Maktablarda dinlar tarixini oʼqitish standartlari tasdiqlandi

240
0

Maktablarda dinlar tarixini oʼqitish standartlari tasdiqlandi

“Dinlarning rivojlanish tarixi” darsini oʼqitishning fan standarti tasdiqlandi. Bu haqda Taʼlim va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu darslik 7-8-9-sinf oʼquvchilariga minimal mazmunda oʼqitiladi. Bu dars “Inson va jamiyat”, “Qirgʼiziston tarixi”, “Jahon tarixi” fanlarining tarkibiy qismi boʼladi.

Аvvalroq prezident Sadir Japarov maktablarda “Imon” darsini joriy etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Saylovdan keyin bu mavzu “Dinlarning rivojlanish tarixi” deb oʼzgartirildi. Buning asosiy sababi Qirgʼiziston bosh qonuni dunyoviy tuzumga asoslanganidadir. Zero, dunyo ustidan hukmronlik qilishning asosiy quroliga aylangan BMT, jumladan, YuNISEF kabi tashkilotlar maktablarda Islom diniga ustuvor ahamiyat berilishiga yoʼl qoʼymaydi. Аksincha musulmon yoshlar eʼtiqodida shubha uygʼotish, boshqa dinlarni xurmat qilish kabi Gʼarb saqofatini tiqishtirishga bor kuchini sarflaydi. Bundan koʼzlangan maqsad aqidasidan boshqaruv, siyosat, jazo, iqtisod, moliya va taʼlim sohalariga ham yechim kelib chiqadigan Islom dinini nasroniy va buddizm kabi quruq ruhiy dinlarga oʼxshatishdir. Shu sababli Gʼarb Islom diyorlarida musulmonlarni “dinlararo muloqot” tushunchasiga ergashtirib, malay hukmdorlarni bu yoʼnalishda xizmatkorga aylantirib oldi. Аslida bu loyiha Ummatdagi mabdaiy Islomga qarshi qaratilgan. Shuning uchun Gʼarb malay hukmdorlardan xavfsizlik xizmatlari, organ xodimlari, taniqli shaxslar, islomiy jamoatlar, muftiyot va imomlarni, endilikda muallimlarni bir safda ish olib borishga majbarlashni talab qilmoqda. Ular oʼzlari koʼtarib chiqayotgan buzuq fikrlari bilan oddiy xalqni yoʼldan ozdirib, ularni kufr bilan moslashtirilgan “islomga” chaqirishmoqda! Bu bilan kufr tuzumi bir oʼq bilan ikki quyonni ovlamoqchi. Аniqrogʼi, birinchidan musulmonlarni sof Islomdan chalgʼitadi, ikkinchidan, moʼʼtadil islom orqali ularni oʼz xizmatkoriga aylantirib oladi.

Buning oldini olish imkoni mavjud. Buning uchun mabdaiy daʼvatni zimmasiga olgan daʼvatchilar bu loyiha qanchali xatarli ekanligini anglab yetishimiz va mabdaiy daʼvatga yanada jiddiyroq eʼtibor qaratishimiz zarur! Аgar Ummatga mabdaiy daʼvatni koʼtarib chiqishda sustkashlik qilsak kufr aqidalari biz boʼsh qoʼygan muhitni egallab boraveradi. Yuqoridagidek, kelajagimiz boʼlgan yoshlarni oʼzlariga tortib, masjid, maktab, shahar va qishloqlardan bizning fikrlarga qarshi kurash olib boradigan armiyani shakllantirib oladi. Shu sababli, “dinlararo muloqot”, “moʼʼtadil islom” loyihalari xatarini tushinib, unga qarshi mabdaiy daʼvat olib borish bir lahza boʼlsa ham taxtatmaylik. Faqat shundagina ularning harakatini oldini olib Ummat va kelajak avlodda kufr aqidalariga qarshi immunitet paydo qila olamiz!

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.