Ukrainadagi keskinlik va Rossiyaning provokatsiyaga uchrashi ortida nima turibdi?

1177
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Ukrainadagi keskinlik va Rossiyaning provokatsiyaga uchrashi ortida nima turibdi?

Savol:

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Rossiya chegara kuchlari Qora dengiz bilan Azov dengizini bogʻlovchi Kerch boʻgʻozida Ukrainaning harbiy kemalarini yoʻlini toʻsib, yurtimizga qarshi agressiv urush boshladi”, dedi. U bu soʻzlarini Amerikaning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytdi. U ushbu voqeaga ishora qilib shunday qoʻshimcha qildi: “Janob Putin, bu hazil yoki oddiy bir hodisa yo krizis emas, balki agressiya va urushdir”. (Sputnik Arabiy, 2018 yil 12 dekabr). Rossiya esa, Ukrainaga qarashli uchta kema 2018 yil 25 noyabrda rus sohil qoʻriqchilari tomonidan toʻxtatilganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, bu kemalar Qrim Yarim orolining sharqiy qismidagi Qora dengiz bilan Azov dengizini bogʻlovchi Kerch boʻgʻozi yaqinida Rossiya suvlari daxlsizligini buzganini daʼvo qilgandi. Buning ortidan AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish talabi bilan chiqdi, ammo Yevropa buni rad qildi. Bu taranglik hamon davom etyapti. Xoʻsh, buning ortida kim turibdi? Nega u yerda vaziyat yana taranglashdi?

Javob:

Allohning izni ila, javobni yorqin bayon qilish uchun ayni mavzuga oid boʻlib oʻtgan va boʻlayotgan voqea-hodisalarni keltirib oʻtmoqchimiz:

  • 2014 yil fevralda Rossiya-AQSH-Yevropa Ukrainaning oʻsha paytdagi prezidenti Viktor Yanukovichning hokimiyatda qolishiga kelishib olishgan edi. Maʼlumki, Viktor Yanukovich rossiyaparast odam. Biroq kelishuvdan hech qancha vaqt oʻtib-boʻlmay, Ukraina gʻalayoni alanga olib, Yanukovich Rossiyaga qochib ketdi. Ayni hodisa ortida Gʻarb turganligi ayon boʻldi. Rossiya Gʻarb uni aldaganini va Ukrainani qoʻldan boy berganini anglashi bilanoq, Qrim Yarim orolini anneksiya qilib oldi. Ukraina sharqida joylashgan Donbassdagi tarafdorlarini gijgijlab, oʻz mintaqalarini Donesk va Lugansk nomi bilan mustaqil boʻlishini talab qilishga undadi. Natijada, AQSH bilan Yevropa Rossiyaga sanksiyalar joriy qilib, uni Katta Yettilikdan chiqarib yuborishdi.
  • AQSH Ukrainini qurollantirish talabi bilan chiqdi. Ammo Yevropa buni rad etdi. Chunki bu narsa Rossiya bilan boʻlgan munosabatlarning taranglashuviga olib kelishini, holat murakkablashadigan boʻlsa, oʻziga salbiy taʼsir qilishini Yevropa tushundi. Shu boisdan Fransiya bilan Germaniya taranglikni yumshatish va siyosiy yechim yoʻlini topish maqsadida Rossiya bilan bogʻlanishdi va 2015 yil 6 fevralda AQSHdan tashqari uch davlat oʻrtasida Minsk shartnomasi imzolandi. Biz bu haqda 2015 yil 21 fevraldagi savolga javob nashramizda bunday degan edik: “Yevropa (yaʼni, Fransiya bilan Germaniya) Amerika pozitsiyasidagi bunday keskin oʻzgarish Ukrainaga qarshi rus harbiy amaliyotlarining avj olishiga olib kelishidan, oqibatda Yevropani – agar u Ukraina tomonida turmaydigan boʻlsa – qiyin ahvolga solib qoʻyishidan xavotirga tushib qoldi. Buning natijasida Yevropada urush yoki urushga oʻxshash holat kelib chiqadi, ayni vaqtda bu urush Amerikaga taʼsir qilmaydi. Demak mana shu narsa Yevropani Ukraina borasida Amerika fikriga qoʻshilish siyosatini oʻzgartirishga qattiq undagan sabab boʻldi. Shuning uchun Yevropa bir siyosiy yechimni paydo qilish va Yevropa bilan Rossiya oʻrtasidagi har qanday keskin vaziyatni yoʻlini toʻsish uchun rus prezidenti bilan bogʻlanib turish qaroriga keldi. Shunday ham boʻldi. Chunki Yevropa (Fransiya va Germaniya) yetakchilari 2015 yil 6 fevralda bu ishni muhokama qilishdi va unga kelishib olishdi. Ana shundan keyin Merkel bu ishni Obamaga bildirib qoʻyish uchun – undan izn soʻrash uchun emas – 2015 yil 8 fevralda Vashingtonga bordi”.
  • Bu xatti-harakat AQSHga yoqmadi. Keyinroq u kelishuvni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan boʻlsa-da, biroq aslida uni tatbiq etilishi uchun qoʻllab-quvvatlamagandi, balki mazmunida aytilgan gaplarni bekor qilishni va barbod etishni istagandi. Biz bu haqda ayni savol-javob nashramizda bunday degan edik: “Fransiya va Germaniya tomonidan bildirilgan bu pozitsiya Obama va uning idorasiga katta taʼsir qildi. Bu esa, Myunxen sammiti konferensiyasida Kerri bilan Merkel oʻrtasidagi dahanaki janglarga sabab boʻldi. Bu dahanaki janglar ayniqsa Amerikaning Ukrainani qurol-aslaha bilan taʼminlashi haqida – Yevropa bunga qarshi chiqayotgan bir vaqtda – bergan bayonotlari xususida boʻldi”. Keyin bunday qoʻshimcha qilgandik: «Endi nima kutilishiga kelsak, Amerika – kuchliroq ehtimolga koʻra – bu kelishuvning amalga oshishiga toʻsiq boʻladigan bir necha muammolarni paydo qilishi mumkin. Chunki uning Ukrainada tobelari bor, respublika prezidenti Poroshenko Yevropaga yaqin boʻlsa-da lekin unda Amerikaning ham ulushi bor… Shunga koʻra, demak Amerika vaziyatni quyidagi uch variantdan biri bilan yoki hammasi bilan keskinlashtirishi mumkin:
  • Shu bois soʻnggi hodisalar, Rossiya Ukrainaning uchta kemasini kemachilari bilan qoʻshib hibsga olganda, roʻy berdi. Aftidan Ukraina bu ishda Rossiyani provokatsiya qilgan koʻrinadi. Albatta, Amerika tomonidan koʻk chiroq yoqilmasa, bunday qilishga hargiz jurʼat qilolmasdi. Darvoqe, Rossiyaning Tass axborot agentligining 2018 yil 25 noyabrda tarqatgan xabariga koʻra, “Ukrainaga qarashli uchta harbiy kema Rossiyaning regional suvlariga noqonuniy tarzda kirgan, Bu uch kema xavfli mashqlar olib borishayotgan boʻlgan”. Buning oqibati oʻlaroq, Ukraina Gʻarbdan bu ishga aralashishni iltimos qildi. Masalan, prezident Pyotr Poroshenko 2018 yil 29 noyabrda Germaniyaning “Bild” gazetasiga bunday dedi: “Germaniya bizning yaqin ittifoqchilarimizdan biri, biz NATO safida Ukrainaga yordam berish va u yerdagi xavfsizlikni taʼminlash uchun Azov dengiziga kemalarini yuborishga tayyor davlatlar bor, deb umid qilamiz. Putin esa, Azov dengizini bosib olishdan boshqa narsani istamayapti. Unga tushuntirib qoʻyiladigan yagona soʻz, Gʻarb dunyosining birlashishidir. Germaniya ham agar Putinni toʻxtatmasak, u nima qilishi mumkin, deya oʻylab koʻrmogʻi lozim. Rossiyaning bunday siyosati qabul qilib boʻlmas siyosatdir. Putin birinchi Qrim yarim orolini, keyin Sharqiy Ukrainani, endi boʻlsa, Azov dengizini istab qoldi. Putin qadimgi rus imperatorligiga qaytmoqchi: Qrim, Donbass, butun yurtni xohlamoqda”. Soʻng: “Merkel 2015 yil Minskda oʻtkazgan muzokaralari bilan yurtimizni qutqargan edi. Shuning uchun ham boshqa ittifoqchilarimiz bilan yana bir bor himoyaga erishamiz, degan umiddamiz”, deya qoʻshimcha qildi. Lekin Germaniya kansleri Merkel harbiy amaliyotni rad qildi. Bu haqda u 2018 yil 29 noyabrda “DPA” axborot agentligiga “Bu qarama-qarshiliklar uchun hech qanday harbiy yechim yoʻq”, deya bayonot berdi hamda Poroshenkodan “ogʻir-bosiq boʻlish”ni talab qildi, “vaziyat sokin qolishi kerak, biz haqiqatni ochiq oʻrtaga tashlaylik, oʻshanda koʻramiz nima boʻlarkin…”, dedi. Soʻng masalani Putin bilan muhokama qilishga vaʼda berdi. Ammo Rossiyaga sanksiyalarni oshirishga rozi boʻlmadi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas ham 2018 yil 6 dekabrda Italiyada boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari konferensiyasida ukrainalik hamkasbi Pavel Klimkin bilan uchrashgach bunday dedi: “Mudom vaziyatning keskinlashuvini oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom etar ekan, Berlin Rossiyaning Ukraina bilan kurashi sababli Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga sanksiyalar joriy etilishini istamaydi”. U yana bunday qoʻshimcha qildi: “Ayni damda men ham qoʻshimcha sanksiyalar haqida soʻz boʻlishi xato, deb bilaman. Chunki taranglikni yumshatish uchun saʼy-harakat sarflanmoqda. Yangi sanksiyalar qoʻllash taklifi Germaniya tarafidan aslo boʻlmaydi. Yevropa Ittifoqi ichkarisidagilar ham yangi sanksiyalar qoʻllashga kelishishadi, deb oʻylamayman”. (Reyter, 2018 yil 7 dekabr). Germaniya Yevropa Ittifoqidagi boshqa koʻpgina davlatlar bilan birga vaziyatning naqadar keskinligini va Yevropaga naqadar zarar yetkazishi mumkinligini anglamoqda. Shu bois harbiy amaliyotlarni ham, sanksiyalarni kuchaytirishni ham istamayapti. Chunki bu bir ikki qirrali qilich boʻlib, ham Rossiyani, ham Yevropani kesishi mumkin.
  • Bu ishda Amerika pozitsisi yaqqol ayon, vaziyatni keskinlashtirgan ham, sanksiyani kuchaytirayotgan ham shu. Masalan, Tramp hamkasbi Putin bilan uchrashishni bekor qildi. Buni joriy yil 30 noyabrda boʻlib oʻtgan G-20 sammiti chogʻida maʼlum qildi. Chunki bunga Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi kema mojarosi sababli uning maʼmuriyati rozi boʻlmadi. Tramp Argentina poytaxti Buenos-Ayresda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashishidan oldin jurnalistlarga Ukraina kemasining hibsga olinishiga izoh sifatida, “Bu ish bizni hayron qoldirmaydi va biz bunga rozi emasmiz. Umuman, bunga hech kim rozi boʻlmaydi”, deya bayonot berdi. (RT onlayn, Novosti, 2018 yil 30 noyabr). AQSHning Ukrainadagi doimiy vakili Kurt Volker ham 2018 yil 27 noyabrda bunday degandi: “Rossiya rahbariyati ayni portlarga, shu jumladan, Mariupoldagi portga yakka hokim boʻlishga, u yerga hech kimning borish imkoniyati boʻlmasligiga urinyapti. Rossiyaning u yerda faqat oʻzi boʻlishni istayotgani albatta xavotir uygʻotadi”. AQSH vakili Rossiyaning 2003 yilda Azov dengizida yuk tashish bilan bogʻliq imzolangan konvensiyaga amal qilishi lozimligini taʼkidlar ekan, “Men Rossiyaning Ukraina yerlariga quruqlik hujumlarini qayta boshlaydi, deb oʻylamayman, agar bunga oʻxshash ish sodir boʻladigan boʻlsa, mening uchun bu mutlaqo kutilmagan hol boʻladi”, dedi. (Arab tilidagi Ukraina sayti, 2018 yil 28 noyabr). Mazkur konvensiyadan koʻrinib turibdiki, Azov dengizi bilan Kerch boʻgʻozi, ham Rossiyaning, ham Ukrainaning ichki suvi hisoblanadi. “Amerika ovozi” radiosining 2018 yil 6 dekabrdagi xabariga koʻra, “AQSHning Ukrainadagi doimiy vakili Kurt Volker kelasi ikki hafta ichida Ukrainaga safar qiladi. U Rossiyadan oʻzida ushlab turilgan ukrainalik dengizchilarning ozod etilishini talab qildi. Shuningdek, Rossiyaning 2003 yil imzolangan ikki tomonlama maxsus konvensiyaga asosan, Azov dengizi va Kerch boʻgʻozi mintaqasida Ukraina bilan qayta hamkorlik qilishi kerakligini taʼkidladi”. Ushbu bayonotdan ochiq koʻrinib turibdiki, Amerika tez harakat qilmayapti, shoshilmayapti. Uning Ukrainadagi doimiy vakili Ukrainaga borishini maʼlum qildi! Bu esa, Amerikaga yechim kerak emasligini, balki vaziyatning tarang boʻlishi lozimligini anglatadi. Uning maqsadi bu ikki davlat munosabatlarini taranglashtirish va shu holda davom etish, muammoni hal etmaslik!
  • Shuni taʼkidlash lozimki, Amerika Ukrainani qurol-yaroq bilan, harbiy uskunalar bilan taʼminlayapti, armiyasini mashqdan oʻtkazyapti. Bu haqda amerikalik vakil Kurt Volker Germaniyaning “Deutsche Welle” nomli rasmiy saytida 2018 yil 29 noyabrda bunday deya bayonot berdi: “Kiyev bilan Vashingtonni mudofaa sohasidagi tabiiy hamkorlik bogʻlab turadi… AQSH Ukrainaga – kuchli zamonaviy mudofaa qobiliyatiga ega boʻlishi uchun – qurolli kuchlarni tashkil qilish va isloh qilishda yordam beradi”. Koʻrinib turibdiki, amerikalik vakil ayni soʻzlari bilan oʻz mamlakati Ukrainani qurollantirayotganini eʼtirof etmoqda. Rusiyal Yavm gazetasi joriy yil 9 iyunda quyidagi xabarni tarqatdi: “AQSH Ukraina Gʻarbidagi Lvov shahri aerodromiga toʻrtta samolyot yubordi. Bu uning aerodromdagi strategik bombardimonchi samolyotlarini yonilgʻi bilan taʼminlash maqsadiga qaratilgan. Vashingtonga koʻra, AQSHning bu harakati NATO bilan birgalikda Sharqiy Ukrainada xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq hamkorlik doirasida boʻlmoqda. Ukraina aerodromiga ekipaj aʼzolari va samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatuvchilar doxil 150 nafar amerikalik ham qoʻndi. AQSH Havo mudofaasining Yevropa va Afrika boʻyicha matbuot xizmati chiqargan bayonotga koʻra, AQSHning ayni qadami uning Yevropa sharqida xavfsizlikni taʼminlash va NATO bilan sheriklari oʻrtasida harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan”. Rus gazetasining qoʻshimcha qilishicha, “AQSH-Ukraina oʻrtasidagi hamkorlik 2014 yildagi Ukraina hukumati inqilobidan buyon izchil rivojlanib bormoqda. Ukraina AQSHdan zirhli transport vositalari, uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar, radarlar, harbiy uskunalar, katta kalibrli snayper miltiqlari va tankka qarshi boshqariladigan raketalarni olgan boʻlib, amerikaliklar bu qurollardan Donbassda foydalanmaslikni shart qilgan”. Koʻrinib turibdiki, Amerika Ukrainani qurollantirish bilan va Rossiyani provokatsiya qilishga gijgijlash orqali vaziyatni taranglashtirishga, shu orqali Rossiyani javob qaytarishga majbur qilishga urinyapti. Vaziyat tarang boʻlib turishi uchun AQSHga shu kerak. Keyin esa, manfaatiga qarab, Qrim va Ukraina masalasini qoʻzgʻaydi. Biz 2014 yil 22 martda nashr qilganimiz savol-javob nashrasida Rossiyaning Ukrainaning bir qismi boʻlgan Qrimni anneksiya qilgani haqida soʻz yuritib, jumladan, bunday degan edik: “… Chunki Ukraina oʻz vaqtida portlaydigan bomba boʻlib qolaveradi. U xalqaro va regional vazifalar oʻzgarishiga qarab, yo Rossiyaning yoki Gʻarbning foydasiga portlaydi. Ana shunda tomonlarning har biri Ukrainaga diqqat qaratib, oʻsha paytdagi xalqaro vaziyatga muvofiq, har bir tomon bu yurtni egallashga harakat qiladi. Chunki Ukraina Rossiyaning biqini va ayni paytda Yevropa darvozasi hamdir”.
  • Amerika zimdan Ukrainani provokatsiya qilishga undayapti. Masalan, Ukrainaning Qrimdagi haqqini qaytarib olish va Rossiya nufuzi ostida qolayotgan Sharqiy qismni qayta oʻz nazoratiga olish, Azov dengizi va Kerch boʻgʻozidagi oʻz huquqlarini himoya qilish uchun qilayotgan harakatlari Amerikaning undovidir. Zotan, Kerch bu ikki yurt uchun ham muhim strategik boʻgʻoz hisoblanadi. Chunki shimoldagi Azov dengizidan Janubdagi Qora dengizga olib oʻtuvchi yagona yoʻlak Kerchdir. Undan boshqa yoʻlak yoʻq. Amerika Ukrainani qurollantiryapti va bu Minsk shartnomasiga zid. U shunday yoʻl bilan Yevropa-Rossiya kelishuvini buzishga hamda oʻrtalaridagi vaziyatni taranglashtirishga harakat qilyapti. Bir vaqtning oʻzida, Yevropa ayni olovni oʻchirishga harakat qilyapti. Chunki bu olov unga qarshi yoqilgan. Shuning uchun ham biz Yevropaning AQSH hukmronligidan ozod boʻlishga urinayotgan bir paytda, Rossiya bilan hamfikr boʻlish ustida ish olib borayotganiga, Rossiya va AQSHdan mudofaa qilishga qodir mustaqil Yevropa armiyasini tuzishga chaqirayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Bundan Amerikaning dargʻazab boʻlgani yaqqol namoyon boʻldi, masalan, 2018 yil 9 noyabrda Tramp bilan Fransiya prezidenti Makron oʻrtasidagi Parij uchrashuvida boʻlgani kabi. Amerikaning savdo urushi eʼlon qilib, bu bilan Yevropani nishonga olishi Yevropa Ittifoqini tarqatib yuborishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilishi, shu yil bilan oʻtgan yili NATO uchrashuvida hamda Yettilik sammitida amerikaliklar bilan yevropaliklar oʻrtasida kuchli ziddiyatli tortishuvlar boʻlishi, yevropaliklarning baʼzi masalalarda, jumladan, Ukraina masalasida Amerikani kurashga chaqirishi… bularning barchasi Amerikani shunday qadam tashlashga, yaʼni, Yevropaning Ukraina bilan Rossiyadagi chegalarida vaziyatni taranglashtirishga undadi.
  • Rossiya Ukraina masalasida boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Agar Ukrainani qoʻldan boy bersa, Gʻarb oldida qip yalangʻoch boʻlib qoladi, Moskva tahdid ostida qoladi. Xususan, shu paytgacha Yevropa sharqini qoʻldan boy berdi. Chunki bu uning oʻzini mudofaa qilishi uchun strategik nuqtasi hisoblanadi. Uni Gʻarb, ayniqsa, Amerika koʻp bor aldadi. Masalan, Berlin devorini agʻdarish va Sharqiy Germaniyani Gʻarbiy Germaniyaga topshirish, Polshadan voz kechib, ham Polshaning, ham Sharqiy Yevropa davlatlari mustaqilligini qabul qilish… kabi. Mana, Gʻarb bugun Rossiyani Ukraina borasida yana aldamoqda. Yaʼni, 2014 yil rossiyaparast Yanukovichning qudratda qolishi borasida Rossiya bilan kelishib olib, uni agʻdarish uchun ukrainaliklarni harakatga keltirdi. Shuningdek, uni Suriyada aldadi! Oʻshanda, Amerika Suriyadagi jangga Rossiyani kiritib, oʻzi kirmadi va bu Rossiya zarariga boʻldi. Chunki Rossiya Suriya jangiga aralashsam, buning muqobilida Amerika Qrimni anneksiya qilganim va Sharqiy Ukrainani oʻz nazoratim ostiga olganim uchun sukut qiladi, deb oʻylagandi. Biroq Amerika bunday qilmadi! Agar Rossiya tentak boʻlmaganida, Suriyaga kirmagan va Amerikaning urushga kirib, botqoqda qolishiga qoʻyib bergan boʻlardi, xuddi Afgʻonistonda boʻlgani kabi.
  • Xulosa:

Ukrainani zamonaviy qurol-aslaha bilan taʼminlash;

Ukrainani NATOga kiritish uchun u bilan muzokaralar olib borish;

Yoki oʻzining Ukrainadagi baʼzi odamlarini harakatga keltirish.

Shu bilan kelishuvni barbod qilish mumkin boʻladi. Chunki bu uch variantdan qay biri boʻlmasin, albatta Rossiyaning jigʻiga tegadi, hodisalarga taʼsir qilib, kelishuvning barbod boʻlishiga olib boradi…». Haqiqatdan ham shunday boʻldi, mana, Amerika kelishuvni barbod qilishga va vaziyatni taranglashtirishga harakat qilyapti.

a)Ushbu voqe-hodisalar Ukraina kemalarining Rossiya bilan kelishmagan holda Azov dengiziga kirishi ortida Amerika turgan boʻlishi va bu bilan u yerdagi vaziyatni taranglashtirishni koʻzlagan boʻlishi mumkinligini isbotlamoqda. Chunki vaziyatni taranglashtirish orqali Amerika biratoʻla uch davlat: Rossiya-Yevropa-Ukraina qarshisidagi oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqaradi. Demak, u vaziyatning taranglashishini istaydi, muammoning hal boʻlishini istamaydi, toki, muammo saqlanib qolsin va taranglik davom etaversin!

b)Bu olamda mudom kapitalistik ilmoniy davlatlar hukmron ekan, u iflos til biriktiruvlar, yirtqich jinoyatlar va turli-tuman zulmlarga maydon boʻlib qolaveradi. Chunki mustamlakachilik, degan tushuncha bu davlatlarni tark etmaydi, qayer boʻlmasin uni tatbiq qilaverishadi.

v)Yolgʻiz buyuk Islom mabdasigina dunyoni ayni davlatlar yovuzligidan va ularning inson oʻylab topgan mabdalaridan qutqara oladi. Chunki Islom insonning yaratuvchi Xoliqi tomonidan nozil boʻlgan. Xoliq esa, Oʻzi yaratgan narsalarga nima yaxshi boʻlishini biladi:

﴿أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ﴾

«(Axir) yaratgan zot (Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir»[Mulk 14]

Mana shu, adolat oʻrnatib, ezgulik ulashuvchi haqdir:

﴿فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ﴾

“Bas, Haqdan keyin faqatgina yoʻldan ozish bor, xolos”[Yunus 32]

﴿إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ﴾

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlgan holda (yaʼni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir»[Qof 37]

24 robius-soniy 1440h

14 dekabr 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.