AQSh BMT Inson huquqlari kengashidan chiqmoqda

576
0

AQSh BMT Inson huquqlari kengashidan chiqmoqda

 Amerika Qoʻshma Shtatlari BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi tarkibidan chiqishini maʼlum qildi. AQShning BMT huzuridagi vakili Nikki Xeyli Kengashni “faqat oʻz manfaatlarini koʻzlaydigan va inson huquqlarini mazax qiluvchi ikkiyuzlamachi tashkilot” deb atadi. Bu haqda BBC Rus xizmati xabar qildi.

 Oʻtgan yili u Vashington mazkur tashkilot tarkibidan chiqish haqidagi masala koʻrib chiqilayotganini maʼlum qilgan edi.

 Qarorgohi Jenevada joylashgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 2006 yilda tashkil topgan boʻlib, uning tarkibiga inson huquqlari sohasida shubhali obroʻga ega davlatlar kirgani sababli tanqid qilib kelinadi.

 “Xitoy, Kuba, Kongo va Venesuela kabi aʼzolar bilan Kengash inson huquqlari boʻyicha oʻz nomiga ega emas”,- deya iqtibos keltiriladi AQShning BMT huzuridagi missiyasi Tvitter-sahifasida.

 BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn mazkur bayonotdan xafa ekani, biroq ajablanmaganini maʼlum qildi.

 AQSh qarori noqonuniy migrant oilalarining boʻlinishi siyosati boʻyicha Oq u tanqidlar ostida qolgan manzarada qabul qilindi. Zayd Raad al-Husayn mazkur siyosatni gʻazablantiruvchi deb atadi.

 Qarorgohi Nьyu-Yorkda joylashgan Human Rights Watch tashkiloti AQSh qarorini muhokama qilib, prezident Tramp siyosatini biryoqlama deb atadi.

 Nikki Xeyli davlat kotibi Mayk Pompeo bilan qoʻshma matbuot anjumanida AQSh inson huquqlarini himoya qilishda davom etishini qoʻshib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.