Toʻgʻri qonunlarga yetish yoʻli

641
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Toʻgʻri qonunlarga yetish yoʻli

Bugungi qoloqligimizdagi asosiy xatolik deputatlarda emas, konstitutsiya-konunlarda ham emas, prezident-hukumatlarda ham emas. Mana 28 yilda 30- hukumat, 5- prezident ish olib bormoqda. Bularning hammasi xalq dushmanlari boʻlishi mumkinmi?! Kancha-qancha deputatlar kelib-ketishdi, konstitutsiyaga 10 martadan koʻproq oʻzgartirish kiritildi, hatto yangi qonunlar tatbiq qilinmay turib, oʻzgartirishga zarurat tugʻulmoqda, nima uchun?!

Qonun chiqaruvchilar ham, ijrochilar ham osmondan tushgan “oʻzga sayyoralik”lar yoki boshqa mamalakatlardan kelgan begonalar emas. Balki xalq ichidan chiqqan haqiqiy qahramonlar va el botirlari edi. Ular shu maqomga erishishlari uchun xalq ichida juda koʻp ishlarda oldingi saflarda boʻlganlar. Lekin nufuz egasiga aylanishlari bilanoq, oʻz foydalarini koʻzlab, har qanday razilliklarni qilishyapti, hatto oʻz xalqiga xiyonat qilishdan ham tap tortishmayapti.

Bir fikrlab koʻring, hayotga, har bir ishga, har bir fikrga “demokratiya-erkinlik” asos boʻlsa, ishlarning oʻlchovi “foyda-ziyon” boʻlsa, kim oʻz foydasidan kechib, sizning foydangizni, yaʼni xalq foydasini oʻylaydi?! Yana tarkorlayman; “har kim xohlaganini qilish kerak” degan asosda ish olib boradigan inson oʻz foydasidan kechib, sizning foydangiz, yaʼni xalq foydasi uchun bosh qotiradi deb bilasizmi?! Bu asos insonlarni qanchalar vahshiy qilib yuborayotganligining son-sanoqsiz dalillari sizga yetarli emasmi?! Bu asosda porahoʻrlik, korupsiya avjiga chiqishi, oʻz foydasi yoʻlida toʻgʻanoq boʻlayotganlarni “yoʻq qilish”lar, yaʼni oʻldirish, qamash, yomon otliq qilish kabilar odatiy hol boʻlishligiga hali ham shubha qilasizmi?!

Agar asos hato boʻlsa, undan kelib chiqqan hamma narsa: deputatlar ham, konistitutsiya-konunlar ham oʻz kuchini yoʻqotadi, rahbar-hukumatlar ham xalq dushmani-xoinlarga aylanishadi, hatto oddiy insonlar ham arzimas, xor hayotga koʻnikib qolishadi, hamma narsa izdan chiqadi, yaʼni hayot oʻz yoʻlini topa olmay qoladi.

Bizga mustaqillik berishib, “demokratiya”ni tavsiya qilganlar pora bilan ham, qoʻrqitish yoki aldov yoʻllari bilan ham, har bir ishni nazoratlarida ushlab turishlarini, muammoni oʻz foydalariga hal qilishlarini yaxshi bilishgan. Aslida “demokratiya” zamonaviy qul qilishning chiroylik nomidir. Demokratiyani asos qilib olishni tark qilib, oʻz asosimizga qaytmagunimizcha birin-ketin hamma narsamizdan ajrab qolamiz, shunday ham boʻlib boryapti, bu ketishda dunyo hayotimiz aslo oʻrniga tushmaydi, oxiratda “koʻr” boʻlamiz. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى

“Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot boʻlur va Biz uni qiyomat kunida koʻr holda tiriltirurmiz”. [20:124]

Bu asosni aqlan tushunib, qalbiga joylab olganlar uchun qonunlarni bajarish tabiiy boʻladi, unga nazoratchining keragi yoʻq. Xozirda kuch organlari va armiyaning bosimi bilan bajarish mushkul boʻlayotgan qarorlar bir soʻz-hadis bilan amalga oshadi, chunki bu asos insonni Alloh Taoloning rizosi uchun, nafaqat boyliklaridan, balki eng qadrli narsalaridan ham, hatto jonidan ham kechishga tayyor qilib qoʻyadi. Bunday inson Rosululloh s.a.v.ning bir soʻziga ergashishni ham oʻzi uchun katta baxt, ikki dunyo yutugʻi deb biladi. Hatto adashib qonunni buzganlar oʻz hatolarini tuzatishlari, yaʼni gunohlarining kechirilishi ham qonunga qattiq rioya qilish natijasida boʻladi, Alloh Taolo aytadi:

قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ

– „Ayting (Ey Muhammad), „Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni magʻfirat qiladi”. [3:31]

Umar(r.a.)ning: “Iroqda bir ot toyilib ketsa, Alloh Taoloning huzurida javob berishdan qoʻrqaman”- degan mashhur gaplari Rosululloh (s.a.v)ning “Iymon yetmish necha yoki oltmish necha boʻlak boʻladi, eng yuqorisi “la ilha illoloh” soʻzi va eng quyisi yoʻldan ozorni ketkazish, hayo (ham) iymonning bir boʻlagi ”- deganlar hadisiga amal qilganining natijasidir.

Qurʼon va hadis asos boʻlsa, odamlar bir birlarining mulklarini tortib olib boʻlsa ham, ochkoʻzlarcha egalik qilishga emas, balki hadyalar qilishga munosib fursatlarni poylab turishga intilishadi, chunki Abu Hurayraning hadisida Paygʻambar(s.a.v):

“تَهَادَوْا تَحَابُّوا”

“Bir-biringlarga hadyalar berib turinglar, shunda bir-biringlarni yaxshi koʻrib qolasizlar”, deganlar. Buxoriy rivoyati.

Moʻminlarga har bir hukmni amaliy suratda yetkazish uchun hilma-hil yoʻllar bilan ifodalagan hadislarni keltirish imkonsiz, unday boyliklarimiz koʻpligi tufayli bu oʻrinda ularni keltirish maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Hulosa sifatida shuni aytamizki, Qurʼonni olib kelgan farishta eng afzal farishta boʻldi. Qurʼon nozil boʻlgani bois, Rosululloh s.a.v. paygʻambarlar sayyidi boʻldi. Qurʼon nozil boʻlishi bilan oʻz davrida zamondan ortda qolgan arablar insoniyat ichidagi eng yaxshisi boʻldi. Nafaqat eʼtiqodiy tomondan, balki Qurʼon asosidagi harakatlari bilan oʻsha davrdagi ikki yetakchi davlatlar: Fors va Rim imperiyalaridan hukmronlikni olib qoʻyganligi hammaga maʼlum. Ulardagi transport vositasi ot va tuyalar boʻlishiga qaramasdan, nufuzlarining, yaʼni adolat nurining afsonaviy tezlikda yoyilishining asosiy sababi, ular Qurʼonni oʻzlariga asos qilib olganligida edi. Biz shu asosdan chetlanganimizdan boshlab talon-taroj qilinadigan narsaga aylanib qoldik. Biz oʻz asosimizni oʻzgartirib, toʻgʻri asosga qaytmagunimizcha hech narsa yaxshi tomonga oʻzgarmaydi. Bu Alloh Taoloning vaʼdasi:

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

– „Aniqki, to biron qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmas“.[13:11]

Oldimizda ikki yoʻl turibdi: Yo Qurʼonga qaytamiz, Alloh Taolo aytadi:

وَهَذَا صِرَاطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًا قَدْ فَصَّلْنَا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ

Mana shu Parvardigoringizning Toʻgʻri Yoʻlidir. Eslatma-ibrat olguvchi qavm uchun oyatlarni batafsil qildik. [6:126].

Yoki Qurʼondan boshqa asoslarni ushlab, xor yashashda davom etamiz va oxiratda ham sharmanda boʻlamiz, Alloh Taolo aytadi:

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Iymonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!” [5:50].

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.