Atambayev kalta yubka kiygan qizlarni himoya qildi

939
0

Atambayev kalta yubka kiygan qizlarni himoya qilayotib, islomiy kiyinishni va islomiy hayot kechirishni xohlovchi Qirgʻiz fuqorolariga mamlakatni tark etishni taklif qildi.

Qirgʻiziston Prezidenti A. Atambayev, Choʻlpon Otada jurnalistlarga bergan matbuot anjumanida bunday dedi: – “Bizdin ayaldar sovet doorunda ele kыska yubka kiyishken. Dindin maksatы — bul tыnchtыk. Maga demekten chokoyuңardы bashыңarga kiyip algыla. Birok, ech kimdi jardыrbagыla.

Biz bыltыr terrorduk toptor bar ekenin bildik. Birok, alar tuuraluu kenen maalыmat toptoo үchүn daroo karmagan jokpuz. Alar chakan avtobustun ichine jarыluuchu zattardы salыp, Orozo aytta kishilerdi jardыruunu kaalashkan, bul din emes”

Oʻzbekiston Prezidenti I. Karimovning shu singari soʻzlaridan keyin, maxsus xizmat xodimlari bir begunoh ayolni narkotika mahsuloti bilan mast qilishib, qora hijob kiyintirishib, jamoʼatchilik savdo markazi oldida portlatib yuborishgan edi. Soʻng butun Oʻzbek xavfsizlik tizimlarini hijob va oq doʻppiga qarshi kurashishga majburlay boshlagan. Atambayev ham Karimovdan oʻrnak olishga harakat qilayapti.

Lekin Atambayevning harakatlari va soʻzlari beoʻxshov va qoʻpol chiqib, oʻz xalqining nafrati va ishonchsizligini yanada oshib borishiga sabab boʻlayapti. Buni koʻrib turgan atrofidagi maslahatchilari ham oʻzidan kuchli davlat arboblari emas. Ularning biri shafyori, boshqasi tansoqchisi… U shunga oʻxshash yetakchi guruh qurshovida qoldi. Prezident tashqi quvvatlarning rasmiyatchilik uchun gapirgan gaplariga ishonib olib, juda koʻp hato qilayapti. Masalan, biz sizni tashlab qoʻymaymiz, yordam beramiz, islomiylashishni oldini olish uchun mana bu va bu yoʻnalishda harakatlarni kuchaytiring, oʻzingiz keyingi mavsumda ham Prezident boʻlib qoling va hokazo. Karimov yoki Putin bu soʻzlarni Akayevga ham, Bakiyevga ham aytgan.

Atambayev oʻzining mantiqsiz qaysar va oʻrinsiz jizgʻanak feli bilan goʻyoki boshini devolga uryapti. U yarim yalangʻoch ayollar tarafini olib, millionlagan musulmon ayollarini ochiq tahqirlayapti. Ularni ochiqchasiga qoʻporuvchilar deb, jamiyatimizdan haydash kerak degandek muomila qilyapti. Bu kabi, oʻz fuqorolarini tahqirlovchi bemani va maqsadsiz bayonotni kufr davlatlarining yetakchilari ham bu shaklda ayta olishmaydi. Chunki ular Prezidentlikni xalqning vaqtinchalik ishonchi deb bilishadi. Mamlakat mening mulkim va men uni xohlaganimcha tasarruf eta olaman deyishdan qoʻrqishadi.

Bu qaysarlik faqat shaxsiy adovatdan kelib chiqqan boʻlib, faqat mamlakatga emas, balki oʻzining partiyasi uchun ham juda katta ziyon olib keladi. Qisqa yubka kiygan ayollar jamiyatimizning eng quyi tabaqasi vakillari hisoblanishlaridan tashqari, ular oʻta ozchilikni tashkil qiladi. Baʼzi johil va daʼyuc otalarni hisobga olmaganimizda, yarim yalangʻoch va kalta yubka kiygan qizlarning ota-onalari ham bu kiyimni qoʻllab quvvatlashmaydi.

Prezident, “ Hijob kiyib olib odamlarni portlangandan koʻra, kalta yubkada yurishgani maʼqul” dedi. Vaholanki shu kungacha mamlakatimizda biror marotaba, birorta hijobli ayol bu ishga qoʻl urgan emas. Bundan keyin ham muslima ayollar bu ishni oʻz ixtiyorlari bilan qilishmaydi.

Lekin Prezident apparati ichidagi poraxoʻrlar qoʻlga olinishmayapti, militsiya va xavfsizlik xizmati ichidan chiqayotgan qotillar va odam oʻgʻirlash ishlarichi, faktlar bilan yuzlagan, minglagan jinoyatlariga guvoh boʻlib turibmizku. Nega bu jirkanch jinoyatchilar toifasini yurtimizdan haydashimiz kerak demayapmiz?! Erini, farzandlarini oʻldirib, abort qildirib yuborayotgan kalta yubkali ayollarni koʻrmayapmizmi?! Bishkekda fohishaxonalar va koʻchadagi fohishalarga qarshi reydlar uyushtirildi. Ularning kiyimlari qanday ekanini Prezident nahot koʻrmagan boʻlsa?! “Menga desa paypogʻinglarni boshinglarga kiyib olinglar” dedi Prezident. Demak koʻrgan. Nahotki Prezidentimiz oʻshalarni qoʻllayatgan boʻlsa?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.