Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqladi

1034
0

Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqladi

Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasida jinoyatchilarni oʻz mamlakatiga qaytarish haqida imzolangan shartnomani tasdiqladi. Mazkur bitim Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdogʻanning 30 aprel kuni Toshkentga tashrifi chogʻida imzolangan edi. Bitimga koʻra, oʻz yurtlarida zulm va tazyiqlarga uchrab, qochqinga aylangan va Turkiyadan boshpana topgan shaxslar oʻz yurtiga ekstraditsiya qilinadi.

Ikki davlat rasmiylari tarafidan imzolangan bitim loyihasi dastlab Oʻzbekiston Senati tarafidan maʼqullandi. Senatning bayonotida aytilishicha, ushbu bitim jinoyatchilarning qilmishlariga yarasha jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun qonuniy asos boʻlib xizmat qiladi va ikki mamlakat oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda yanada samarali hamkorlik olib borish uchun imkoniyat yaratadi.

Shartnoma Erdoganning tashrifi chogʻida Oʻzbekiston bosh prokuraturasi va Turkiya adliya vazirligi darajasida imzolangan edi. Ammo Oʻzbek hukumatining nazarida “jinoyatchi” deb topilgan Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz vataniga ekstraditsiya qilish holatlari Erdogʻannning Toshkentga tashrifidan avval ham bir necha bor kuzatilgan. Oʻtgan yili inson huquqlari tashkilotlarining urinishlariga qaramay, majburan samalyotga chiqarilgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi shular jumlasidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.