Islomiy yurtlardagi ruvaybiza hokimlar hamda Shom ahlini bosqichma-bosqich aldash

149
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islomiy yurtlardagi ruvaybiza hokimlar hamda Shom ahlini bosqichma-bosqich aldash

Suriyadagi qonxo‘r rejim Shom qo‘zg‘oloni boshlangandayoq Suriyadagi hodisalar ortida Bandar ibn Sulton bilan Erdogan ikkalasi turganini ma’lum qilgan. Asad rejimi qo‘zg‘olonni mana shu ikki figura tarafga yo‘naltirishni ko‘zlagan edi. Chunki ular ham o‘zi kabi xo‘jayinlari Amerikaga bog‘langan. Shunday qilib, odamlar shu ikki figuraga yo‘naltirildilar hamda qarorlarini o‘g‘irlash, Halab va boshqa mintaqalarni topshirish, so‘ng qo‘zg‘olon frontlarni yopish va bunday xiyonatga qarshi chiqqan mujohidlarni qamoqqa tashlash kabi ikkala figura tomonidan bosqichma-bosqich qo‘yilgan tuzoqlarga ilindilar. Tuzoqqa tushirish uchun turk rejimi odamlarni qo‘llab-quvvatladi, «bag‘ri»ga olib, o‘zining nazorat nuqtalariga kiritdi… So‘ng hukumatlar, soliqlar, to‘lovlar va ovozlarini o‘chirish harakatlari bilan ularga tazyiq o‘tkazdi. Keyin Asad rejimi bilan yarashish uchun qo‘rqitish va tahdid qilish orqali ularga bosim qildi. Mana bugun Turkiya va Saudiya rejimlari qonxo‘r Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirishga harakat qilishayotganini bildirishdi. Aslida, o‘rtadagi munosabatlar uzilmagan edi. Garchi bu rejimlar o‘rtasida aloqa uzilgan qilib ko‘rsatilsa-da, lekin Suriya milliy xavfsizlik xizmati direktori Aliy Mamluk bir necha marta Turkiya bilan Saudiyaga safar qilgan. Lekin bu aloqalar, uchrashuvlar va yarashuvga bo‘lgan chaqiruvlarning hozirga kelib qilinayotganining sababi shundaki, bu bilan qo‘zg‘olonga va uni qo‘llab quvvatlovchi xalqqa endi hech qanday tayanch yo‘q, taslim bo‘lish va yarashuv yo‘liga yurishdan boshqa chora qolmadi, deya bosim o‘tkazilmoqda.

Ular bosqichma-bosqich harakat qilayotgan, qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlovchi xalqqa bosim o‘tkazayotgan hamda Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish rejalarini amalga oshirish uchun xuddi chumolining o‘rmalashi kabi sezdirmasdan harakat qilishayotgan siyosiy yechim mana shu. O‘n yildan beri o‘tkazgan konferensiya va muzokaralari qo‘zg‘olonni makr va aldov yo‘laklarida zoye ketishini ta’minlash uchun vaqtdan yutishga qaratilgan.

Bas, Shom ahli qo‘zg‘olonlarini qayta qo‘lga olib, qarorlarini qaytarib olishga, nopok niyatli qo‘llarni qirqib tashab, vaqt kech bo‘lmasidan avval Robbul olaminga suyanishga shoshmaydilarmi?!

Allohim, Shom ahli ishlarini O‘zing isloh qil.

Roya gazetasining 2023 yil 15 fevral chorshanba kungi 430-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.