BMT: Tramp davrida amerikaliklarning iqtisodiy ahvoli yomonlashib bormoqda

467
0

BMT: Tramp davrida amerikaliklarning iqtisodiy ahvoli yomonlashib bormoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Amerika Qoʻshma Shtatlarining iqtisodiy ahvoli boʻyicha yangi hisobot eʼlon qildi. Hisobotda qayd etilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning davrida Amerika fuqarolarining iqtisodiy ahvoli ogʻirlashib, tobora kambagʻal boʻlib borayotgani kuzatilmoqda.

BMTning hisobotida, amerikaliklar orasida daromad taqsimotining adolatsizligi ularning kundan kunga kambagʻallashib borayotganiga sabab qilib koʻrsatiladi. Shuningdek hisobotda AQSh “imkoniyatlar oʻlkasi” sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa-da, ammo daromadlar tengsizligi borasida birinchi oʻrinda turishi qayd etiladi.

AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli “BMTning Amerikadagi qashshoqlikni tekshirish qobiliyati juda kulgili”, deya BMTning hisobotiga oʻz eʼtirozini bildirdi. Haleyga koʻra, hisobot Qoʻshma Shtatlarning BMTning inson huquqlari boʻyicha kengashidan chiqib ketishi bilan bogʻliqdir.

Nikki Haley seshanba kuni Qoʻshma Shtatlarining Inson huquqlari boʻyicha kengashidan chiqqanligini eʼlon qilgan edi. Haley Kengashni “ikki yuzlamachi va oʻzini oʻylaydigan tashkilot” deya ayblar ekan, AQSh maʼmuriyati mazkur kengashning (Isroil)ga qarshi bergan bayonotlari sababli bezovta boʻlganini ham aytib oʻtgan edi.

AQShning iqtisodiy ahvoliga oid BMT hisoboti Trampning muxolifatchilari uchun imkoniyat yaratganligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.