Putin aksilsanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

669
0

Putin aksilsanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin “AQSh va boshqa xorijiy davlatlarning nodoʻstona harakatlariga taʼsir oʻtkazish choralari toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida eʼlon qilindi.

 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

 Hujjat AQSh va boshqa mamlakatlarning nodoʻstona harakatlariga javoban qarshi sanktsiyalarni joriy etish imkonini beradi. Choralar davlatlar, ularning yurisdiktsiyasi ostida boʻlgan tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

 Loyihaning mualliflari Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin va fraktsiyalar rahbarlari boʻldi. Shu bilan birga, hujjat parlament quyi palatasida koʻrib chiqilganda, uning mazmuni sezilarli darajada oʻzgardi.

 Dastlabki tahrirda hukumatga 16ta javob chorasiga huquq berilgan. Ikkinchi oʻqishga kelib ular oltita qolgan.

 Qonun loyihasi “oʻzgaruvchan vaziyatga tezkorlik bilan munosabatda boʻlish uchun prezident qaroriga muvofiq” boshqa cheklovlarni kiritishga imkon beradi.

Turkiston: 

Putin Gʻarb olamiga qarshi faqat matbuot urushi olib bora oladi xolos. Chunki Putinning kasofati bilan Rossiya davlati investitsiyaga muhtoj, agrar davlatga aylandi. U borgan sari jahon bozori va ulkan xom ashyo bazasiga aylanib boryapti. Bunday muhit olamiy mustamlakachi davlatlarni qiziqtirmay qoʻymaydi. Shuning uchun Putin Peterburgda oʻtkazgan iqtisodiy forumda, Yaponiya, Xitoy singari davlatlarni Rossiyaga investitsiya yotqizishga obdon qiziqtirishga harakat qildi.

Yaponiyaning Rossiyaga qiziqishi, aslida AQShning manfaatlariga zid kelmaydi. Chunki Yaponiya AQShning taʼsiri ostidagi mamlakat boʻlib, undagi yirik karporatsiyalarning koʻpi AQShga toьedir. Qirgʻizistonda “Qumtor” oltin konini egallab olgan Kanadaning “Centerra gold” kompaniyasi, shuningdek Oʻzbekistonga kirib olgan “Dayevo” avtomabil kompaniyalari AQShning qoʻl ostida yoki taʼsiri ostida ekanligi, bu holatni tushunishimizga yordam bera oladi.

Yuqoridagi Putinning bayonotiga kelsak, u oʻzini Gʻarb olami bilan olishayotgan raqib sifatida koʻrsatishga urinyapti. Aslida u Yaponiya singari davlatlar uchun Rossiyaga investitsiya olib kirish muhitini paydo qilib boryapti. Yaponiya AQShning taʼsiri ostida ekanligi sababli, Rossiyani talon taroj qilish imkoniyatidan YeI davlatlarini chetda qoldirmoqchi ekanini eʼlon qilyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.