Tramp Saudiyani AQSh qurollarini notoʻgʻri ishlatganlikda aybladi!

733
0

Tramp Saudiyani AQSh qurollarini notoʻgʻri ishlatganlikda aybladi!

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonini Yamanda AQSh qurollaridan notoʻgʻri foydalanganlikda aybladi. U Yamanda bolalarni olib ketayotgan avtobusga Arab koalitsiyasi tarafidan berilgan havo zarbasini “dahshatli hodisa”, deb sifatladi.

“Yamanda bolalarni olib ketayotgan avtobusga qilingan hujum dahshatli hodisadir. Bu meni bezovta qiladimi? Bu yetarli darajada kuchli taʼbir olish emas. Ular qurolni qanday ishlatishni bilmaydigan kimsalardir”, dedi Tramp “Axios” gazetasiga bergan intervьyusida.

Bu Yamanda AQSh qurolini suisteʼmol qilinishi haqida AQSh prezidenti tomonidan berilgan birinchi ayblovdir. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumlarida koʻp sonli tinch aholi vakillari oʻldirilganligi tufayli Saudiya Arabistoniga qurol sotilishiga qarshi yangragan ovozlarga qaramay, shu vaqtgacha bunday bayonot berilmagan edi.

 “Qoʻshma Shtatlar Saudiya Arabistoniga qurol savdosi toʻxtatishi mumkinmi?”, degan savolga prezident Tramp, “Biz Yamanda vaziyatni yaqindan kuzatib boramiz. Bu joy hozirda yer yuzida eng dahshatli joy boʻlib qoldi. Men Saudiya Arabistoni bilan gaplashaman. Qurollarimiz qurol ishlatishni bilmaydigan odamlar qoʻlida tushib qolishini istamayman”, deb javob berdi.

Arab koalitsiyasi oʻtgan avgust oyida Yaman shimolidagi Saada viloyatida bolalar avtobusiga hujum qilgan edi. Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining maʼlum qilishicha, mazkur hujumda aksariyati yosh bolalardan iborat 50 kishi halok boʻlgan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining matbuot kotibi polkovnik Turki al-Malikiy esa mazkur hujumni qonuniy harbiy harakat boʻlganligini hamda xalqaro insonparvarlik qonunlari va tamoyillariga muvofiq amalga oshirilganligini daʼvo qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.