Tramp: Uyga qaytish vaqti keldi

620
0

Tramp: Uyga qaytish vaqti keldi

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH hukumati Suriyada asl maqsadiga erishganligini maʼlum qildi. Trampning taʼkidlashicha, endi AQSH askarlerining uyiga qaytish vaqti kelgan. 

“Askarlarimizning uyga qaytish vaqti keldi, prezidentligim davrida Suriyada turishimizning yagona sababi boʻlgan ISHIDni magʻlub etdik”, deya bayonot berdi AQSH prezidenti Tvitter ijtimoiy tarmogʻi orqali.

Tramp tvitter orqali bergan boshqa bir bayonotida “Biz uzoq vaqtdan buyon Suriyada jang olib boryapmiz. AQSH prezidenti boʻlganimga salkam 2 yil boʻldi. Biz albatta muvaffaqiyat qozondik va ISHIDni magʻlub qildik. ISHIDni xunuk suratda magʻlubiyatga uchratdik va bosib olgan yerlarni qaytarib oldik”, deya AQSH askarlarini vataniga qaytishini eʼlon qildi.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ham ushbu bayonotga parallel ravishda, “ISHID bilan kurashning yangi bosqichiga oʻtish bilan bir qatorda, AQSH qoʻshinlarini u yerdan olib chiqishga ham kirishdik”, deb bayonot berdi.

Oq uyning maʼlum qilishicha, Tramp-Erdogʻan uchrashuvining AQSH askarlarni Suriyadan olib chiqilishiga hech qanday aloqasi yoʻq.

Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari Mahmud Qor AQSH askarlarining Suriyani tark etishi haqida oʻz munosabatani bildirib shunday deydi:

AQSHning Suriyadan chiqayotgani aytilmoqda.

– Qoʻshma Shtatlar (YPG – Suriya demokratik kuchlari uchun) 5000 yuk mashinasida yuborgan qurollarni ham qaytarib olib ketadimi?

– AQSH yuk samolyotlari orqali YPG jangarilarini ham olib ketadimi?

– AQSH Suriyani tark etar ekan, Injirlikdan ham chiqib ketadimi?

Bu savollarni AQSH hukumatiga, Trampga beradigan jasur rahbar boʻlsa, ana oʻshanda AQSHning Suriyadan chiqib ketishi haqida gapirish mumkin.

AQSH 2011 yilda Iroqdan chiqib ketishini aytgan edi, chiqib ketdimi? Aytingchi, Iroqning qoʻgʻirchoq hukumatini bugun kim boshqaryapti?

Endi esa u Suriyadan chiqib ketishini aytmoqda. Suriyada kimni qoldiryapti? Qotil Asad va PKK-PYD-YPGdan iborat yollanma jangchilarini qoldiryapti.

AQSH Suriyadan chiqish qarorini eʼlon qilgan bir paytda, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli Asad bilan hamkorlik qilishi mumkinligini bildirdi. Tasodifga qarang!!!

AQSH Suriya boʻyicha oʻz siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqda. Qotil Asadni boshidan beri qoʻllab-quvvatlab keldi, hozir ham qoʻllab-quvvatlayapti, bundan soʻngra ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Turkiya-Eron-Rossiya Suriyada Amerika Qoʻshma Shtatlari ularga belgilab bergan rolni oʻynashmoqda. “Isroil” mintaqadagi kafil davlat Qoʻshma Shtatlar ekanligini yaxshi biladi, shuning uchun Asad boshqaruvi davom etishini istaydi. Saudiya ham Suriyada AQSHning dumini hech qoʻyib yubormadi.

Endi oʻylab koʻring, Amerika Suriyani tark etyaptimi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.