Oʻzbekiston bosh prokuraturasi va FTB oʻrtasida “yoʻl xaritasi” imzolandi

989
0

Oʻzbekiston bosh prokuraturasi va FTB oʻrtasida “yoʻl xaritasi” imzolandi

  Oʻzbekiston bosh prokuraturasi va FTB oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati. Anglashuv memorandumi 2017 yilning dekabrida Vashingtonda imzolanganligi qoʻshimcha qilingan.

 Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining AQShga tashrifi doirasida Bosh prokuror Otabek Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar oʻtkazilgan.

“AQSh Ichki xavfsizlik departamenti maxfiy xizmati maʼsul xodimlari bilan uchrashuvda oʻsib borayotgan tahdid va mazkur turdagi jinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda valyutaga oid jinoyatlar, qalbaki pul belgilari va boshqa toʻlov vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi”,- deyiladi xabarda.

Xususan, Adliya departamentida AQSh Bosh prokurori yordamchisi B.Shvarts bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash va tergov borasida oʻzaro yordam koʻrsatish sohasida xamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Departament vakillariga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-xuquq islohotlari, 5 yillik rivojlanish strategiyasi, nisbatan qisqa davr ichida erishilgan jiddiy yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Amerika tarafi tomonidan yangilanishlarga ijobiy baho berilib, AQSh Adliya departamenti va Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi oldiga qoʻyilgan umumiy vazifalarni inobatga olgan holda oʻzaro xamkorlikni mustahkamlash zarurati va bunga qatʼiy tayyorgarlik ifoda etilgan.

 Shuningdek, Adliya departamentining OPDAT va ICITAP dasturlari doirasida jinoiy taʼqib va kadrlarni oʻqitish sohasida salohiyatni oshirish yuzasidan koʻmak koʻrsatishga oid oʻzaro xamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.