Oʻzbekistonga Amerikadan navbatdagi “mehmonlar” keldi

843
0

Oʻzbekistonga Amerikadan navbatdagi “mehmonlar” keldi

 2018 yilning 10 dekabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Halilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 TIV xabariga koʻra, suhbatda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktor Liza Kyortis ham ishtirok etdi.

 Oʻzbekiston – Amerika kun tartibining keng qamrovli masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQShga qilgan tashrifi va prezident Donalьd Tramp bilan muzokaralari natijasida yangicha surʼat olgan ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

 Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishning istiqbollari muhokamasi chogʻida muammoni harbiy yoʻl bilan yechib boʻlmasligi yana bir bor tasdiqlandi. Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferentsiyasi va uning yakunida qabul qilingan Afgʻonistondagi tinchlik jarayonining asosiy tamoyillari borasidagi Deklaratsiyaning muhim ahamiyati qayd etildi.

 Hech bir afgʻon ushbu siyosiy jarayonidan chetda qolib ketmasligi kerak. Dunyo hamjamiyati butun afgʻon jamiyatining mamlakatdagi tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi umummilliy manfaatlar atrofida jipslashishiga koʻmaklashishi kerak, deyiladi xabarda.

 Prezident Muhammad Ashraf Gʻanining yaqinda Jenevada ilgari surgan “Afgʻoniston uchun tinchlik dasturi” qoʻllab-quvvatlandi.

 Uchrashuvda Afgʻonistonda yirik infratuzilma loyihalarini roʻyobga chiqarish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obʼektlarni bunyod etishning amaliy jihatlari ham koʻrib chiqildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.