Saudiya hukumati Qirgʻizistonga 3,7 million dollar miqdorida grant ajratdi

832
0

Saudiya hukumati Qirgʻizistonga 3,7 million dollar miqdorida grant ajratdi

Saudiya Arabistoni ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun Qirgʻizistonga jami 3,7 million dollar miqdorida grant ajratdi. Mazkur grant shartnomasi Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekovning imzolashi ortidan Jogorku Kenesh tomonidan tasdiqlandi.

Shartnomaga binoan, Qirgʻizistondagi ijtimoiy infratuzilma loyihalarining bir qismi sifatida, mamlakatdagi tibbiy markazlarni asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda karantin boʻlgasini qurish va jihozlash loyihasi Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Oʻsh viloyatidagi Kara-Kulcha qishlogʻida va Issiqkoʻl viloyatidagi Tup nohiyasida joylashgan tibbiyot markazlarini jihozlash, shuningdek Qirgʻiziston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli milliy sil kasalligi markazi uchun ajratilgan grant miqdori 1 million 245,2 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Qirgʻiziston Respublikasidan Saudiya Arabistoniga goʻsht eksporti uchun Chuy viloyatida karantin boʻlgasini barpo etish uchun ajratilgan grant miqdori 960 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Qirgʻiziston respublikasi Salomatlik vazirligi qoshidagi yurak jarrohligi va organ transplantatsiyasi ilmiy tadqiqot institutini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun ajratilgan grant miqdori esa 1 million 440 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, yuqoridagi loyihalarni samarali tarzda amalga oshirish uchun grant bitimi doirasida 151,8 ming AQSH dollari miqdorida “maslahat” yordami taqdim etiladi.

Saudiya arabistonidagi boshqaruv tizimi kapitalizm asosiga qurilgani hech kimga sir emas. Shunday ekan, millionlagan dollarni qandaydir manfaat uchun berayotganligi aniq. Ammo habarda bu grantlar nima maqsadda ajratilgani yoritilmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.