Xitoy qamoqxonasidagi muslimalarning ahvoli

917
0

Xitoy qamoqxonasidagi muslimalarning ahvoli

Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonlik musulmon uygʻur erkaklarni turli bahonalar bilan qamoq olib, ogʻir qiynoqlar ostida oʻldirib yubormoqda. Son-sanoqsiz odamlarning qayoqqa gʻoib boʻlganligi haqidagi savollarga hali-hanuz javob yoʻq. Dinsiz kommunistlarning bu vahshiyona zulmlaridan hatto muslima uygʻur ayollar ham omon qolmayapti.

Telefoniga Vatsap dasturini oʻrnatganligi uchun yarim tunda Xitoy politsiyasi tomonidan hibsga olinib, uzoq vaqt Urumchidagi qamoqxonada azob chekkan muslima ayol Xitoy hukumatining zindonlaridagi muslimalarning qanday vaxshiyona qiynoqqa solinayotgani va oʻldirib yuborilayotgani haqida gapirib berdi.

Oʻz ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Xitoy qamoqxolaridagi muslimalarni ahvoli haqida gapirib bergan taxminan 30 yoshlardagi muslima ayolning bildirishicha, haddan tashqari qiynoqqa duchor qilingan muslimalarning baʼzilari azoblarga chiday olmay hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, baʼzilari jinni boʻlib qolgan.

Uning soʻzlariga koʻra, muslima ayollar har kuni sport bahonasida jamoiy yugurishga olib chiqiladi. Keksa ayollar ogʻir va tez harakatga toqati yetmay yiqilib qolsa, oyoqlariga oʻq uzib mayib-majruh qilinadi. Qishning eng sovuq kunlarida ham muslima mahbuslarning muzdek suv bilan qiynoqqa solishlar tinmagan. Sochini taraganligi uchun sochlari yulib tashlangan yoki qirib olib tashlangan muslimalar talaygina. Har kun juda koʻp mahbuslar qiynoqlardan jon beradi va ularning jasadlari tezda bartaraf qilinadi.

Shuningdek, Uygʻur muslimaning qayd etishicha, qiynoqlarga chidamay yigʻlash yoki boshqalarning qiynalganiga rahmi kelib yigʻlash ham jinoyat hisoblanadi. Uning oʻziga ham, yigʻlaganligi uchun 6 kilogramm ogʻirlikdagi temir kiyim kiydirilib, soatlab burchakka turgʻizib qoʻyilgan.

Qamoqqa olingan besh mahbusdan omadi bor bittasi tirik qolishini bildirgan mazlumaning taʼkidlashicha, u qamoqqa olingan tunda 300 muslima ayol ham qamoqqa olingan. Hozircha ular orasidan birgina oʻzi qamoqdan tirik chiqqan. Qolganlarining taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.

Turkiston: 

Xitoyning dahriy va mushrik hokimiyati shunchalar qoʻrqoqki, u qariya ayollarni ham faqat namoz oʻqigani uchun qamab qoʻymoqda! Xitoy Islom yoki Musulmonlardan xavfsirayotgani yoʻq, u musulmonlarga koʻrsatayotgan zulumidan qoʻrqib, toboro zulmni kuchaytirib boryapti. Yaʼni Xitoy hukumatidan ozor chekib borayotgan ummatning nafrati kuchayib borayotgani sari, zolimlarning hadiksirashi ortib, rejimni yanada kuchaytirib borishyapti. Ular goʻyoki oʻz zulmlarin  kuchaytirish bilan oʻzlariga kelishi mumkin boʻlgan zulmni oldini olmoqchi boʻlishmoqda. Lekin aksi boʻlib, bularning zulmlari ham, Suriya, Falastin, Avgʻoniston… davlatlaridagi repressiyaga qoʻshimcha ravishda, kufrga qarshi olamiy islomiy nafratning kuchayib borishiga sabab boʻlib boryapti.

Xitoy Islom yoki Musulmonlardan hadiksiramadi. Avvalida u xalqaro siyosatning AQSh tomonidan oʻziga qarshi boshlangan matbuot urushidan vahimaga tushib, AQShning Musulmonlarni Xitoy dahriylariga qarshi yoʻnaltirib yuborishi mumkinligidan qattiq qoʻrqib ketdi. Buning oldini olish uchun avval islomiy va milliy liderlarni jamiyatdan chetlatish maqsadida taʼqib qila boshladi. Natijada kufr xizmatidagi ilmoniy muxolif qatlam mamlakatni tark etib, xalqaro siyosiy quvvatlar yordamida ularning aksariyati Turkiyadan boshpana topishdi. Soʻng Islom va Musulmonlarga yetakchi boʻlishi mumkin boʻlgan har bir shaxs qamoqqa olina boshlandi. Ular tugab-bitganidan keyin, islomiy qadriyatlarni birortasini (masalan namoz, roʻza) qadrlagan yoki unga amal qilgan Musulmonlarni sudning hukmisiz atayin lagerlarga qamay boshladi.

Savol tugʻiladi – bu Musulmonlar Sharqiy Turkistonda avval ham bor edilarku? Nega endi Xitoy ularga bu qadar zulm koʻrsata boshladi?

Javob: Ha, Islom ham, Musulmonlar ham, avvalroq Sharqiy Turkistonda bor edi, hatto Islom hukmlari ham bor edi. Keyin mintaqadan Islom hukumlari ketdi! Musulmonlar kufr hukmlari bilan yashay boshlashdi. Ular bunga koʻnikib borishdi, negaki kufr avvalida Islom va musulmonlar ibodatlariga keng yoʻl ochib, hatto ularni eʼtiqodiy erkinliklarini muhofaza qilib berishar edi. Bunga aldangan musulmonlar kufr bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib boraverishdi. Keyin Xitoy fuqorolari Sharqiy Turkistonga birin ketin oddiy ishchi boʻlib, xor ahvolda kirib kela boshladi. Xitoy hukumati temir yoʻl qurib berish bilan strotegik ahamiyatga ega muhitlarni qoʻliga ola boshladi. Musulmonlar qashshoq ekanliklaridan Xitoyning har bir sadaqasidan umidvor boʻlib hatto ibodatlardan chalgʻiy boshladi. Islomiy ulamolar Xitoy hukumati bilan birgalikda islomiy jamoalarga qarshi harakat olib borishar edi. Natijada islomiy jamoa va yetakchi musulmon shaxslar chet mamlakatlarga qochib chiqib ketishga majbur boʻlishdi. Islomiy muhit kufr hamkorlari boʻlgan xoin ulamolar taʼsiri ostida qoldi! Xitoy komunist hukumati asta sekin, shoshmay oʻz harakatini rivojlantirib boraverdi. U xuddi, hozirda Mirziyayev olib borayotgani singari, saroy ulamolari uchun ibodatlarga yoʻl ochib berish va Qorilar tayorlash imkoniyatlarini keng yaratib berish kabi ishlari bilan, goʻyoki ularning taʼsirlari orqali jamiyatda qalbaki islomiy koʻrinish paydo qilib borar edi. Keyin bu jarayon tugab, kufr oʻz taktikasining navbatdagi bosqichiga oʻtar ekan, Musulmonlar nomidan bir necha qoʻporuv amaliyotlari va ommaviy qirgʻinlar uyushtirdi. Shu bilan Islom va islomiy ibodat marosimlariga bir boshidan eshiklarni yopa boshladi! Oxir oqibat xoin imomlar oʻzlarining haqiqiy basharalarini ochib, zolimlarga ochiq xizmat koʻrsata boshlashdi. Ular Allohning Qurondagi oyatiga ishonishmagan edi.

Oxir oqibat, bunga kelib, yuqoridagi opa singil va onalarimizni xor holda tashlab qoʻyib, boshimiz qotib oʻtirib qoldik! Baʼzi Musulmonlar yana kufr olamiy tashkilotlaridan yordam soʻrashda davom etishyapti. Axir oʻshalar bizni shu koʻyga solishdiku!

Kufr olami, Islom va Musulmonlar koʻtarayotgan Mabdaiy Islomga qarshi hammasi bir tomonda, bir maqsad bilan harakatlanishadi! Ular islomiy Mabda xavfini sezishsa, bir maqsad ostida hamkorlikda harakatga kelib qolishadi. Demak boshimizga tushgan barcha muammolarning yechimi bor! Olamiy kufr sistemasiga qarshi islomiy Mabda asosida birlashaylik! Ular shu birlashib borishimizdangina qoʻrqishadi! Bu qoʻrquv xalqaro kufr sistemasini Xitoyga avvalgidek yana bosim oʻtkazishga majbur qiladi!

Mabdaiy birlashishimiz esa, Musulmonlarning oʻz quvvatiga boʻlgan ishonchlarini orttirib, muammolarga boʻlgan yechimlarni faqat islomiy tariqatdan yaʼni nususlardan izlaydigan yagona quvvatga aylantiradi. Bu mabdaiy quvvat bizni Xitoydagi muslimalarga yordam berishimizning shu kundagi yagona yechimidir va bu islomiy yurt armiyalariga va shu armiya rahbarlari boʻlgan hokimiyatlarga bosim berishga undaydi! Mabdaiy quvvat bizning bir boʻlagimizga aylanib, bizni armiyalarni Xitoyga safarbar qilishni talab qilib olib chiqa oladigan quvvatga ega boʻlganida, kufr deyarli magʻlub boʻlgan boʻladi insha Alloh! Chunki Mabda bizdan Islomni hayotimizga Xalifalik davlati orqalik olib kelishni talab qiladi. Xalifalik esa, nafaqat Islom ummati balki insoniyat ustidan, mazlum va mazlumalar haqqini himoya qilishdan masul boʻlgan tariyqat hisoblanadi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.