Putin Makronga: Hech narsadan qoʻrqmang, biz sizga yordam beramiz

729
0

Putin Makronga: Hech narsadan qoʻrqmang, biz sizga yordam beramiz

 Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumida tashkil qilingan majlisda Moskva Yevropani himoya qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Putinning taʼkidlashicha, Rossiya butun olamda yangi tahdidlar paydo boʻlishining oldini olish uchun bor kuchini sarflaydi. Shuningdek u frantsuz hamkasbi Emmanuel Makronning soʻzlariga javoban, Yevropada xavfsizlikni taʼminlash va bu sohada uning Vashingtonga boʻlgan qaramlikdan qutilishi uchun unga yordam koʻrsatishga vaʼda berdi.

 “Emmanuel, Yevropa va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida ikki tomonlama majburiyatlar mavjudligini va xavfsizlik sohasida Yevropa AQShga qaramligini aytdi. Bu xususda hech narsadan qoʻrqmang, biz sizga yordam beramiz. Xavfsizlikni biz taʼminlaymiz. Hech qanday yangi tahdidlar yuzaga kelmasligi uchun bor kuchimizni sarflaymiz”, dedi putin.

Rossiya prezidenti bu gaplarini Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, Xitoy Bosh vazirining oʻrinbosari Xanь Chjen va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining direktori Kristin Lagard ishtirok etgan majlisda, “Evropa oʻzining xavfsizligi borasida Amerika Qoʻshma Shtatlariga suyanadi”, degan frantsuz hamkasbiga oʻgirilib aytdi.

Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, Amerika Qoʻshma Shtatlari Yevropaning turli mamlakatlarida oʻz qoʻshinlarini joylashtirgan boʻlib, Germaniya bu qoʻshinlardan eng katta qismini oʻz ichiga olgan. Kuzatuvchilar bunga Vashington tomonidan Yevropa davlatlariga bosim oʻtkazish omili sifatida qaraydilar. AQSh Yevropa uchun “rus tahdidi”ga qarshi kurash bahonasida YeIda harbiy jihatdan kengayib, oʻzining mavjudligini mustahkamlash uchun koʻproq harbiy qurilmalar oʻrnatishga harakat qilib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.