda ishga tushishi, bizni milliardlagan qarzlarimizga yana milliardlar qoʻshilishiga olib boradi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.