Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati qulatilgan kun xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni uyushtirmoqda

484
0

Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati qulatilgan kun xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni uyushtirmoqda

Hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni Islom davlati qulatilib, Islomiy boshqaruv nizomi (Xalifalik) bekor qilingan edi. Ayni shu alamli kun xotirasi munosabati bilan hijriy 1440, milodiy 2019 yil rajab oyida Hizb ut-Tahrir oʻzi faoliyat olib borayotgan barcha davlatlarda ommaviy tadbirlar uyushtirib kelmoqda. Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi oʻzining elektron saytlari orqali – Allohning izni ila – ayni tadbirlarni yoritib borar ekan, Alloh Subhanahu va Taolodan Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etilishini tezlashtirishni soʻraydi. Zero, bu Allohga hargiz mushkul emas. Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir”      [Nur 55]

Roya gazetasining 2019 yil 13 mart chorshanba kungi 225-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.