Aql – aqidaning asosi, shar’iy hukmlarni tushunish vositasidir

466
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Aql – aqidaning asosi, shar’iy hukmlarni tushunish vositasidir

Ammo u Allohning hukmlarini o’zgartiruvchi emas

 Islom aqlni o’z o’rnida ishlatishni farz qildi, uning ishlash o’rni aqidani tekshirish va shar’iy hukmlarni tushunishdir. Alloh Taolo yuzlab oyatlarda aqlni ishlatishga buyurgan, masalan: “Baqara” surasining 170-chi oyatida: “Qachon (mushriklarga): «Alloh nozil qilgan hukmlarga bo’ysuningiz», deyilsa, ular: «Yo’q, biz otalarimizni qanday yo’lda topgan bo’lsak, o’shanga ergashamiz», deyishadi. Agar otalari hech narsaga aqllari etmaydigan, to’g’ri yo’lni topolmaydigan bo’lsalar, ham-a?” yoki “Moida” surasining 5-chi oyatida: “Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va payg’ambarga kelinglar», deyilsa, ular:«Biz uchun ota-bobolarimizni nimani ustida topgan bo’lsak, o’sha etarli»,deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yo’lni topa olmaydigan bo’lsalar ham-a?!”.

“Zuxruf” surasining 22-24chi oyatlarida: “Balki ular: Albatta bizlar ota-bobolarimizni bir millat – din ustida topganmiz va albatta bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topguvchidirmiz dedilar. (Ey Muhammad), shuningdek Biz sizdan ilgari biron qishloq-shaharga biron ogoxlantirguvchi-payg’ambar yubormadik, magar (yuborganimizda) u joyning boyonlari: «Albatta bizlar ularning izlaridan ergashguvchidirmiz», deganlar. (Shunda payg’ambarlari ularga) «Agar men sizlarga sizlar ota-bobolaringizni (e’tiqod qilgan hollarida) topgan dindan to’g’riroq dinni keltirgan bo’lsam ham-a?» deganida, ular: «Albatta bizlar, sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofirdirmiz», dedilar”. (43:22-24)

Ushbu oyatlardan shariat talabi bo’yicha Islom aqidasini aqliy dalil asosida yoki asli aqlda asoslangan naql asosida qabul qilish farz. Alloh Taolo johiliyatdagilarni bir necha oyatlarda: “…otalari hech narsaga aqllari etmaydigan…” deb ularni qoralash bilan aql ishlatishni farz qilyapti…

Ammo shar’iy hukmlarga esa, mutlaq taslim bo’lishni, hatto ko’ngillarida xech qanday norozilik qolmasdan, to’la rozilik bilan qabul qilishni Alloh Taolo talab qilmoqda, aksincha kofir bo’ladi:

„Yo’q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to’la taslim bo’lmagunlaricha-bo’yinsunmagunlaricha zinhor mo’min bo’la olmaydilar“. [4:65]

Demoqratlar aksincha bo’lib, hayotlarining va kelajaglarining asosi bo’lgan aqida borasida aqllarini ishlatishmayapti. Ular aqidalarini qadimda Yevropa xalqlaridagi “din” nomidan o’z nufuzlarini mustahkamlagan zodagonlarning siyosiy va iqtisodiy zulmlaridan qutilish maqsadida, dindorlar bilan kelishishni ta’minlab beradigan “o’ylab topilgan” aqidani ko’r-ko’rona qabul qilishib, hayotlarini o’sha asosga qurmoqdalar. Xozirga kelib bu aqida naqadar jirkanch natijalarga olib kelganiga qaramasdan o’z nufuzi astidagi xalqlarga ham malaylari orqali har xil vositalar bilan singdirishga urinmoqdalar. Bizdagilar esa uni maymunlardek qabul qilishda, to’tilardek sayrashda tinim bilishmayapti. Aqllarini ozgina ishlatishsa bunday gapni gapirish o’zi juda sharmandali. Lekin ular aqllarini o’z o’rnida ishlatishmasdan, Alloh Taoloning ishiga aralish borasida bir biridan kim o’zar qilishmoqda. Chunki bandaga hukmni, nima qilishini, qachon qilishni yoki qanday qilishni Yaratguvchisi, ya’ni Alloh Taolo belgilab berishi kerak, banda esa uni tushinib, yaxshilab amalga oshishrishi kerak edi.

Ammo shar’iy hukmlarni buzish yoki uni o’rniga boshqasini to’g’ri deb bilish yoki kamini to’ldiraman deyish o’zida ilohlikni davo qilish, unga ergashganlar esa, uni Allohdan boshqa “iloh” qilish bo’ladi, Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy(s.a.v)ning oldilarga keldim – bo’ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

 اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَهًا وَاحِدًا لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Ular Allohni qo’yib o’zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik kilishga ma’mur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yo’q, faqat Uning O’zi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir. (9:31)

oyatni o’qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To’g’ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan. Mana shu ularni (ya’ni rohiblarini) Xudo qilib olishlaridir» deb aytganlar».

Bunday oyatlardan bexabar, ahmaqona aqidani hayotlariga asos qilib olgan demokratlar qo’shxotinlikka to’siqlar qo’yish maqsadida qonun chiqarish ilinchida yurgan johillarni tushinsa bo’ladi. Ular qonunlarini, hatto kanistitutsiyani ham o’zgartirishlari odatiy hol. Lekin Alloh Taoloning Kalomini tilovat qilib turib, ba’zi bir o’z mas’uliyatini bilmagan johil, foyda-ziyon asosida hayotini olib borayotgan fosiqlarni bahona qilib, 15-16 yoshdagi qizlarni nikohiga olib, tashlab ketishni shar’iy hukmlarni buzish uchun sabab qilish mumkinmi, shu qizni o’z nikohiga olgan “yigit” o’z ma’uliyatini tushunmaganligida va bundagi nuqson yoshligidagi ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilmaganida ekanini bilib turib, ularni ayibdor qilib, Allohning hukmlariga qarshi chiqayotgan olimlarimizni qanday tushunamiz?! Agar yoshlikdan “oila Alloh Taoloning buyuk ne’mati, uni arzimas narsalar bilan buzish, o’z mas’uliyatini xis qilmaslik nonko’rlik bo’ladi” deb tarbiyalamagan maktablarning va ota-onaning nuqsoni deb shariatni buzish to’g’rimi? Aqli kamoliga etib, oila qurishga tayyor ekanini belgilashni shariat qizning valisi zimmasiga yuklagan-ku.

Buning uchun dindagi har bir insonning: oila boshlig’ining, maktabning va nikoh bitimini tuzayotgan yigit va qizning vazifasini yaxshilab tushuntirish, hamda ta’lim-tarbiyani kelajak avlod uchun shar’iy asosda bo’lishini yo’lga qo’yish bilan amalga oshishini odamlarga tushushtirish kerak.

Mustamlakachi kofirlar Islomdan bizni to’sish maqsadida “bir jinslik nikoh” ya’ni erkak erkak bilan ayol ayol bilan oila qurishini joriy qilishini talab qilsa, ular bilan bir safta turib, unda ham shariatni buzishga kirishiladimi? 30-40 yoshdagi erkaklar ham 2-3 ta bola ortirib, oilalarini tashlab ketib qolishmoqda, ayoli ularni boqish uchun sarson-sargardon bo’lishmoqda deb nikohni umumun bekor qilib, erkak erkak bilan oila qurishini joiz qilish uchun, ya’ni jirkanch qonunni oqlash uchun Shariatni buzish yo’llari izlanadimi? Subhanalloh.

Ey, ustozlar! Ey, Payg’ambarimiz merosho’rlari!

Sizlarning vazifanglar dinni buzish emas, o’rgatish. Ummat o’z Islomini bilmasa dinni kofirlar xohshiga qarab ta’vil qilish, ularning kaltabin aqllariga moslashtirish og’ir jinoyat. Alloh Taoloning xuzirida hisobi qattiq bo’ladi. Alloh Taolo aytadi:

 أَفَمَنْ يَمْشِي مُكِبًّا عَلَى وَجْهِهِ أَهْدَى أَمَّنْ يَمْشِي سَوِيًّا عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

Axir yuz tuban (ya’ni oyog’ining ostidan o’zga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa Haq yo’lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida To’g’ri Yo’lda yuradigan kishimi?! [67:22]

I z o h . Ushbu oyati karima kofir bilan mo’min haqida keltirilgan ibratli bir masaldir. Uni shunday tushunmoq lozim: dinsiz-e’tiqodsiz kimsa biron ilohiy qo’llanmasiz, o’tgan kunini ham, kelajagini ham unutib, faqat bugunini qanday o’tkazish g’ami, bugunning muammolarini hal qilish bilan ovorayu-sarson bo’lib, ya’ni faqat oyog’ining tagiga qarab kun o’tkazadi. Demak uning erta bir kun yo’lidan chiqib qolishi aniq bo’lgan har qanday toshga-to’siqqa qoqilib, yuz tuban qulashi hech gap emas. Ammo iymon-e’tiqod egasi esa Yaratgan yuborgan Ilohiy Qo’llanma ko’rsatib qo’ygan To’g’ri Yo’lda, qaddini rost tutib, qiladigan har bir ish-amalida faqat hozirning huzurini ko’zlamasdan, balki Erta – Qiyomat Kunidagi hisob-kitob va ajr-mukofotni o’ylab boradi. Binobarin bugunning, ya’ni o’tkinchi dunyoning arzon matolari, uni o’zi tanlab olgan To’g’ri yo’lidan adashtira olmaydi. Alloh Taolo aytadi:

 قُلْ يَاأَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَى كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

Ayting (ey Muhammad): «Ey ahli kitoblar, bizga ham, sizga ham bab-barobar bo’lgan bir so’zga kelingiz — yolg’iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birovlarimizni Allohdan o’zga xudo qilib olmaylik». Agar ular ushbu da’vatdan yuz o’girsalar, unda sizlar (ey mo’minlar): «Guvoh bo’linglar, biz musulmonlar — yagona Allohga itoat qilguvchilarmiz», deb aytingiz!

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.