Qamoqdan ozod boʻlgan kishilarga mahalladoshlarining munosabati haqidagi savolga javob

842
0

Qamoqdan ozod boʻlgan kishilarga mahalladoshlarining munosabati haqidagi savolga javob

Assalomu alaykum.

Savol: Men 2015 yilda Toshkent shahri yunusobod tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudining qarori bilan 244-1 va 244-3 moddalarga koʻra sudlangandim. Yaqinda Shavkat Mirziyayevnining qarori bilan afv qilinib ozodlikka chiqdim. Lekin haligacha mahallada meni qanaqadir yakkalab qoʻyishganday. Ish soʻrab qilgan murojatlarimga ataylab menga mos kelmaydigan ishlarni taklif qilishmoqda. Buni yozishimdan maqsad, menga oʻxshagan qora ruyxatdan chiqqanidan keyin qiynalayotganlar sizlarga murojaat qilishganmi yoki bu faqat men yashaydigan mahallada menga nisbatan boʻlayotgan munosabatmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:  Va alaykum assalom birodar. Bizga shu kungacha siz kabi qamoqdan ozod etilgan dindor birodarlarimizga nisbatan mahalladoshlari tarafidan yomon muomala qilingan haqida biror bir murojaat tushmadi, aksincha ularga atrofdagi musulmonlar juda iliq va samimiy munosabatda muomila qilishayotgani haqida xabarlar kelib turgan edi. Lekin, uzoq yillar rejimning repressiyasi ostida Oʻzbek millati juda ehtiyotkor boʻlib qoldi. Ular, yuqorida qanday oʻzgarishlar boʻlayotganidan tiniq xabardor emasliklari sababli olib borilayotgan har bir islohotga shubha va ishonchsizlik koʻzi bilan qarashmoqda.

Uzoq yillar davom etgan Karimov boshchiligidagi MXX repressiyasi, musulmonlarning bir avlodidan shu muhitda tugʻulib oʻsgan va undan oʻzga muhitni koʻrmagan itoatkor jamiyatni paydo qila olishdi. Bu jamiyat “yaxshilik bilan yomonlikni ajratib yashash kerak” degan islomiy dunyoqarashdan ham uzulib qolishdi.

Ular Oʻzbekiston jamiyatida, “amaldagi joriy siyosatga muvofiqlashish kerak” degan yetakchi fikr (siyosiy doirani) shakllantirib olishdi. Odamlarlar, Namangandagi toʻpalon, 16 fevral voqeasi va Andijon voqeasi kabi bir qator atayin yoki bilvosita uyushtirilgan holatlar oqibatini oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi. Shu bois, hozirda hokimiyatning diniy daʼvatchilarga nisbatan yuritayotgan muomilasi ortidan qanday oqibatlar kutilayotgan ekan degan gumon bilan, oʻzlarini mazlum davatchilardan bir oz ehtiyot qilib turishlari tabiiy.

Lekin har bir daʼvat yukini koʻtarib borayotgan musulmon, ummatning bu kabi holatini tabiiy jarayon deb qabul qilishi kerak. Ummat ijtimoiy vujud ekanligi sababli ustida turgan yetakchi guruhning fikridan taʼsirlanadi. Shuning uchun biz ummatni aldab, qoʻrqitib, oʻldirib, quvgʻin va zindonband qilib unga zulm qilayotgan yetakchi guruhning kirdikorlaridan uni ogoh boʻlishga chaqirib, daʼvat qilib boraveramiz! Islom mabdaʼsi jamiyatda yetakchi fikrga aylanmagunicha daʼvatdan toʻxtamaymiz! Chunki insonlar tuzgan har qanday fikriy yetakchilik, maʼlum bir millat yoki guruhning manfaatiga xizmat qiladi. Olloh tomonidan kelgan fikriy yetakchilik esa, barcha insonlarning ikki dunyo manfaati va farovonligi uchun xizmat qiluvchi yagona hidoyat yoʻlidir!

Shuning uchun birodar, agar biz haq yoʻlda ekanmiz, malomatchining malomati, zaif birodarlarimizning zaif tushunchalaridan kelib chiqqan vaqtinchalik muomilalari bizni haq yoʻldan qaytara olmaydi, insha Olloh! Aksincha, saroy ulamolariga koʻrsatilayotgan mulozamatlar, moddiy manfaatlar, sharoitlarga eʼtibor bering! Nimani evaziga?! Olloh saqlasin!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.