XITOY BALOSIDAN QUTILISHNING CHORASI BORMI

1255
0

بسم الله الرحمن الرحيم

XITOY BALOSIDAN QUTILISHNING CHORASI BORMI

Ummat oʻz yetakchisini yoʻqotgandan beri boshi balodan chiqmay qoldi. Bu balodan nafaqat bizlar, balki Ummatning har bir boʻlagi jabrlanib kelayotgani xech kimga sir emas. Hatto musulmonlarning zulmlanishi tabiiy holdek boʻlib qoldi. Bunga misol keltirishga hojat yoʻq. Somali, Checheniston, Birma, Suriya, Yaman yoki Sharqiy Turkiston(Uygʻuriston)dagi boʻlayotgan zulmlarni oqlovchi birorta sabab yoʻq.

Sovet ittifoqi qulamasdan avval bu kabi zulmlar Oʻrta Osiyo xalqlariga nisbatan oʻta maxfiy qilinar, har qancha zulm qilishsa ham oshkora qilinmas edi. Sovet ittifoqi parchalangandan keyin bu kabi zulmlar “mustaqillik” pardasi ortida oshkor boʻlmaslikka harakat qilindi. Endi Oʻrta Osiyo xalqlarini oshkora qullik davri, yaʼni oshkora jabr-zulm qilishga oʻtish davri kirib kelayotgani hammaga koʻrinib qoldi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi; bu balolardan, xossatan Xitoy balosidan qutilishning chorasi bormi?

Bu savolga xalq dardida yurgan vatandoshlarimiz har hil fikrlar bildirishmoqda. Baʼzilar xitoy(xansu)larni yurtdan kuvib chiqarish kerak, koʻringan joyda mol-mulkini talon-taroj qilish va uy-joylariga oʻt qoʻyish kerak… kabi tuygʻulardan kelib chiqqan fikrlarni olgʻa surishmoqda. mustamlakachilarning maqsadi ham aynan mana shudir, chunki Xitoy bizni kuch bilan bosib olishga aynan shu kabi bahona, sabablarni kutishmoqda. Oʻz fuqarolarini himoya qilish bahonasida bizga oshkora tahdid qilishga, evaziga konlarga boy yerlarimizdan tavon toʻlashdan boshqa chora qoldirmaslikka harakat qiladilar. Tuygʻu asosidagi bu kabi fikrlar faqat kufr foydasiga boʻladi va undan kufr yaxshigina foydalanib olishni maqsad qiladi.

Rossiya kabi oʻzga yurtlarda bola-chaqa boqish maqsadida yurgan yurtdoshlarimizni ortga, yaʼni oʻz yurtlariga qaytish bilan ham – hatto ular millionlagan boʻlsalar-da – xech narsa oʻzgarmaydi. Xozirgi kunda Xitoyning bizga kirib kelishiga, bizdagi elning sanogʻi kamligi sabab boʻlayotgan yoʻq. Bizni qoʻrqitayotgan xafv faqat Qirgʻiziston uchun xos emas. Bu balo Tojigistonga ham, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga ham tegishli boʻlishi mumkin. Xitoyni “koʻpchilik” toʻxtatib qoʻya olmaydi.

BMT kabi harqaro tashkilotlardan aslo umid yoʻq. Chunki ular faqat asoschilarining foydasi uchun ishlaydi. Bunga biz har kuni guvoh boʻlmoqdamiz. Ular xossatan AQSH yoki Yevropa va Rossiya kabi davlatlarning manfaati uchungina ishga tushishi mumkin. Gap musulmonlar toʻgʻrisida ketganda koʻzlari qoʻr, quloqlari kar boʻlib qoladi. Qanchadan-qancha begunoh insonlarning yostigʻini quritgan, hatto yoshlaru-gudaklar, ayollarga ham boʻlayotgan vahshiyliklarga koʻz yumgan BMTdan najot kutamizmi?!

Yoki Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidagi;

“1-modda: Hamma odamlar oʻz qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng boʻlib tugʻiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda boʻlishlari kerak.

2-modda
Har bir inson irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qatʼiy nazar ushbu deklaratsiyada eʼlon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega boʻlishi zarur. Bundan tashqari, inson mansub boʻlgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, oʻz-oʻzini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qatʼi nazar biror bir ayirmachilik boʻlmasligi kerak.

3-modda
Har bir inson yashash, erkin boʻlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.

4-modda
Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha koʻrinishlari taqiqlanadi.

5-modda
Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xoʻrlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.

6-modda
Har bir inson qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzining huquq subyekti sifatida tan olinishiga haqli.…” kabi moddalar ham musulmonlar uchun ishlamaydi. Dunyoda boʻlib oʻtgan qanchadan-qancha nohaqliklarga guvoh boʻlgan inson ulardan umid qilishi ahmoqlikdan oʻzga narsa emas.

Yoki hokimiyatdan najot kutaylikmi?! Xitoy balosidan qutilish choralarini oʻshalardan umid qilish oʻrinlimi?! Axir Qirgʻizistonni qarzga botirib, tang ahvolga olib kelgan aynan oʻshalar emasmi?! Ularda oʻz yurtilarini kufr changalidan qutqarishga va yangi balolaridan saqlab qolishga onglari ham, imkoniyatlari ham yetarli deb oʻylaysizmi? Ular kurfga malaylik qilib, nafaqat el-yurt uchun harakat qilganlarni, balki begunoh insonlarni, hatto ayollarni ham qamoqlarda saqlayotgan xoinlardir. Biri ketib, boshqasi kelyapti-yu, lekin musulmonlarga zulm oʻsha-oʻsha, oʻzgarmayapti. Aslida bizga “soya solib turgan” bu sistema kufrning programmasidan oʻzga narsa emas. Har qancha haqqoniy, xalqparvar inson hukumat tepasiga kelmasin, holat oʻzgarmaydi. Ikki dunyo xorligi aslo bizni tark qilmaydi. Yoki sizda bundan boshqa asosli biror fikr bormi?

Bizningcha, Islom olamidagi millatlar oʻzlariga qaytishlari kerak, yaʼni bir Ummat holiga qaytishlaridan oʻzga chora yoʻq. Agar Ummat bitta hukumat asosida birlashsalar ulardagi xozirgi armiyani soni 10 miliondan, … ortib ketadi. Ummat rahbari Xalifa Ummatni kufr changalidan ozod qilish uchun murojaat qilgan zahoti 100 millionlagan armiyani xozirlash mumkin. Mujohidlarni birlashtiradigan bir rahbari boʻlmagan va sanogʻi yuz minglarga yetmagan bir necha musulmon guruhlar “muammosi”ni AQSH yoki NATOning oʻzi bilangina hal qilolmay, Rossiya, Turkiya va Eronni ham ishga solganini bir tasavvur qilsangiz, Ummat armiyasi – malaylar qoʻlida emas, holis rahbariyat qoʻlida boʻlsa – nafaqat Xitoy balki, butun kufr olamining jabr-zulmlarini darhol toʻxtata oladi. Hatto armiyani ishga solishga ham hojat qolmaydi. Chunki ular aslida juda qoʻrqoq xalqlar boʻlib oʻzlariga hatarni sezgan zahoti darhol oʻzlariga kelishadi. Hozirgi kunda musulmonlarning armiyalari oʻz malaylarining qoʻlida boʻlgani va bundan xotirjam boʻlganlari bois xadlaridan oshishyati xolos.

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.