Sadir Japarov Sergey Narishkinni qabul qildi

28
0

Sadir Japarov Sergey Narishkinni qabul qildi

Xabar: Sadir Japarov 22-noyabr kuni Bishkekda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan uchrashdi. Prezident matbuot xizmati “xavfsizlik sohasida ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashilganini” maʼlum qildi.
“Sadir Japarov taʼkidlaganidek, ikki tomonlama hamkorlikning yuqori darajada saqlab qolishda milliy xavfsizlik organlarining hamkorligi muhim rol oʼynaydi. Bu tegishli tajriba va maʼlumotlar almashishi imkonini beradi hamda mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʼyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Narishkin oʼz navbatida, ikki davlat ishonchli hamkorlar ekanligini taʼkidlab, Markaziy Osiyo mintaqasi va Yevrosiyo makonida barqarorlik va xavfsizlik ikki davlatningbirlashgan pozitsiyasiga bogʼliqligini taʼkidladi”, – deyiladi xabarda.

Izoh: Islomiy yurtlardagi prezidentlarning barchasi hokimiyat tepasiga kelar ekan albatta, terrorizm va ekstremizm (Islom)ga qarshi kurashni asosiy vazifa qilib olishadi. Chunki ular hokimiyat tepasiga kelishar ekan oʼz ogʼalaridan mana shunday koʼrsatma va topshiriq olishadi. Bu hukumatlarning barchasi “terrorizmga qarshi kurash” bahonasi ostida Ummat orasidagi muxlis, Islom daʼvatini yetkazuvchi musulmonlarga qarshi kurash olib borishadi. Bundan tashqari, ular boshqa davlatlar, xususan, mustamlakachi davlatlar maxsus xizmatlari va razvedkasining oʼz yurtlarida emin-erkin faoliyat olib borishlari, musulmonlarni kuzatish, taʼqib qilish va hatto kerak boʼlsa jismonan yoʼq qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishadi.
Qirgʼizistonning sobiq va amaldagi prezidentlari ham bundan mustasno emas. Masalan, Bakiev hokimiyat tepasida boʼlgan vaqtda, aniqrogʼi, 2006-yil avgust oyida nafaqat Qirgʼiziston, balki butun Markaziy Osiyoda taniqli ulamo boʼlgan Rafiq qori Kamolov ham ayni shunday ikki, ehtimol, uch tomon maxsus xizmatlarining qoʼshma amaliyoti natijasida shahid qilingan edi. Joriy yilning 26-iyulga oʼtar kechasida Oʼsh shahrida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uch nafar xodimi avtohalokat oqibatida halok boʼldi. Rasman tarqatigan xabarga koʼra, Hyundai SantaFe avtomashinasini tunda boshqarib borayotgan Rossiya fuqarosi soatiga 150 kilometr tezlikda ketayotib boshqaruvni eplay olmay qolgan va reklama banneri ustuniga borib urilgan. Oqibatda haydovchi va avtomashinadagi ikki yoʼlovchi voqea joyida halok boʼlgan. Rossiyaning Oʼshdagi konsulxonasi MediaHub jurnalistik surishtiruvlar markaziga halok boʼlgan uch kishi Rossiya fuqarosi ekanligini va Federal xavfsizlik xizmati qoshidagi chegara xizmati xodimlari boʼlganini tasdiqlagan edi. Maʼlumki, Oʼsh shahrida Rossiya Federal xafsizlik xizmati chegara xizmatining operativ guruhi faoliyat koʼrsatadi. Bu maxsus xizmatlar xodimlari bizning yurtlarda diplomatik daxlsizlik maqomiga ega boʼlib, qanday jinoyat sodir etishmasin suvdan quruq chiqishadi.

Japarovning Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvi va uchrashuvda “xavfsizlik sohasida ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashishi” rus razvedkasi va maxsus xizmatlari uchun yurt eshiklarini yanada kengroq ochilishiga olib keladi.

Аslida, xorijiy davlatlar maxsus xizmatlarini islomiy yurtlarda josuslik qilishiga, kerak boʼlgan vaqtda qoʼporuvchilik amliyotlarini sodir etib musulmonlarni taʼqib va quvgʼin qilishiga yoʼl qoʼymaslik, yurt tinchligini buzib, xoinlarni yollaydigan “in”lar qurishiga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аllohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo boʼladigan Islom davlati amalda urush holatida boʼlgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar ochishga, mamlakatda biror bir davlatning harbiy bazasi boʼlishiga, mustamlakachi davlatlar razvedkalarini mamlakatda emin-erkin izgʼib yurishiga aslo yoʼl qoʼymaydi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.