Toshkent konferentsiyasi ishtirokchilari qoʻshma deklaratsiya qabul qildi

801
0

Toshkent konferentsiyasi ishtirokchilari qoʻshma deklaratsiya qabul qildi

 Toshkentda boʻlib oʻtgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferentsiyasida qatnashgan xalqaro guruhlar va 20 dan oshiq davlat rasmiylari qoʻshma deklaratsiya qabul qildi.

 Konferentsiya yakunlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazgan Oʻzbekiston va Afgʻoniston tashqi ishlar vazirlari¸ Toshkent deklaratsiyasi amalga oshgan taqdirda¸ Afgʻonistonda koʻpdan kutilgan tinchlik oʻrnatilishiga xizmat qilishini bildirdi.

 “Bu yerda gap¸ birinchi navbatda¸ Afgʻoniston markaziy hukumatining Tolibon harakati vakillari bilan keng koʻlamli tinchlikka erishish uchun oldindan shart qoʻymasdan bevosita muzokaralar boshlash taklifini qoʻllash haqida bormoqda”¸ – dedi Abdulaziz Komilov.

 Komilovning aytishicha¸Toshkent deklaratsiyasi Kobul tinchlik jaraënini Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan boshqa xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar qatori¸ bu yoʻnalishdagi bosh forum va vosita sifatida eʼtirof qiladi.

 Deklaratsiyada shuningdek¸ Afgʻonistondagi terrorchilik va narkotiklar kontrabandasini tugatish borasida amaliy xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati alohida taʼkidlangan.

 Komilovning soʻzlariga koʻra¸ deklaratsiyada Afgʻonistondagi xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan har qanday tashabbusning mazkur davlat hukumatiga taqdim etilishi va bu jaraënda Tolibon hamda “Islom davlati” guruhlariga biror ërdam koʻrsatishning istisno qilinishi lozimligi qayd etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.