O’zbekiston va Qirg’iziston chegara xizmati boshliqlari uchrashishdi

448
0

C1D55A9D-B240-4563-AA3C-F8339CAD57AA_r0_w300_s

OAVlari tarqatgan xabarga ko’ra, Qirg’iziston davlat chegara xizmati raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi polkovnik Rayimberdi Duyshenbiev O’zbekiston MXX davlat chegara qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Rustam Eminjonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qirg’iz-o’zbek davlat chegaralarini qo’riqlash bo’yicha 2013 yilgi hamkorlikdagi faoliyatning natijalarini ko’rib chiqishdi, bir qator muhum muammolarni muxokama qilishdi hamda 2014 yilda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini belgilab olishdi, deyiladi xabarda.

Turkiston: Mustamlakachi davlatlar o’zlarining “bo’lib tashla va hukumronlik qil” degan qoidalariga asoslanib, Xalifalik davlatini qulatgandan so’ng Islom o’lkalarini mayda davlatlarga parchalab, o’rtalariga sun’iy chegaralarni tortishdi. O’zlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday buzg’unchi ishlar oson kechishligi uchun musulmonlar zehnini millatchilik va vatanparvarlik kabi sayoz va tuban fikrlar bilan bulg’ashga muvaffaq bo’lishdi.

Bugungi kunda ham islomiy o’lkalarni yanada parchalashlikka harakat qilishmoqda. Sudan davlatini ikkiga bo’lib, shimoliy va janubiy hududlarga ajratib tashlashdi. Iroqni shimoli, Eronni g’arbi va Turkiyani sharqida joylashgan kurd millatiga mansub musulmonlarni “mustaqil davlat barpo qilishlik” to’g’risidagi o’zining jirkanch rejasiga o’ynatib, bu davlatlarni ham yanada bo’lishlikka harakat qilmoqdalar. Chunki musulmonlar qanchalik bo’linsalar va har bir millat o’ziga “mustaqil” bo’lsa, ularni boshqarish, o’z izmida ushlab turush bu mustamlakachi davlatlarga shunchalik oson bo’ladi.

O’rta Osiyodagi tili bir, dini bir, urf-odatlari bir bo’lgan musulmonlarni ham besh “mustaqil” respublikalarga bo’lib tashlab, oralariga sun’iy chegara tortishdi va shu bilan kifoyalanib qolmay bu sun’iy to’siqlarni yanada mustaxkamlash uchun malay hokimlarni moddiy va ma’naviy tomondan qo’llab-quvvatlab turishibdi.

Buning natijasida esa asrlar mobaynida qovmu qarindosh va quda-anda bo’lib kelgan ikki xalq vakillari bir birlari bilan oylab va xatto yillab diydor ko’risha olmay yurishga majbur bo’lmoqdalar.

O’z hojalari tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan chegaralarni mustaxkamlash ishlari, o’z hokimiyatini saqlab qolishdan boshqa tashvishi bo’lmagan Karimovga juda qo’l kelmoqda.

Karimov nafaqat Qirg’iziston balki barcha qo’shni respublikalar bilan ham chegaralarni mustaxkamladi va xatto Tojikiston bilan chegarasini minalashtirib tashlashga ham buyruq berdi. Buning natijasida esa xozirga qadar tinch aholi minalarga tushib xalok bo’lmoqda yoki bir umrga majrux bo’lib qolmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.