Turkiya va Frantsiya AQShning iqtisodiy harakatlariga qarshi birgalikda hamkorlik qiladi

414
0

Turkiya va Frantsiya AQShning iqtisodiy harakatlariga qarshi birgalikda hamkorlik qiladi

Turkiya moliya vaziri Berat Olbayrak va uning frantsiyalik hamkasbi Bruno Le Meyr telefon orqali suhbatlashishdi hamda AQSh iqtisodiy sanktsiyalariga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

 Ikki davlat vakili joriy yilning 27 avgustida Parijda uchrashishga kelishib oldi.

 Trampning sanktsiyalari oqibatida Turkiya va AQSh oʻrtasida iqtisodiy boʻhron boshlandi. Trampning bunday yoʻl tutishiga sabab – Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va adliya vaziri Abdulhamid Gulning Turkiyada terrorchilik faoliyatida ayblanayotgan amerikalik pastor Bransonning ozod etmaganligida.

 Tramp Turkiyaning alyuminiy va poʻlat importiga 20 hamda 50% bojlar tarifini belgilab qoʻydi. Bunga javoban uch kun avval Turkiya AQShning bir qancha mahsulotlari (alkogolь, tamaki, avtomobil)ga savdo tarifini ikki baravarga oshirdi.

 AQSh birjasi soʻnggi 7 kun ichida tang ahvolga tushib qoldi va lira dollarga nisbatan 7%ni tashkil etdi.

 Bir qancha mamlakatlar: Germaniya, Xitoy, Eron, Italiya va Qatar Turkiya iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlamoqchi hamda NATO aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro muammolarga diplomatik yechim topishga kelishib olishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.