Nazarbayev: Rossiya Xudo bergan qoʻshnimiz

894
0

Nazarbayev: Rossiya Xudo bergan qoʻshnimiz

 Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev Rossiya bilan juda yaqin munosabatlar oʻrnatganini aytib, bu aloqalarni namunali, deb atadi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.

 “Rossiya – bizning tarixiy qoʻshnimiz, yaʼni aytadilar-ku, Xudo bergan qoʻshni, deb. Bizgacha ham shunday boʻlgan, mana bizning davrimizda ham shunday, va bizning farzandlarimiz ham qoʻshnichilikda, doʻstlikda va bir-birlarini tushunib yashaydilar. Biz juda yaqin munosabatlar oʻrnatganmiz, ularni Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar namunasi, deb atash mumkin. Biz bu tamoyilga sodiqmiz, va unga amal qilishimiz lozim, nega deganda u Qozogʻistonning asl manfaatlariga juda mos tushadi. Oʻylaymanki, Rossiyaning ham”,- dedi Nazarbayev Qozogʻiston xalqining XXVI Assambleyasining ochilish marosimida.

 U shuningdek, Ostona boshqa qoʻshni davlatlar bilan ham doʻstona munosabatdaligini qoʻshimcha qildi.

 Avvalroq, Nazarbayev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan shaxsiy munosabatlarini yuqori baholashini taʼkidlab oʻtgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.