Tumos Fridman: “Suriyadagi navbatdagi jang Eron va Isroil oʻrtasida boʻladi”

1510
0

Tumos Fridman: “Suriyadagi navbatdagi jang Eron va Isroil oʻrtasida boʻladi”

Amerikalik  siyosiy sharhlovchi  Tumos Fridmanning fikriga koʻra, uzoq yillar mobaynida Eron va Isroil bir-biriga faqat gap bilan kurashardi, endilikda bu bosqich kutilgan natijani bera olmayapti. Shu sababdan Eron va Isroil yaqin kelajakada haqiqiy  jang holatida toʻqnashadi.

  Fridman  New York Timesga  chop etilgan sharhlarida quyidagilarni yozadi: “Agar bu narsani ilgari eshitgan boʻlsangiz, men yana bir bora takrorlayman. Suriya tamomila yer bilan yakson boʻlajak.  Amerika,Frantsiya va Britaniyaning Suriyada sodir etgan hujumlari davom etadi. Aniqrogʻibu galgi  estafetani  Eron va Isroil qoʻlga oladi”.

Fridmanning iddaosiga qaraganda, Eron va Isroil shu kungacha soʻz oʻyinini ishga solib, bir-birlariga qarshi faqat tahdid shaklida hujum qilardi, ammo bu bosqich ancha eskirib kutilgan natijalarga olib kelmadi. Shu sababdan bu ikki davlat orasidagi adovat mashʼali ayni jang holatida avjiga chiqishi muqarrar. Fridmanning tahliliga koʻra, Eron va Isroil oʻrtisidagi uchqun allaqachon yuzaga kelgan. Aniqroq qilib aytsak 10 fevral Eronning bir uchuvchisiz samolyoti Isroil hududiga kirib borgan va darhol yoʻq qilingan. Oʻsha paytdan buyon isroiliklar ushbu samolyotni Eronga nisbat berib kelishadi. Keyinchalik bu tahlilga qoʻshimcha oʻlaroq urib tushirilgan samolyot qurolu aslahaga toʻla boʻlgan deya bayonot berilgan.  Bu haqida  Isroil armiyasi soʻzchisi general Runen Monelis (Ronen Manelis), bayonot berib, “samolyot  portlatuvchi moslamalar bilan toʻla boʻlgan” dedi.

“Bunday holat avvallari xech kuzatilmagan edi, bu birinchi marotaba  yuz berishi. Eron  Isroilga bevosita hujum qilishga jurʼat etdi!”.

Qisqa muddat oraligʻida gʻazabi qaynagan Isroil Suriyadagi Eronning  T-4 bazasiga zarba berib, 7 eronlikni halokatiga sababchi boʻldi. Fridmanning tahliliga qaraganda, sodir etilgan hodisa jinoyat sifatida baholanib katta shov-shuvga sababchi boʻlishi muqarrar edi. Lekin Tramp tvitlari orasida, Bashar Asadga nomiga izhor etilgan  aks-taʼsirlar  qatorida yoʻq boʻlib ketdi.

Isroilga xos manbaning aytishicha T-4  bazasiga qilingan hamla  “Bu Isroilning Eronga qarshi birinchi ogohlantiruvchi harakatidir”.

 Fridmanga koʻra Eron bu hujumning intiqomini olmasdan qoʻymaydi.

Eron rahbarining maslahatchisi Aliakbari Viloyatiy ushbu hodisa yuzasidan oʻz fikrini bildirib “Bu jinoyat javobsiz qolmaydi” dedi.

Isroil tomon ham oʻz navbatida quyidagilarni maʼlum qildi: “Isroil Liviyada yoʻl qoʻygan xatolikni endi Suriyada aslo takrorlamaydi. Oʻsha paytlarda Eron Hizbullohi bilan Liviyada tahdidli otishmalar sodir qilgan edi, biz sukut saqladik. Biroq bundan soʻng Eronning oʻzboshimcha xat-harakatiga yoʻl  qoʻymaymiz va agar mabodo xudbinligidan toymasa,  unga qarshi qaqshatgich zarbalar berishimiz aniq”.

Fridman fikriga koʻra, agar Eron kuchlari Suriyadan chekinmasa, Isroil va Eron oʻrtasida urush boshlanadi va Suriya ularning jang maydoniga aylanadi.

“Tayyor turing, belbogʻingizni bogʻlang!”, deb yozdi Fridman soʻzining oxirida.

 Turkiston

Qadimda ikki imperiya bir-biri bilan urushsa, elchilarini joʻnatib, bir maydonda urush vaqtini belgilashardi. Ikki qoʻshin keng maydonda jangga kirardi. Soʻngra halok boʻlganlar maydonda qolib, qolganlari kimdir gʻolib, kimdir magʻlub boʻlgan holda vataniga qaytardi. Shu yoʻsinda uzoq yillar davomida, birinchilikni talashgan yoki manfaat talashgan hukmdorlar adovat alangasini avloddan  avlodga qoldirishardi.

Soʻngi 100 yildan buyon avvaliga jismoniy urush, keyinchalik sovuq urush bilan ovora boʻlgan Amerika va Rossiya oʻz manfaati yoʻlida hech narsadan tap tortmadi.

AQSh jahon birinchiligini istagan holda, Rossiyani butunlay zaiflashtirish maqsadida, u bilan unga qaram davlatlar orasiga jarlik soldi. Bir tarafdan Xitoy tahdidida qolgan, boshqa tarafdan AQShdan xavfsiragan Putin  rejimi, AQShning sodiq xizmatchisiga aylandi.

AQSh hiylasi tufayli Rossiya Suriya jangida moddiy, moliyaviy zarar koʻrdi. Endilikda Eron va Isroil orasini butunlay buzib, AQSh oʻz taʼsiri, nufuzini yanada kengaytirish maqsadida, ikki tarafga fitna urugʻini sepib, Suriyada toʻqnashtirmoqchi.

Demak, AQSh Suriyani (Yaqin Sharqni) oʻzining strategik harakatlanish markaziga aylantirmoqchi edi, va nihoyat shu narsaga deyarli erisha oldi. Albatta bu yoʻlda Arab davlatlari, Turkiya hukumatining salmoqli xizmati bor. Eron toʻgʻrisida gap gapirishni xojati boʻlmasa kerak.

Eng achinarlisi shundaki, jaholat yoʻlini tutgan, surati odam boʻlsa-da, asli vahshiylashib qolgan katta davlat rahbarlari, oʻz manfaati uchun aynan Musulmon oʻlkalarining urush maydoniga qilib tanlashdi . Manfaat talashgan yovuz kuchlar zulmatida Suriya, Afgʻoniston, Arakan va yana bir qancha oʻlkalardagi Musulmon birodarlarimiz boshiga ketma-ket balo-musibatlar yogʻilmoqda. Kechagi  Qobulda sodir etilgan qonli amaliyot bunga yaqqol misol boʻla  oladi.

30 ga yaqin begunoh insonlar halok boʻldi, na Qobul hukumati va na Inson huquqi himoyachilari  lom -mim demadi. Agar shunga oʻxshash hodisa Yevropa davlatlarining birida roʻy bersa, islomiy yurt rahbarlari birinchilardan boʻlib reaktsiya koʻrsatishardi.

Aynan Musulmon yurti  katta davlatlar kurash maydoniga aylanib bormoqda. Nahotki shu urush maydonini tayyorlash uchun shuncha qon toʻkilishi, manzillar vayron, insonlar xor boʻlishi shart boʻlib qolsa?!

Mafkurasi poymol etilgan , Rahbari  yuq, ertasi noaniq, mazlum Ummat ahvoliga Parvardigor rahm qilsin, Amin.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.