Tramp: AQSH dunyo politsiyachisi boʻlib qololmaydi

1134
0

Tramp:AQSH dunyo politsiyachisi boʻlib qololmaydi

AQSH bundan keyin ham dunyo politsiyachisi maqomida qololmaydi, deb bayonot qildi Tramp Iroqqa uyushtirgan eʼlon qilinmagan tashrifi davomida.

“Qoʻshma Shtatlar jahon politsiyachisi boʻlib qololmaydi. Bu faqat bizga yuk boʻlayotgani, adolatdanmas”, – deya iqtibos keltirgan Oq uy jurnalisti Tramp nutqidan.

Tramp shuningdek, mudofaaga pul toʻlamaydigan boshqa mamlakatlar AQSH harbiylaridan oʻz himoyasi uchun foydalanishlarini Vashington xohlamasligini aytmoqda.

“Biz butun dunyo boʻylab tarqalganmiz. Biz hattoki aksariyat odamlar eshitmagan mamlakatlarda bormiz. Kulgili, chin soʻzim”, – deb qoʻshimcha qilgan Tramp.

Tramp bunga oʻxshash bayonotlarni avval ham qilgan. Aprel oyida Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxari bilan oʻtkazilgan qoʻshma matbuot-anjumanida Tramp AQSH oʻn yilliklar davomida dunyodagi tartibni saqlab turish uchun ulkan mablagʻlarni sarflaganini taʼkidlab, ammo endilikda bu ustuvor vazifa boʻlmasligini qayd etgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.