Klinsevich: AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo davlatlarining siyosiy ishlariga aralashishi uchun foydalanadi

1017
0

Klinsevich: AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo davlatlarining siyosiy ishlariga aralashishi uchun foydalanadi

Federatsiya kengashi mudofaa qoʻmitasi aʼzosi Frans Klinsevichning fikricha, AQSH Oʻrta Osiyo mamlakatlarining siyosiy ishlariga faol aralashish uchun Afgʻonistonga koʻp urgʻu bermoqda, buning boisi – Rossiyaga bosim oʻtkazishdan iborat. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Ilgariroq OAVlar AQSH Afgʻonistonda faqat maxsus guruhni qoldirib, qolgan harbiy kontingentni ikki marta qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

“AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo mamlakatlari ichki ishlariga aralashishni boshlash uchun maydon sifatida foydalanishadi, bu kampaniyadan koʻzlangan maqsadi – Rossiyaga boʻlgan bosimni davom ettirish”, – degan Klinsevich.

Klinsevichning soʻzlariga koʻra, “Tolibon” harakatini nazorat qilish va “ISHID” uyushmasini rivojlantirish uchun amerikaliklarga qolgan kontingent yetarli hisoblanadi.

“Keyinchalik ushbu terroristik uyushmaning imkoniyatlari va resurslari Oʻrta Osiyo davlatlaridagi holatni beqarorlashtirish va u yerlarda toʻq sariq inqiloblarni yuzaga kelishi uchun zamin yaratishda foydalaniladi”, – deb qayd etdi Frans Klinsevich.

Klinsevich shuningdek, AQSH qayerga kirib borgan boʻlsa, u yerdan hech qachon chiqmasligiga eʼtibor qaratdi.

“AQSH bundan oldin ham bir necha marotaba Afgʻoniston hududidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishga harakat qilgan, ammo Sovet Ittifoqi ularning barcha rejalarini puchga chiqargan edi”, – dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.