Rossiya dollardan butunlay voz kechmoqchi

429
0

Rossiya dollardan butunlay voz kechmoqchi

 Rossiya hukumati iqtisodni dollardan xoli qilish rejasini tayyorlamoqda, deb yozmoqda “Kommersant” The Bell nashriga asosan.

 Manbaa xabariga koʻra, ushbu loyiha VTB banki rahbari Andrey Kostin rejasi asosida tayyorlanmoqda va u bir-ikki hafta ichida bosh vazir Dmitriy Medvedev tomonidan tasdiqlanishi kerak.

 Yangi loyiha dollar bilan bogʻliq operatsiyalar uchun hech qanday cheklov kiritishni nazarda tutmagan holda boshqa milliy valyutalar bilan hisob-kitob qilish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

 Loyiha muhokamasida VTB hamda boshqa yirik eksportchi banklar ishtirok etmoqda. Qayd etilishiga koʻra, Hukumatning asosiy maqsadi – biznes uchun hech qanday yoʻqotishsizlarsiz boshqa milliy valyutalarda hisob kitob qilish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

 Biroz oldin VTB rahbari Andrey Kostin iqtisodni dollardan xoli qilish rejasini taklif qilgan edi. Xususan u, eng yirik Rossiya xolding kompaniyalari aktivlarini Rossiya yurisdiktsiyasiga oʻtkazish hamda eksport-import operatsiyalarida milliy valyutalardan foydalanishni taklif qilgan edi. Ushbu gʻoya Rossiya Iqtisodiyot vaziri Maksim Oreshkin hamda moliya vaziri oʻrinbosari Aleksey Moiseyev tomonidan tasdiqlangan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.