Qirgʻiz hukumati siyosiy firkriy yetakchilikka qarshi kurash boshladi

1641
0

Qirgʻiz hukumati siyosiy firkriy yetakchilikka qarshi kurash boshladi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Xitoy bosqinchiligiga qarshiman” nomli aksiyaning taʼsiridan, Qirgʻiz hukumati jamiyatda shakillanib borayotgan siyosiy firkriy yetakchilikka qarshi kurash boshladi

21 dekabrda “ELTR” telekanali orqali, Xitoyga qarshi shakllanib borayotgan fuqorolar qarshilik harakatlari oʻta xavfli ekani bayon qilindi. Bu haqidagi prezidentning yillik hisobotiga asoslangan holda, bir qator elita vakillari va siyosiy tahlilchi mutaxassislarning shaxsiy fikrlari tarqatildi. Teleproyektda jumladan sobiq prezident Roza Otunbayeva, sobiq spiker Erkebayev, sobiq bosh vazir Temir Sariyevlarning Xitoy bilan nozik muomila olib borish kerakligini taʼkidlagan bayonotlari oʻrin olgan.

Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jiyanbekov 2018 yilgi hisobotida, “Qirgʻiziston turmalarida 10 dan ziyod Xitoy fuqorolari oʻtiribdi, Xitoylar bu haqida jar solib baqirishayotgani yoʻq-ku! Xitoyda hibsga olingan Qirgʻizlar bizning fuqorolar emas, ular Xitoy qonuni bilan jazolanishadi.” degan maʼnoda gapirdi. U yana Xitoy bilan ehtiyot muomila olib borishimiz kerakligini aytib, shu yil Xitoydan kelayotgan investitsiya koʻlami 45% ga kamayganini aytib oʻtdi.

Hozir Qirgʻiziston respublikasi iqtisodiy tang ahvolda. Uning tashqi qarzining salmoqli qismi Xitoydan olingan. Bunga qoʻshimcha, hukumat bilan Xitoy oʻrtasida hali ishga kiritilmagan juda koʻp iqtisodiy va siyosiy bitimlar mavjud. Davlat mansabdorlari yana oʻta manfaatli yangi iqtisodiy loihalar, bitimlar imzolanish arafasida turishibdi. Jeenbekovning yangi komandasining ham, hozircha Xitoydan boshqa iqtisodiy najot manbai yoʻq. Xitoy ham, Qirgʻiziston soʻragan tarmoqning barchasiga surushtirmay qarz beradi yoki oʻzining kompaniyalarini olib kiradi.

Lekin shu yilning ikkinchi yarmidan boshlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqorolarning norozilik harakatlari kuchayib bormoqda. Oxirgi kunlarda jonli chiqishlar, mitinglar va piketlar bilan xalq norozilik harakatlari davom eta boshladi. Yetakchi guruh, prezident, hokimiyat, elita bosh boʻlib, “men Xitoy bosqinchiligiga qarshiman” aksiyasiga qarshi matbuot kurashi boshlamoqchi boʻlishyabdi. Chunki Xitoyga qarshi bu aksiyaning taʼsiri ostida shakllanib borayotgan fuqorolarning fikriy (nafrat) yoʻnalishi Xitoyga xiyonat qilish sifatida ularning shaxsiy manfaat va moddiy daromad manbaʼlariga kuchli taʼsir koʻrsata boshladi. Qirgʻiziston fuqorolari Xitoyning qarz berish yoki xususiy korxonalarini olib kirish bilan Qirgʻizistonni bosib olishni maqsad qilayotganini anglay boshladi. Fuqorolar orasida Xitoy bosqinchilariga qarshi ongli nafrat kuchayib borar ekan, Qirgʻiziston hukumati oʻzlarining qabih rejalarini, yaʼni Xitoy bosqinchilari uchun imkoniyatlar yaratib borayotgan loihalarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelaverishadi. Qirgʻiziston hukumati Xitoy bilan Qirgʻiz xalqi oʻrtasida qolib ketshi mumkin. Yaʼni, Xitoyning iqtisodiy mustamlaka qilish loihalari bilan, unga qarshi yoʻnaltirilgan, mustamlaka boʻlishga rozi boʻlmagan Qirgʻiz fuqorolarining manfaatlari oʻrtasida qolib, xalq nafratiga duchor boʻlishlari mumkin.

Shuning uchun Qirgʻizistondagi yetakchi guruh, oʻz xiyonatlarini “xalq manfaati” sifatida koʻrsatib, fuqorolarini shunga ishondira olishmas ekan, Xitoy bilan har qanday muomilasi keskin qarshilikka uchraydi. Chunki Xitoy dalvati Qirgʻiziston bilan har qanday iqtisodiy, insoniylik va boshqa aloqalarining barchasini faqat mustamlaka qilish yoki yer osti konlariga boy hududlarimizni va boshqa manfaatlarga boy tarmoqlarimizni tortib olishni maqsad qilishadi. Buni biz, Xitoyga qarzdor boʻlib, shu manfaatlarini unga oldirib qoʻygan dunyoning bir qator mamlakatlari misolida koʻrdik!

Bir qator diniy, milliy va jamoatchilik liderlari tomonidan “Xitoy muammolariga aralashmay, uni hokimiyatga qoʻyib beraylik. Bu nozik siyosiy muammo”, kabi maʼnolardagi gaplar aytilayapti. Lekin hozir mamlakat manfaatlarini hokimiyatga qoʻyib berish, xuddi qoʻyni boʻriga amonat topshirish bilan barobardir. Hokimiyat, yetakchi guruh, siyosiy elita vakillarida sogʻlom muhit mavjud emas! Xalq ularga ishonmaydi! Chunki shu kungi holatimiz, yaʼni Xitoydan qarz boʻlib, unga tobeʼ boʻlish arafasida turib qolganimiz, shuncha tabiiy boyliklarimizni kufr kompaniyalariga sotib yuborib, ulardan qaytara olmayotganimizning barchasi shu yetakchi guruhning kasofati sababli yuzaga kelmadimi! Xalq ularga taslim boʻlishi mumkin, lekin ishonmaydi!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.