Savolga javob Buyuk davlatga tobe davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar haqiqati

534
0

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Buyuk davlatga tobe yoki uning ta’siri ostidagi davlatlarning bitta davlatga tobe bo’la turib o’zaro kurashishi mumkinmi? Agar bu mumkin bo’lsa bitta buyuk davlatga tobe bo’lgan davlatlar o’rtasidagi bunday holni qanday izohlab tushuntirish mumkin? Tobe davlatlar o’rtasidagi o’zaro kurash ana shu buyuk davlat manfaatlariga ta’sir qilmaydimi? Agar tobe davlatlar o’rtasida bunday kurash yuz bermaydigan bo’lsa unda masalan Iroq bilan Turkiya yoki Eron bilan Saudiya yoki Turkiya bilan Eron o’rtasida yuz berayotgan ishlarni qanday izohlasa bo’ladi? Javob uchun sizga tashakkur bildiraman.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh Bu mavzudagi keng ifodalar quyidagicha:

1 – Buyuk davlatga tobe davlatlarning shu buyuk davlatga zarar etkazadigan ishlarni amalga oshirishi tasavvurga sig’maydi. Chunki tashqi siyosatda ularning buyuk davlatga tobe bo’lishining ma’nosi shuki, tobe davlatlar buyuk davlat ularga tuzib bergan reja yoki u yurgizgan siyosat bo’yicha yuradi, har qanday juz’iy masalada bu reja va siyosat doirasidan chiqmaydi. Demak tobe davlatlarning tashqi siyosatda ish yuritishi buyuk davlat xohish-irodasiga bog’liqdir. Shuning uchun tobe davlatlarning buyuk davlat bilan maslahatlashmay turib biron ishni amalga oshirishi mumkin emas. Demak ular buyuk davlatning buyruqlari bo’yicha yo’l tutadi. Masalan Iordaniyaning Britaniya bilan munosabati voqesi shunday. Chunki Iordaniya hokimlari Britaniya buyruqlarini bajaradi. Demak tobe davlatlar hokimlari tashqi siyosatda buyuk davlatga ma’lum qilmay turib biron ishni amalga oshirmaydi. Faqat hammaga ma’lum va oldindan yuritib kelinayotgan siyosat bundan mustasno. Chunki bunda tobe davlat ishni shu siyosat doirasida amalga oshiraveradi. Bunga misol qilib Iordaniyaning Britaniyaga tobe Qatar bilan aloqa bog’lashini keltirish mumkin. Bu ikki davlat Britaniya siyosatiga xizmat qiladigan ishni birgalikda amalga oshirish uchun o’zaro bog’lanib turadi.

2 – Buyuk davlat ta’siri ostida bo’lgan davlat haqida aytadigan bo’lsak, u buyuk davlat bilan tobelik bog’lanishi bilan emas, biron manfaat yuzasidan bog’lanadi. Shuning uchun u tashqi siyosatning biron juz’iy masalasida buyuk davlat ta’siri ostidan chiqib ketishi ham mumkin. Chunki bunday davlat buyuk davlat ta’siri ostida bo’lib turgan bir paytda o’z manfaatiga erishish yo’lini ham qidiradi. Shuning uchun bu chiqib ketish buyuk davlatning o’z ta’siri ostida bo’lgan davlat hokimlarining hokimiyatga kelishidagi ta’siri bilan to’g’ri propotsional (to’la mutanosib) bo’ladi. Bu haqda 2013 yil 30 iyuldagi savol javobida quyidagicha kelgan edi: «Buyuk davlatning o’z ta’siri ostidagi davlatga ta’siri va bosimi omillarini ham hisobga olish lozim. Bu omillar buyuk davlat ta’siri ostidagi davlatning mana shu juz’iy masalalarning birontasida ta’sir doirasidan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Yo’l qo’ymaslikning qanchalik kuchli yoki zaif bo’lishi buyuk davlatning o’z ta’siri ostida bo’lgan davlatdagi hokim tabaqaning hokimiyatga kelishiga qanchalik ta’sir o’tkaza olishiga bog’liqdir. Shuning uchun, agar buyuk davlatning ta’siri kuchli bo’lsa uning ta’siri ostida bo’lgan davlatning har qanday juz’iy masalada bu ta’sir doirasidan chiqib ketishi o’ta qiyin. Buyuk davlat ta’siri qanchalik kamaysa uning ta’siri ostida bo’lgan davlat buyuk davlatning tashqi siyosatidan biron juz’ida yoki ko’prog’ida ta’sir doirasidan chiqib ketishga shunchalik qodir bo’ladi». Masalan Kanada Amerika ta’siri doirasida bo’lganidek manfaatlari taqozosiga qarab Britaniya ta’siri doirasida ham bo’ladi. Lekin Kanada 2015 yil 29 sentyabrda Eron terrorizmga homiylik qilayotgan davlatdir, deb e’lon qildi va o’zidagi Eron elchixonasini yopib qo’ydi. Qolaversa, Kanada «Eron bugun olamdagi tinchlik va xavfsizlikka xatar tug’diryapti» deb bildirdi. Buni tashqi ishlar vaziri Jon Berd tilida bildirdi. Kanadaning bu pozitsiyasi Amerika Eronning o’zi bilan birga mintaqadagi tinchlik va xavfsizlik deya nomlangan ishga ochiq-oshkor kirishiga imkon qilib berish uchun «pishirib» tayyorlagan yadroviy kelishuvdan keyin yuzaga keldi. Amerika ta’siri ostida bo’lgan Kanadaning bunday ish tutishi Amerika pozitsiyasiga bir juz’iy masalada qarshi chiqishdir. Kanadaning bunday ish tutishi Amerika siyosatini qo’llab-quvvatlash bo’lmaydi. Chunki Amerikaning manfaati Kanadaning Eron bilan aloqalarni uzishi va uni tinchlik va xavfsizlikka tahdid tug’dirayotgan terrorchi davlat deb e’lon qilishi emas, balki Eronni tinchlik va xavfsizlikka erishishga harakat qilayotgan davlat sifatida qabul qilishidir. Shunday qilib demak buyuk davlat ta’siri ostida bo’lgan davlat – agar buyuk davlat ta’siri o’z ta’siri ostida bo’lgan davlat hokimlarini hokimiyatga olib kelishdan yiroq bo’lsa – buyuk davlat pozitsiyasiga biron juz’iy masalada qarshi chiqishi mumkin.

Turkiyaga nisbatan aytadigan bo’lsak, mazkur savol javobida 2013 yil 30 iyulda quyidagilar kelgan: «Amerikaning Turkiyada hokim tabaqani hokimiyatga olib kelishdagi ta’siri kuchlidir. Shuning uchun Erdogan Amerika yordamisiz hokimiyatga kelolmasligini va o’z nufuzini ichkarida o’rnata olmasligini sezadi. Natijada Erdogan o’zining taqdiri Amerika bilan bog’liq deb biladi. Chunki Amerika Turkiyada katta nufuzga ega bo’lib oldi. Shu darajadaki, Amerika hokimiyatga, hokimlarga, sudga, armiyaga, xavfsizlik apparatiga… o’z hukmini o’tkaza oladi. Shuning uchun demak Amerikaning Turkiyadagi hokimiyatga ta’siri kuchlidir. Shunga ko’ra Turkiyaning har qanday juz’iy masalada Amerika tashqi siyosati doirasidan chiqib ketishi o’ta qiyin ishdir». O’sha savolning javobi xotimasida quyidagi so’zlar kelgan: «Ya’ni Turkiya hozirda Amerika ta’siri ostida qolmoqda, shuning uchun Amerikaning Turkiya ishlariga ta’siri kuchlidir. Agar ahvol shunday davom etib Turkiya Amerikaga kuchli bog’lanib qolaveradigan bo’lsa u holda Turkiya Amerikaga to’la qaram bo’lishga yaqin kelib qoladi va uning birovning ta’siri doirasidagi holati savol ostida qoladi!». Shuning uchun Turkiya Kanada darajasida emas. Aksincha Amerikaning Turkiyaga ta’siri shu darajada kuchliki, buning oqibatida Turkiya hech qaysi juz’iy masalada Amerika chizgan chiziqdan chiqib ketolmaydi. Aksincha Turkiya Amerikaga yanada kuchli bog’lanib har bir kichik va katta masalada Amerika bilan hamfikr bo’lib kelyapti. Masalan Turkiya 2015 yil 11 avgustda Amerikaning «Si-En-En» kanaliga o’zining tashqi ishlar vaziri yordamchisi Feridun Sinirlio’g’li tilida: «Ikkala mamlakat (Turkiya va Amerika) uzunligi 100 kilometr va eni 50 kilometrga etadigan «tinch» mintaqani barpo qilishga o’zaro kelishib oldi» deb bildirdi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi esa bayonot chiqarib «Suriya oppozitsiyasi kuchlari bu mintaqa ustidan o’z nazoratini o’rnatdi, ayni paytda Amerika va Turkiya havodan himoya qilishni ta’minlamoqda» deb bildirdi. Shunda Amerika buni ertasigayoq, ya’ni 2015 yil 12 avgustda Amerika tashqi ishlar vazirligi vakili Mark Toner tilida rad etdi. Toner bunday dedi: «Tinch mintaqa barpo qilish bo’yicha hech qanday kelishuv yo’q». Toner o’zining turk bayonotlaridan bexabar ekanini, shuning uchun ularga nisbatan munosabat bildirolmasligini aytdi. U yana bunday dedi: «Biz bu minbardan turib va boshqa bir necha munosabatlarda u erda hech qanday tinch mintaqa yo’qligini aniq-tiniq aytgan edik…». Demak Turkiya bu juz’iy masalada Amerika chizgan chiziqdan chiqib ketolmadi. Shuning uchun Turkiya tinch mintaqalarni barpo qilishni istagan paytda Amerika bilan kelishib olganini bildirdi. Ya’ni, Turkiya Amerika bilan kelishib olmasdan turib va uning roziligini olmay turib tashqi siyosatda hech qanday ishni qilolmaydi. Shuning uchun agar Amerika rozi bo’lmasa bu ish amalga oshmay qolaveradi. Yana masalan mo”tadil oppozitsiyani mashqdan o’tkazish mavzusini olaylik. Amerika buni bir yil oldin boshlagan edi va bunga Turkiya hech bir e’tiroz bildirmay rozilik berdi. Amerika bazasini ochish mavzusi ham shunday bo’ldi. Bu mavzu Amerika manfaatlariga xizmat qiladi. Chunki Turkiya tashqi ishlar vazirligi 2015 yil 29 iyulda Amerika bilan Injirlikda Amerika harbiy bazasini ochish to’g’risida kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Amerika samolyotlari shu bazadan turib Suriyaga hujumlarni uyushtiradi. Bulardan boshqa hodisalar ham ko’p. Shuning uchun Turkiyaning Erdogan davrida biron juz’iy masalada Amerikaga qarshi chiqishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Zero, Turkiya tashqi siyosatda Amerika bilan go’yo unga tobedek munosabatda bo’lmoqda. Turkiya Amerikaga Erdogan hokimiyatga 13 yil oldin kelganidan buyon qarshi chiqmadi. Erdogan yaqinda Amerikaga tobe Salmon Saudiyasiga bordi. Ikkala mamlakat 2015 yil 30 dekabrda o’zaro aloqalarni mustahkamlash uchun mushtarak strategik kengash ta’sis etilganini e’lon qildi. Turkiya «terrorizm»ga qarshi kurashish uchun harbiy koalitsiya ta’sis etish to’g’risida ham Saudiyaga rozilik berdi. Bu haqda Saudiyaning ikkinchi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon bildirgan edi.

3 – Eron esa Amerika ta’siri doirasida yuradi va hech qaysi juz’iy masalada bu chiziqdan chiqmaydi. Shuning uchun Eron tobe davlat bo’lish darajasiga deyarli kelib qolgan. Ayniqsa hozirgi prezident Hasan Ruhoniy va uning tashqi ishlar vazirligidagi Amerikaga malay Javod Zarif boshchiligidagi komandasi davrida shunday bo’ldi. Shuning uchun Eron Suriya mavzusida Turkiya bilan kelishib ish yuritdi. Chunki Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakili Levent Gyumryukchyu 2013 yil 28 noyabrda «ikki mamlakat o’rtasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo’yicha to’liq kelishuv» borligini va «Suriya bo’yicha ijobiy so’zlashuvlar» bo’layotganini hamda «Suriyadagi krizisni hal qilishga va u erdagi qon daryosini to’xtatishga doir ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikka qattiq amal qilish to’g’risida to’liq kelishuv» borligini ma’lum qilgan edi. 2015 yil 7 aprelda esa Erdogan ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirish uchun Eronga bordi. Ya’ni Turkiya bilan Eron o’rtasidagi fikriy kelishmovchilik ikkala mamlakatning tashqi siyosatda o’zaro kelishib ish yuritishiga va Amerika chizig’idan yurishiga to’sqinlik qilmadi. Turkiya Eronni yadroviy programma borasidagi muzokaralar mavzusida ham qo’llab-quvvatladi.

4 – Bitta buyuk davlatga tobe yoki uning ta’siri ostida bo’lgan davlatlar o’rtasida haqiqiy kurash ma’nosidagi kurash kutilmaydi. Chunki ana shu buyuk davlat tashqi siyosatni umumiy shaklda idora qiladi. Odatda kurashga shu siyosat o’z hukmini o’tkazadi. Bu kurash jihatidan shunday. Ammo tobe davlatlarning kurashsiz o’zaro kelisha olmay qolishiga kelsak – bu holat buyuk davlat ta’siri doirasida bo’lgan davlatlar o’rtasida aniqroq ko’zga tashlanadi – bu quyidagi uch holatda bo’lishi mumkin:

Birinchi holat: Agar kelishmovchilik buyuk davlat manfaatlariga xizmat qilish uchun rollarni taqsimlash bobidan bo’lsa.

Ikkinchi holat: Kelishmovchilik shu davlatlar uning ta’siri doirasida bo’lgan davlatning tashqi siyosatiga hech qanday ta’sir qilmasdan faqat ichki undovchi omillar bilangina bo’lsa.

Uchinchi holat: Kelishmovchilik malaylardan birini qo’llab-quvvatlash bobidan bo’lsa. Bu ana shu malay bilan boshqa malay o’rtasida «tinch turgan» biron hodisani «qaynatib» avj oldirish bilan bo’ladi, qo’llab-quvvatlashni taqozo qiladigan narsalar tugaganidan keyin hodisa yana tinch holiga qaytadi.

Birinchi holatga misol:

Turkiya va Eron ikkalasi ham Iroq Kurdistoni regionida Amerika siyosatini amalga oshiradi, lekin bunda ikkalasining roli turlichadir. Zohirda qaraganda bu rollar bir-biriga ziddek ko’rinadi, lekin aslida bunday emas. Chunki Turkiya va Eronning bu rollarining har biri Amerika manfaatiga xizmat qiladi:

– Masalan Eron bu regionda Amerika malaylarini qo’llab-quvvatlaydi. Chunki Mas’ud Barzoniy inglizlar malaylaridan biridir. Shuning uchun Eron Barzoniyga qarshi Amerikaning u erdagi malaylarini qo’llab-quvvatlaydi. Bu malaylardan biri Gorran harakatidir. U ilmoniy siyosiy hizb (partiya) bo’lib, Kurdiston regionida faoliyat olib boradi. Uni kurd siyosatchisi Nushiron Mustafo 2009 yilda, Amerikaga malay Kurdiston milliy birlik partiyasidan – bu partiya Kurdistonda uning raisi va ta’sischisi Jalol Talaboniy Iroq prezidentiga aylanganidan buyon zaiflashib qolgan edi – iste’foga chiqqanidan keyin ta’sis etgan. Ana shu partiya Barzoniy partiyasiga o’xshab korruptsiya ishlariga botib qolgan edi. Shuning uchun Amerika yangi ko’rinishdagi boshqa partiyani ta’sis etish degan fikrga keldi. Natijada Gorran harakati paydo bo’ldi. Bu harakat korruptsiyaga qarshi kurash shiorini ko’tarib chiqmoqda, Barzoniyga qarshi oppozitsiyada faoliyat yuritmoqda, Barzoniyni zaiflashtirishga yoki uni qulatishga harakat qilmoqda, shu maqsadda bu regionni xalq saylovlari orqali emas, parlament orqali boshqarish uchun saylovlar o’tkazishni talab qildi. Bu harakat region boshlig’i salohiyatlarini qisqartirib bu salohiyatlarni parlamentga berilishini talab qildi va 2013 yilda regionda o’tkazilgan parlament saylovlariga sho’ng’ib, parlamentdagi 111 o’rindan 24 tasini qo’lga kiritdi. Natijada 38 o’rinni qo’lga kiritgan Barzoniy partiyasidan keyingi ikkinchi partiyaga aylandi. Tolaboniy partiyasi esa uchinchi o’ringa tushib qolib, 18 o’rinni qo’lga kiritdi, xolos.

– Turkiya esa Barzoniyni o’z ta’siri ostiga kiritishga va uni Amerika foydasiga iskanjaga olishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda Turkiya bu regionda ko’plab iqtisodiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Ayni vaqtda Turkiya kurdiston ishchilar partiyasi ichidagi inglizlar malaylaridan har qanday qo’llab-quvvatlovni uzib qo’yish uchun Barzoniyga bosim o’tkazishga harakat qilmoqda. Ma’lumki Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Iroq shimolidagi Qandil tog’ida to’planib Turkiyaga qarshi qurolli amaliyotlarni o’tkazishmoqda. Turk samolyotlari ana shu mintaqaga zarba bermoqda. Bunga qarshi Barzoniy e’tiroz bildirmayapti. Chunki u Turkiyaga muhtojdir. Turkiya uni davlat boshlig’i sifatida qarshi olyapti, bu regionda turk konsulxonasini qurdi va Turkiya undan neft sotib olmoqda.

Shunday qilib demak Turkiya va Eron rollari zohirdan qaraganda bir-biriga qarama-qarshidek ko’rinadi, lekin aslida ikkalasi ham Amerika siyosatiga tamoman mos suvratda harakat qilmoqda. Ikkinchi holatga misol:

– Yaqinda Saudiya bilan Eron o’rtasida yuz bergan keskinlik. Bu keskinlik Nimrni qatl etish natijasida yuz berdi. Nimr ustidan bir yildan ko’proq vaqt oldin, 2014 yil 16 oktyabrda, sobiq podshoh, inglizlar malayi Abdulloh davrida qatl etish hukmi chiqarilgan edi. Abdulloh hukm ijro qilinishidan oldin vafot etdi. Bu shayx Qatif va Ahsoning Saudiyadan ajralib chiqib Bahraynga qaytarib berilishiga, bitta mustaqil regionni tuzishga chaqirar edi. Ma’lumki Eron Bahraynni o’zining bir qismi deb da’vo qiladi va uni o’zining o’n to’rtinchi viloyati deb hisoblaydi. Ana shu qatl hukmini ijro etmaslik hozirgi podshoh, Amerika malayi Salmon uchun ichkarida noqulay ahvolga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun Saudiya undan boshqa yana 46 kishi qatl etilganini e’lon qildi, ulardan 43 kishini Saudiya rejimi takfirchilar, xorijiylar va terrorchi tashkilotlar a’zolari deb atadi.

Bu Saudiya tomonidan yuz bergan ish. Eron tomonidan esa uning toifachilik va mazhabchilik voqesi bunday shayxning qatl etilishiga norozilik bildirishni talab qiladi. Toifachilik va mazhabchilik ruhiga to’la ichki vaziyat sababli shunday bo’ladi.

Lekin bu keskinlik ikkala taraf (Eron va Saudiya)ning Amerika rejalarini bajarishiga ta’sir qilmaydi. Qolaversa Amerika bu keskinlik uchqunini o’chirishga harakat qildi. Chunki Amerika tashqi ishlar vazirligi vakili Jon Kirbi bunday dedi: «Biz diplomatik dialog va bevosita so’zlashuvlar kelishmovchiliklarni hal etishning asosiy vositalari bo’lib qolaveradi, deb ishonamiz, biz mintaqa rahbarlarini keskinliklarni yumshatish uchun ijobiy qadamlarni tashlashga undashni davom ettiraveramiz». (Qudsul Arabiy 2016 yil 4 yanvar). Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri ham o’zining eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan bog’lanib u bilan birga bu vaziyatni o’rganib chiqdi. Shundan keyin Kerri bunday deb bayonot berdi: «Biz keskinlikni yumshatishni istaymiz, ularning o’rtasida dialogni boshlab tinch diplomatik echimga erishishni istaymiz». (Si-En-En 2016 yil 4 yanvar). Shundan keyin Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr 2016 yil 4 yanvarda «Reyter»ga: «Tehron uzilib qolgan diplomatik aloqalarni qayta tiklash uchun bir tabiiy davlat sifatida ish tutishi lozim» dedi. Saudiyaning BMTdagi vakili Abdulloh Muallimiy esa bunday dedi: «Eron bilan yuz bergan bu krizisning Suriya va Yamandagi tinchlik harakatlariga hech qanday ta’siri bo’lmaydi, Suriya bo’yicha Jenevada BMT homiyligida 25 yanvardan boshlashga qaror qilingan so’zlashuvlarda ishtirok etamiz»… Suriyaga yuborilgan xalqaro vakil de Mistura esa Saudiyaga kelib uning tashqi ishlar vaziri Jubayr bilan uchrashganidan keyin quyidagilarni aytdi: «Saudiya Eron bilan bo’lgan keskinliklar Suriya bo’yicha shu oyda Jenevada o’tkazishga qaror qilingan siyosiy amaliyotga doir so’zlashuvlarga aslo to’siq bo’lmasligini ta’kidladi». (Al-Jazira 2016 yil 5 yanvar). Ya’ni Saudiya bilan Eron o’rtasidagi bu keskinliklar ichki mavzular bo’lib, ular ikkala mamlakatning Suriya qo’zg’olonini yo’q qilish va bu qo’zg’olonning islomiy loyihasini bo’g’ib tashlash, Suriyada jinoyatchi ilmoniy nizomni saqlab qolishga doir Amerika loyihasini bajarishga harakat qilishiga ta’sir qilmaydi.

Shunday qilib demak ichki undovchi omillar – to bu omillar yo’q bo’lgunga yoki tinchiguniga qadar – vaqtinchalik kelishmovchilik bo’lib ko’rinishi mumkin. Lekin bu kelishmovchilik Amerika nazorati doirasida bo’ladi, shuning uchun Amerika manfaatlariga ta’sir qilmaydi. Uchinchi holatga misol:

– Ibodiyning turk kuchlarining turishiga qarshi e’tiroz bildirganligi mavzusi. Bu mavzu Ibodiyning pozitsiyasini va uning hukumati pozitsiyasini mustahkamlash uchun yuzaga keldi. Chunki Ibodiy va uning hukumatiga bo’lgan ishonch juda tushib ketgan edi. Shuning uchun Amerika o’zining malayi Ibodiy va uning hukumati basharasini yaltir-yultur qilib ko’rsatmoqchi bo’ldi. Shu maqsadda Amerika mana shu mavzuni qo’zg’adi. Bundan Amerikaning maqsadi o’z malayini ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab uni mamlakat posboni qilib ko’rsatishdir! Turkiya bunga javoban o’z kuchlari Ibodiy talabi bilan bir yil oldin uning kuchlarini mashqdan o’tkazish uchun kirganini bildirdi. Shu bilan Turkiya Ibodiy fikriga qo’shildi va o’z kuchlarini qisman olib chiqib ketdi va ularni qayta joylashtirdi. Shundan keyin Arab ligasi bir bayonot chiqarib Ibodiy hukumati talablarini qo’llab-quvvatladi va kuchlarni olib chiqib ketishni Turkiyadan talab qildi. Ma’lumki bu Arab ligasi Amerika tomonidan harakatga keltiriladi. Shunday qilib bu ish kurashsiz nihoyasiga etdi!

Ma’lumot uchun shuni aytamizki, Amerika Ibodiyni faqat ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlabgina qolmay balki Amerika Ibodiy hukumatining bunday sharoitlarda qulashini istamayapti ham. Xususan Ibodiy Ramadiyni ozod qilishga va’da berib qo’yib, bundan ojiz qolib Amerika yordamining bir «doza»siga muhtoj bo’lib qolganidan keyin qaltiray boshladi. Shuning uchun Amerika Ramadiyda ketma-ket havo hujumlarini uyushtirdi, bu hujumlar 630ga etdi. Buni Oq uy 2015 yil 30 dekabrda bildirdi. Ana shundan keyin Iroq armiyasining Ramadiydagi hukumat kompleksi ustidan nazorat o’rnatganligi e’lon qilindi.

Xulosa: Bitta buyuk davlatga tobe yoki uning ta’siri doirasida bo’lgan davlatlar o’rtasida kurash ma’nosidagi kurashning yuz berishi ehtimoldan uzoqdir. Aksincha malaylarga rollarni taqsimlash bobidan hisoblanadigan yoki ichki majbur qiluvchi omillar sababli yoki malaylardan birini qo’llab-quvvatlash uchun biron kelishmovchilik yuz berishi mumkin. Bu holatlarning hammasida bu davlatlar tobe bo’lgan yirik davlat manfaatlariga hech qanday zarar etmaydi.

2 robius-soniy 1437h
12 yanvar 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.