Jon Bolton Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazadi

652
0

Jon Bolton Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazadi

 AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton chorshanba kuni Moskvada Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazadi.

 AQSh milliy xavfsizligi kengashi ushbu tashrif haqida maʼlum qilar ekan, Bolton rossiyalik hamkorlar bilan AQSh va Rossiya prezidentlari – Donalьd Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi “boʻlishi kutilayotgan uchrashuv”ni muhokama qilajagini aytdi.

 Iyun oyining oʻrtalarida, Tramp oʻz intervьyularining birida yaqin vaqtda Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytgan, Moskva va Vashington oʻrtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish boʻyicha aloqalar sezilarli faollashuv qayd etilgan edi. Shundan soʻng Times nashri AQSh maʼmuriyatidagi mansabdorlar ikki yetakchi uchrashuvi iyulь oyida, NATO sammitidan oldin yoki undan keyin boʻlib oʻtishini moʻljallashayotgani haqida xabar qilgan edi.

 Moskvada hozircha oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini tasdiqlashgani va inkor etishgani ham yoʻq. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda Bolton chorshanba kuni Kremlda qabul qilinadimi degan savolga ochiq javob bermadi, agar Putin u bilan uchrashsa “biz sizlarga xabar beramiz”,- deyish bilan kifoyalandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.