Pokiston hukmdorlari musulmonlarni repressiya qilayotganlar bilan ittifoq tuzmoqda

403
0

Pokiston hukmdorlari musulmonlarni repressiya qilayotganlar bilan ittifoq tuzmoqda

Pokiston hukmdorlari musulmonlarni ochiqdan-ochiq repressiya qilayotganlar bilan ittifoq tuzib musulmonlarning repressiya qilinishiga sukut qilishmoqda va iqtisodiy bitimlarni imzolash orqali ularning yovuzliklariga rozi boʻlishmoqda. Xitoy hukumati Islomga va Sharqiy Turkiston musulmonlariga qarshi urush ochib turgan bir paytda Pokiston hukmdorlari bu hukumatni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlab yanada pastkashlik qilishdi. Darvoqe, Pokiston prezidenti Orif Alvi “Al-Jazira” telekanaliga bergan intervyusida Xitoy oʻz hokimiyati ostidagi fuqarolar bilan toʻgʻri munosabatda boʻlyapti, men bunga toʻliq ishonaman, dedi. Bu soʻzlarni u Pekinning uzoq vaqtdan beri uygʻur musulmonlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlayotgani haqidagi savolga javob sifatida aytdi. Maʼlumki, Xitoy hukumati minglab musulmonlarni qamoq lagerlarida saqlamoqda, pokiza muslimalarga homilador boʻlish va tugʻishni taqiqlamoqda, musulmon erkaklarni bichib qoʻymoqda hamda har bir musulmon xonadonga Xitoy josusini joylashtirmoqda. Uygʻur musulmonlari shunday azob-uqubatlarga yoʻliqib turgan bir paytda, Orif Alvi Xitoy hukumatini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati oʻz matbuot bayonotida taʼkidlashicha, bu kabi xunasacha pozitsiyani Allohning ahkomlari bilan boshqarmaydigan hukmdorlardan kutsa boʻladi. Zero, sharqdan Xitoy boʻladimi, gʻarbdan AQSH va Rossiya boʻladimi, farqsiz, musulmonlarga ochiqdan-ochiq urush ochgan davlatlar bilan munosabatlarni normallashtirib, zolimlar bilan ittifoqchi boʻlayotganlar mana shu hukmdorlardir. Hizbning bayonoti soʻnggida Pokistondagi musulmonlarga quyidagicha xitob yoʻllanadi: Dinimizga hujum qilayotgan, or-nomuslarimizni toptayotgan dushmanlarni siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi bunday hukmdorlardan toqatimiz toq boʻldi!

Ular bizdan voz kechganlari uchun biz ham ulardan voz kechmogʻimiz hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilmogʻimiz lozim. Shundagina bizni mudofaa qiladigan va yurtlarimizni birlashtiradigan hukmdorlarimiz boʻladi, shundagina kuch-qudratga toʻlib, dushmanning qalbiga qoʻrquv solamiz.

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.