Ey Sudan ahli!Dono – boshqalardan ibrat olgan kishidir

460
0

Ey Sudan ahli!Dono – boshqalardan ibrat olgan kishidir

Hijriy 1440 yil 5 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 11 yanvar juma kuni “Axboruk” veb-sayti nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Reyter axborot agentligiga koʻra, bugun juma kuni poytaxt Xartumda Sudan politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllagan.

Reyterning guvohlarga tayangan holda xabar qilishicha, politsiya koʻzdan yosh oqizuvchi gazni Xartum janubidagi Halfaya rayonida, shuningdek, Ummu Doʻrmondagi Abdurrahmon masjididan namoyish boshlab chiqqanlarga qarshi qoʻllagan.

Guvohlar Xartum janubidagi Jabra rayonida namoyish boʻlganini, unda qatnashganlar “rejim agʻdarilsin”, “rejim agʻdarilsin”, deya hukumatga qarshi hayqirganlarini aytishadi.

Xartum shimolida esa, namoyishchilar Sudan poytaxti bilan Qizil dengiz qirgʻogʻida joylashgan Portsudan shahrini bogʻlovchi trassani toʻsib qoʻyganlar.

Maʼlumki, Sudandagi norozilik namoyishchilari oʻtgan oydan beri davom etmoqda. Namoyishchilar soʻnggi paytlarda yurtda hokimiyat almashishini hamda Umar Bashirni ishdan ketishini talab qilmoqdalar».

Roya gazetasi sharhi:

Ey Sudan ahli, juda ehtiyot boʻling! Har qanday davlatdan moddiy yordam yoki koʻmak olishdan saqlaning, garchi “begʻaraz yordam” boʻlsa ham. Suriya, Misr, Liviya, Tunis va Yamandagi birodarlaringiz xatosi sizga ibrat boʻlsin. Ular tushgan tuzoqqa tushib qolishdan saqlaning. Shuni bilingki, malay Bashirni agʻdarib, yana bir malayni olib kelish bilan na siz xalos boʻla olasiz va na Ummat. Yagona yechim – sizni qashshoqlashtirgan kapitalistik tuzumni ildizi bilan qoʻporib, oʻrniga Islom nizomini tatbiq va ijro oʻrniga qoʻyishdir. Bu esa, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida islomiy hayotni qayta boshlash bilangina amalga oshadi. Shunday ekan, Hizb ut-Tahrir bilan birga ushbu davlatni barpo qilishga jiddiy yeng shimarib harakat qiling.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ   بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ   وَعْدَ اللَّهِ لا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لا يَعْلَمُونَ

«Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusratidan shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishisiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»[Rum 4-5]

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.