Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari 2019 yilga hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi

889
0

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari 2019 yilga hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari 2018 yil yakunlarini sarhisob qilib, 2019 yilga qoʻshma rejalarni koʻrib chiqishdi. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.

2018 yil 27-28 dekabr kunlari Qirgʻizistonning Botken viloyati boʻyicha chegara vakillari va Tojikistonning Soʻgʻd viloyati boʻyicha chegara vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda davlat chegarasining tojik-qirgʻiz qismida xizmat olib borayotgan, ikki davlatning chegara postlari boshliqlari ham ishtirok etdi.

Ikki mamlakat chegarachilari 2018 yilda chegarani birgalikda qoʻriqlash yakunlari va 2019 yilgi vazifalarni muhokama qildilar. Tomonlar davlat chegarasining tojik-qirgʻiz uchastkasida kutilmagan hodisalar soni qisqarganini qayd etdilar: 2018 yilda 7ta voqea sodir boʻldi, bu 2017 yilga nisbatan 3taga kam (2017 yilda – 10ta edi).

Chegara vakillarining taʼkidlashicha, chegara mahkamalari oʻrtasidagi munosabatlar hamkorlikning yangi darajasiga chiqdi, bunda chegarada yuzaga kelayotgan muammolar chegara postlari darajasida joylarda tezkorlik bilan hal etilyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.