Dushanbeda terrorizmga qarshi kurashning yangi usullari izlanmoqda

477
0

Dushanbeda terrorizmga qarshi kurashning yangi usullari izlanmoqda

  Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 3 may kuni “Terrorizm va zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzuida xalqaro konferentsiya boshlandi. Tojikiston xukumatining BMT, YeHHT va Yevropa Ittqfoqi bilan hamkorlikda tashkillashtirgan tadbir juma kuni ham davom etadi.

 Konferentsiya  ishida 46ta mamlakat va 30ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlarining 400dan ortiq ishtirokichisi qatnashmoqda, deya xabar berdi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi.

 Konferentsiya barcha manfaatdor tomonlarning tajriba almashish va xavfsizlikka tahdidlar va zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash doirasida birgalikdagi va muvoffiqlashtirilgan xarakatlar uchun aniq qadamlarni ishlab chiqish maqsadida keng koʻlamli muloqot va oʻzaro manfaatli xamkorlikning muxim platformasi boʻlib xizmat qiladi, deyiladi TR TIV xabarida.

 Munozaralarda ishtirok etish uchun Dushanbega YeHHT Bosh kotibi Tomas Greminger, BMT terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo va Afgʻoniston boʻyicha yordamchisining oʻrinbosari Genri Ensher, Yevropa tashqi harakatlar xizmati Bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Jan-Kristof Bellьyar va bir qator davlatlar TIV rahbarlari keldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.